Taqrizchi: f.-m.f.n. dots. Sh.Doniyorov
KIRISH
Mazkur o’quv uslubiy qo‘llanmaning maqsadi - talabalarni faol ta’lim olish jarayoniga jalb qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida fizika fani bo‘yicha o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirish, o‘quv-laboratoriya asbob va jihozlaridan samarali foydalanishda o‘qituvchilarga yordam berishdan iborat.
Talabalar o‘zlarining bilim, ko‘nikma va malakalarini muntazam oshira borib, tabiat hodisa va qonuniyatlarini tajribalar asosida kuzatib, fizikadan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlab oladilar, ularni chuqurlashtirib, boyitib boradilar.
Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida o‘qituvchi va talabalar ishni bajarish tartibi, o‘tkazilayotgan tajribalarning mohiyatini muntazam ravishda o‘rganib borishadi ya’ni, bilimlarning interfaol o‘zlashtirilishi ta’minlanadi. Talabalarning nazariy olgan bilimlarini mustahkamlashda, ularning turli o‘quv-laboratoriya jihozlari (laboratoriya universal ta’minlash manbai, o‘quv laboratoriya ampermetri va voltmetri, raqamli termometr, elektron tarozi va sh.k.lar) bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini hosil qilish katta ahamiyatga egadir. Chunki mustaqil bajariladigan tajribalar ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini ongli ravishda oshirish, fikrlash qobiliyatini va fanga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish, kuzatuvchanlik hissiyotini oshirish, borliqni to‘gri idrok etishni shakllantirishga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Har bir laboratoriya ishining bayoni quyidagi tartibdan tashkil topgan: 1.Maqsad. 2.Asbob va jihozlar. 3.Uslubiy ko‘rsatma. 4.Ishning nazariy asosi (bunda o‘rganilayotgan hodisa yoki aniqlanayotgan kattalikka oid eng zarur nazariy ma’lumotlar berilgan). 5.Qurilmaning tuzilishi va ishlashi. 6.Ishni bajarish tartibi. 7.Jadvallar. 8.Qo‘shimcha ma’lumot. 9.Qiziqarli tajriba. 10.Nazorat uchun savollar.
Qoidalar talabalarga o‘qib beriladi, har bir qoidaning mohiyat va mazmuni tushuntiriladi. Maxsus jurnal tutilib, talabalarning qoida bilan tanishganligini tasdiqlovchi shaxsiy imzosi bilan rasmiylashtirib qo‘yiladi. Xavfsizlik texnikasi qoidalari fizika laboratoriyasining ko‘rinadigan joyiga maxsus ramkaga solib osib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |