O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Jizzax Politexnika Instituti “Umumiy fizika” kursidan
Download 1.84 Mb.
|
Fizika labaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sterjen va disk uchun. 1
- Laboratoriya ishi № 4 Mavzu: Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig’imini aniqlash. Ishning maqsadi
- Kerakli asbob va jihozlar
- Q I S Q A CH A N A Z A R I YA
- Tajriba qurilmasi va tajribani o’tkazish tartibi
Sinov savollari. Fizik mayatnik deb nimaga aytiladi? Mayatnikning tebranish davri formulasini yozing. Mayatnikning inersiya momenti formulasini yozing. Fizik mayatnik uchun Shteyner teoremasini tushuntiring. ADABIYOTLAR: Haydarova M. Sh., Nazarov U. K. Fizikadan laboratoriya ishlari.T.; O’qituvchi 1989 . Ahmadjonov O. Fizika kursi T.; O’qituvchi 1987 . Ismoilov M., Habibullayev P., Xaliulin M. Fizika kursi. T.; O’zbekiston 2000 . Qodirov O.Fizika kursi 1-qism. Toshkent.; 2005. Laboratoriya ishi № 4 Mavzu: Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig’imini aniqlash. Ishning maqsadi: Qizdirilgan mis, qo’rg’oshin va shishani sovuq suv bilan aralashtirish va aralashmaning temperaturasini o’lchash. Mis, qo’rg’oshin va shishaning issiqlik sig’imini aniqlash. Kerakli asbob va jihozlar: 1(ta) Dyuar idishi, 1(ta) Dyuar idishi g’ilofi, 1(ta) mis pitra, 200 g, 1(ta) shisha pitra, 100 g, 1(ta) qo’rg’oshin pitra, 200 g, 1(ta) o’quv laboratoriya torozisi 610 Tare, 610 g, 1(ta) termometr -10 °C dan +110 °C gacha. yoki
1(ta) NiCr-Ni temperatura datchigi, 1(ta) raqamli termometr, 1(ta) Bug’ generatori, 550 Vt / 220 V, 1(ta) Qizdirish apparati, 1(ta) menzurka, 400 ml, 1(ta) V-shaklsimon shtativ asosi, 20 sm, 1(ta) shtativ ustuni 47 sm, 1(ta) multi tutgichlar Leybold, 1(ta) Universal tutgich, diametri 0...80 mm, 1(ta) Silikon quvurlar, ichki diam. 7×1.5 mm, 1 m., 1(ta) bir juft issiqlikka chidamli qo’lqop. Q I S Q A CH A N A Z A R I YA Jism qizishida yoki sovushida yutilgan yoki ajralgan issiqlik miqdori ΔQ temperaturaning o’zgarishiga ΔT va massaga m proporsional: ΔQ = cm⋅Δϑ (I). Bu yerda proporsionallik koeffisiyenti c – jismning solishtirma issiqlik sig’imi deyiladi va uning qiymati materialning turiga bog’liq.
Bu yerda suvning solishtirma issiqlik sig’imi koeffisiyenti c2 aniq, temperaturasi esa bug’ temperaturasiga teng deb faraz qilinadi. No’malum c1 ning qiymati o’lchangan ϑM, ϑ2, m1 va m2 ning qiymatlari bo’yicha quyidagi formula orqali hisoblanadi: Kalorimetrning idishi ham pitradan ajralgan issiqlikning bir qismini yutadi. Demak, kalorimetrning issiqlik sig’imi quyidagiga teng bo’ladi CK=c2 ⋅mK (V) Shunday qilib, kalorimetr idishining suv ekvivalenti mK hisoblashlarda hisobga olinadi. (III) formula bilan hisoblangan yutilgan issiqlikning miqdori ancha aniqroq hisoblanadi ΔQ2=c2⋅ (m2+ m K) ⋅ (ϑM – ϑ2) (VI) va uni hisobga olgan holdagi (IV) formula quyidagi ko’rinishga keladi: Tajriba qurilmasi va tajribani o’tkazish tartibi 1-rasmda tajriba qurilmasi keltirilgan. 1-rasm. Qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig’imini aniqlash uchun tajriba qurilmasi. Qizdirgichni shtativga o’rnating. Bug’ generatorini suv bilan to’ldiring va ehtiyotlik bilan qurilmani berkiting va uni silikon quvur yordamida qizdirgichning yuqorisidagi (bug’ kirishi) shlangli birikmaga ulang. Silikon quvurni qizdirgichning pastidagi shlangli birikmaga (bug’ning chiqishi) ulang va quvurning ikkinchi uchini menzurkaga soling. Barcha birikmalarda silikon quvurlar ishonchli mahkamlaganini ko’zdan kechiring. Qizdirgichning namunalar kamerasini qo’rg’oshin pitrasi bilan to’ldiring va imkoni boricha uni stopor bilan zich qilib berkiting. Bug’ generatorini elektr tarmoqqa ulang, shundan keyin esa qizdirgichdagi pitralarni ular orqali bug’ o’tkazib 20-25 vaqt davomida qizdiring. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling