O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti «tasdiqlandi»
Download 1.98 Mb.
|
Ma\'ruza matn ICHMT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-mavzu: Nostandart o‘lchash vositalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatishda metrologik ta’minot. Reja
- 6.1. Nostandart o‘lchash vositalarini ishlab chiqish haqida asosiy ma’lumotlar
Nazorat savollari:
1. o‘lchash va o‘lchashlar tushunchasini izohlang. 2. o‘lchash kattaliklarining ta’riflarini keltiring. 3. o‘lchashlar majmuiga ta’rif bering. 4. o‘lchash sohalariga nimalar kiradi. 5. o’lchash turlari haqida ma’lumot bering. 6. Statik va dinamik o’lchash nima degani. 7. Taqqoslash usulini izohlang va misol keltiring. 8. o‘lchash vositalarining konstruktiv tuzilishi? 9. Nolga keltirib o’lchash. Misol keltiring. 6-mavzu: Nostandart o‘lchash vositalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatishda metrologik ta’minot. Reja: 6.1. Nostandart o‘lchash vositalarini ishlab chiqish haqida asosiy ma’lumotlar. 6.2.O‘zbekistonning davlat standartlashtirish tizimi. 6.1. Nostandart o‘lchash vositalarini ishlab chiqish haqida asosiy ma’lumotlar Materialning o‘zlashtirilishini yengillashtirish uchun standartlashtirish va sifat sohasidagi bir necha ta’riflarni ko‘rib chiqamiz. Standartlashtirish - muayyan sohada tartibga solishning optimal darajasiga erishishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, u standartlaming ishlab chiqilishi, e’lon qilinishi, qo’llanilishi, shuningdek, mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarning ulaming funksional maqsadiga muvofiqligi darajasini oshirishning optimal darajasiga erishish, savdo-sotiqdagi to‘siqlarni bartaraf qilishga va ilmiytexnikaviy hamkorlikka ko‘maklashishga qaratilgan faoliyatdir. Standartlashtirish eng kam mehnat sarflari bilan mahsulot sifatining zarur darajasini shakllantirishga, avtomatik liniyalar, mashinalar, asboblar, apparatlaming zamonaviy talablarga javob beradigan yangi turlarining ishlab chiqarilishini ko‘paytirishga imkoniyat yaratadi. Mashinalar, shu jumladan, aviatsiya texnikasi konstruksiyalari uzluksiz ravishda takomillashtirilmoqda, buyumlar, ulaming agregatlari va detallarining bir xillashtirilishi va standartlashtirilishi asosidagi tarmoq ichidagi va tarmoqlararo ixtisoslashuv kengaymoqda, kompleks va ilgari yuradigan standartlashtirish uslublari keng qo‘llanilmoqda, xalq xo‘jaligini boshqarishning umumiy prinsiplari va qonuniyatlariga, texnik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va tarbiyaviy chora-tadbirlarga asoslanadigan mahsulot sifatini boshqarish va attestatsiyalash tizimlari, ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi tizimi joriy etilmoqda. Yuksak malakali mutaxassislaming mayjudligi mahsulot sifatini oshirishning ilg‘or tajribasi, mahsulot sifatini boshqarish tizimlarining tatbiq qilinishini ta’minlaydigan eng muhim shart hisobianadi. Standart - bu standartlashtirish obyektiga nisbatan normalar, qoidalar, talablar kompleksini belgilaydigan va vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan me’yoriy-texnik hujjatdir. Standartlar fan, texnika va amaliy tajribaning umumlashtirilgan natijalariga asoslanishi vajamiyat uchun optimal foydaga erishilishiga qaratilgan bo‘lishi kerak. Ularni nafaqat mahsulotlar, etalonlar va shu kabilarga, shu bilan birga normalar, qoidalar, talablar va shu kabilarga ham ishlab chiqiladi. Me’yoriy hujjat - faoliyatning har xil turlariga yoki ularning natijalariga ta’alluqli boigan qoidalar, umumiy prinsiplar yoki tavsifnomalami belgilaydigan hujjatdir. Sifat - bu obyektning belgilangan va taklif qilinadigan ehtiyojlarni qondirishning o‘ziga xos xususiyatlariga ta’alluqli boigan tavsifhomalarining majmuidir. Umumiy-texnik faoliyat sifatidagi standartlashtirish bilan obyekt tavsifnomalarining majmui sifatidagi sifat tushunchasining o‘zaro bog’liqligi standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot tomonidann qabul qilingan ushbu atamalarning yuqorida keltirilgan ta’riflariga asoslanadi. Standartlashtirish real mavjud boigan vazifalaming hal qilinishiga, sifat esa - belgilangan ehtiyojlaming qondirilishiga qaratilgandir. Bunda mahsulotlar, jarayonlar, ishlar, xizmatlaming ulaming funksional maqsadlariga muvofiqligi darajasining oshirilishi standartlashtirish bo‘yicha faoliyatning eng muhim natijalari hisoblanadi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling