O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti «tasdiqlandi»
O‘lchash. O’lchash vositalari va ularning metrologik xususiyati. O‘lchash sohalari. O‘lchash vositalari
Download 1.98 Mb.
|
Ma\'ruza matn ICHMT
5.4. O‘lchash. O’lchash vositalari va ularning metrologik xususiyati. O‘lchash sohalari. O‘lchash vositalari. O‘lchash vositalarini qiyoslash – davlat metrologiya xizmati (yoki boshqa rasmiy vakolatlangan organ, tashkilot) tomonidan o‘lchash vositalarining foydalanishga yaroqliligini eksperimental aniqlanadigan metrologik xarakteristikalar asosida belgilash va ularning majburiy talablarga muvofiqligini tasdiqlashdir.
O‘lchash vositalarinn qiyoslash o‘lchash vositalari ustidan metrologik nazorat va tekshiruv qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Qiyoslashni olib borish va tashkil etishning asosiy talablari metrologiya qoidalarida va tavsiyalarida ko‘rsatilgan. Qiyoslash uni olib borish huquqiga ega bo‘lgan metrologik xizmatlar tomonidan bajariladi. Yaroqli deb topilgan o‘lchash vositasiga qiyoslash guvohnomasi beriladi va qiyoslash tamg‘asi qo‘yiladi. Obyektlar haqida va butun yer yuzidan miqdoriy ma’lumotlarni olish faqat o‘lchash yo’li bilan, ya’ni maxsus texnik vositalar yordamida aniqlanadi. Shunday qilib, o’lchash natijasida aniqlangan kattalikni o’lchashda birlik qiymati orqali olinadi. O’lchash yo’li bilan olingan qiymatlami to‘g‘riligi uchun «haqiqiy qiymati» olinadi. Amaliyotda o’lchash ishlari turlicha farqlanadi: vaqtning o’lcham qiymatlariga bogiiqlik xarakteri, sonli qiymatning olinish usuli, o’lchashning aniq natijalarini aniqlash, o’lchash vositalarini qo’llash bo‘yicha olingan natijalarni qayta ishlash, ishning murakkabligi va o‘lcham qiymatlarining xatoligi. Hozirgi vaqtda metrologiyada fizik o’lchovlari aniq o’lchash uchun maxsus o’lchash turlari yaratilgan. Ular quyidagilardan iboratdir: statik o‘lchash-vaqt davomida o‘lchanayotgan qiymat doimiy qoladi; dinamik o'lchash-vaqt davomida o‘lchanayotgan qiymat o‘zgarib boradi. Masalan, static o‘lchash bir xil bosimda, dinamik oichash esa o‘zgaruvchan bosimda o‘lchaydi. Oichash ishlari belgilangan tartibda attestatsiyalangan o‘lchash ishlarini bajarish uslublari yordamida amalga oshiriladi. O’lchash ishlari asosan oichash vositalari yordamida amalga oshiriladi. O’lchash vositalari qo’llanilishi bo‘yicha o’lchashlar, qayta o‘zgaruvchan o’lchashlar, oichash asboblari, o’lchash qurilmalari va o’lchash tizimlariga boiinadi. O’lchanayotgan kattalik «Q ning son miqdori «A” quyidagi formula bilan aniqlanadi: A= Q/U bu yerda Q - o‘lchanayotgan kattalik; U - kattalikning birligi. o‘lchashning bir qancha ta’riflari mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: o‘lchash-sinov yo‘Ii bilan asbob-uskunalar yordamida fizik kattaliklami aniqlashdir; o‘lchashlar-asosan bir ko‘rinishli va ko‘p ko‘rinishlilarga bo‘linadi. Fizik o‘lchov birliklari faqatginabir o‘lchovga aks ettirilsa, undabir ko‘rinishli o‘lchash deyiladi. Misol uchun: turli og‘irlikdagi toshlar; «Mutlaq o‘lchash” - bir yoki bir necha asosiy kattaliklarni bevosita o‘lchashlarga va doimiylik qiymatlarini qo'llashga asoslangan o‘lchash; «Nisbiy o‘lchash” - kattalikning birlik vazifasini bajaruvchi nomdosh kattalikka nisbatini yoki kattalikni boshlang‘ich deb qabul qilingan nomdosh kattalikka nisbatan o‘zgarishini o‘lchash; « o‘lchashlar majmui» - bir necha nomdosh kattaliklami bir vaqtda o‘tkaziladigan o‘lchashlar, bunda kattaliklaming izlanayotgan qiymatlari bu kattaliklarining turli birikmalarini o‘lchashda olinadigan tenglamalar tizimini yechish yo‘li bilan aniqlanadi. « o‘lchash obyekti» - bir yoki bir nechta o‘lchanadigan kattaliklar bilan tafsiflanadigan jism (tizim, jarayon, hodisa). « o‘lchash sohasi» - fan va texnikaning biror sohasiga xos va o‘zining xususiyatlari bilan ajralib turadigan kattaliklami o‘lchashlar majmui. « o‘lchash turi» - o‘lchashlar sohasining o‘ziga xos xususiyatlarga ega va o‘lchanadigan kattaliklaming bir jinsligi bilan ajrahb turadigan qismi. « o‘lchash usuli» - o‘lchashlardan foydalanib, o‘lchanadigan kattalikni uning birligi bilan solishtirish usuli yoki usullari majmui. «Kattalik> deb sifat tomonidan ko‘pgina fizikaviy obyektlarga (jarayon, tizim) nisbatan umumiy bo‘lib, miqdor tomonidan har bir obyekt uchun xususiy bo‘lgan xossadir. «Asosiy kattalik> - shartli ravishda tizimdagi boshqa kattaliklarga nisbatan mustaqil qabul qilinib olingan kattalik Masalan: uzunlik, vaqt, massa va hokazo. «Hosilaviy kattalik» - tizimga kiradigan va tizimning bir qancha asosiy kattaliklari orqali ta’riflanadigan kattalikka aytiladi. Masalan: tezlik, bosim, kuch, quwat va boshqalar «Kattalikning birligi» - son qiymati 1 ga teng bo‘lgan kattalik. Masalan: 1 m, 1 amper, 1 kg va boshqalar. Hozirgi paytda respublikamizdagi o’lchash vositalarida 100 dan ortiq kattaliklami oichash mumkia Bu ko'rsatkich 2015-yilda 200 danortdi Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling