O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti «tasdiqlandi»


Download 1.98 Mb.
bet3/40
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1318724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Ma\'ruza matn ICHMT

Mahsulot sifatini oshirish - jahondagi barcha etakchi firmalar uchun xos
bo‘lgan ish yo‘nalishidir.

Raqobatbardoshlik - raqobatga bardosh berish, unga qarshi tura olish
qobiliyati. Bunda “raqobatbardoshlik” tushunchasi ham tovarlar (xizmatlar), ham
korxonalar, firmalar va boshqa tashkilotlarga nisbatan qo‘llaniladi.

1. Ishlab chiqaruvchining raqobatbardoshligi - bu uning ham mahsulotning
sifat tavsiflariga, ham boshqa ishlab chiqaruvchi-raqobatchilarga nisbatan olib
boradigan aniq maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati hisobiga sotish bozorlarini saqlab
qolish va kengaytirish qobiliyati. Yangi sotish bozorlariga chiqish, tashkiliy
tuzilmani qayta tuzish, modifikatsiyalash va mahsulotning yangi turlarini
o‘zlashtirish, uni ishlab chiqarish hajmlarini o‘zgartirish, asosiy ishlab chiqarish jamg‘armalarini almashtirish, xo‘jalik aloqalarini va marketing siyosatini

Mahsulot sifati - korxona faoliyatining eng muhim ko‘rsatkichi. Mahsulot
sifatini oshirish muayyan darajada korxonaning bozor sharoitlarida yashab qolishi,
ilmiy-texnika taraqqiyotining sur’atlari, ishlab chiqa-rish samaradorligining
o‘sishi, korxonada foydalaniladigan resurslaming barcha turlarini iqtisod qilishni
belgilab beradi.

Sifat tushunchasining aniq-iqtisodiy izohlari etarli darajada ko‘plab mavjuddir.
ISO 9000:2005 xalqaro standartiga muvofiq «sifat» - bu mahsulotning
xossalari va tavsiflari majmui bo‘lib, ular mahsulotga belgilangan yoki
kutilayotgan ehtiyojlami qondirish qobiliyatini baxsh etadi.

Xalqaro standart sifatni - tovar qanday maqsadlarga mo‘ljallangan bo‘Isa, shu
maqsadlarga mos bo‘lishi uchun tovarga berilgan uning o‘ziga xos xossalari,
shakli, tashqi ko‘rinishi va qo‘llanish shartlarining majmui sifatida ta’riflaydi.
Barcha bu elementlar sifatga qo‘yiladigan talablar bilan belgilanadi, bu talablar
loyihalash bosqichida buyumning texnik tavsiflari, konstruktorlik hujjatlari va
texnikaviy shartlarda aks ettirilib, xom ashyo sifati, konstruktiv o‘lchamlari, rang-
tuslaming birligi, jilosi va hokazolami ko‘zda tutadi.



2.1.Sifatni oshirishning ahamiyati

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling