GOST 15467-79 “Mahsulot sifatini boshqarish. Asosiy tushunchalar.
Atama va tariflar”ga muvofiq sifat deyilganda mahsulot xossalarining majmui
tushuniladi, bu xossalar mahsulot qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligiga
muvofiq ravishda uning muayyan ehtiyojlami qondirishga yaroqliligini
ta’minlaydi. Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotning (ISO 8402-94 standard) talqin etishiga ko‘ra sifat - mahsulot yoki xizmatlaming xossalari va tavsiflarining
majmui bo‘lib, ular ushbu mahsulot yoki xizmatlarga ular qondirishi shart bo‘lgan
yoki kutilayotgan ehtiyojlami qondirish qobiliyatini baxshida etadi. Mahsulot sifatining mohiyatini yanada to‘laroq tavsiflash uchun u bilan
bog‘liq quyidagi tushunchalarni aniqlash zarur: mahsulotning texnik darajasi;
sifat halqasi; sifat ko‘rsatkichlari; tovaming raqobatbardoshligi Mahsulotning texnik darajasi - mahsulot sifatining nisbiy tavsifi bo‘lib,
baholanayotgan mahsulotning texnik jihatdan mukammalligini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlaming qiymatlarini tegishli bazaviy ko‘rsatkichlaming qiymatlari bilan
solishtirishga asoslangan. Mahsulotning texnik darajasi mahsulot sifatining
tarkibiy qismi hisoblanadi, turli ko‘rsat-kichlarda aks ettiriladi va original o‘zgartirish bilan bog‘liq barcha echimlar korxonaning raqobatbardoshligini
ta’minlashga bo‘ysundirilgan.
Tovar va korxonaning raqobatbardoshligi toifalari o‘zaro uzviy bog‘liq boiishi
bilan birga, muhim farqlarga ham egadir:
mahsulotning raqobatbardoshligi tovaming hayot sikliga mos vaqt oralig‘ida
baholanadi va tadqiq etiladi, korxona raqobatbardoshligini tadqiq etish asosida esa
korxona faoliyat ko‘rsatib turadigan davrga mos bo‘lgan ancha uzoq vaqt yotadi;
mahsulotning raqobatbardoshligi uning har bir turiga nisbatan ко‘rib
chiqiladi, korxona raqobatbardoshligi esa ishlab chiqariladigan mahsulotning
barcha o‘zgaruvchi nomenklaturasini va uning ishlab chiqarish-texnik salohiyatini
qamrab oladi;
korxonaning raqobatbardoshlik darajasi uning o‘zi tomonidan tahlil qilinadi,
tovaming raqobatbardoshligini baholash esa iste’molchining alohida huquqi.
0‘z strukturasiga ko‘ra korxonaning raqobatbar-doshligi mahsulotning
raqobatbardoshligidan ancha murakkab, chunki uning ob’ekti - korxonaning butun
ishlab chiqarish-iqtisodiy faoliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |