O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti


-modul: Saxnalashtirish faoliyati vositasida bolalarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish


Download 0.67 Mb.
bet4/54
Sana27.07.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1662985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi j

3-modul: Saxnalashtirish faoliyati vositasida bolalarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish
Reja:

  1. Bolalarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantirish.

  2. Bolalarni o'z fikrlarini aniq, ravshan va tushunarli tarzda bayon etish malakalarini shakllantirish .

  3. Ijodiy faoliyatlarini rivojlantirish.

O'yin faoliyati


Voqyeaband-ijroli o'yinlar. Bolalarda hayotiy mavzulardagi, adabiy asarlar (qo'shiqlar, ertaklar, matallar, she'rlar) bo'yicha o'yinlarning yuzaga kelishiga, alohida harakatlarni bir yagona mazmunga birlashtirish orqali bolalardagi o'yin tajribalarini boyitishga yordam berish.
Rol tanlash, o'yinchoqlar bilan o'ynashda o'zaro bog'langan bir necha harakatlarni (ovqat tayyorlash, stolni bezatish, ovqatlantirish) bajarish ko'nikmalarini rivojlantirish. Ikkita shaxs (haydovchi va yo'lovchi, ona va qizi, shifokor va bemor) ishtirok etadigan voqyeaband epizodlarda o'zaro Jcelishgan holda harakatlanishga, o'yinchoq-o'rinbosarlar bilan o'ynaladigan yakka o'yinlarda o'ziga va o'yinchoqqa tegishli rolni o'ynashga o'rgatish.
Ta'limiy o'yinlardan foydalangan holda ijroda o'zini tutish usullarini ko'rsatish.
Bolalarning u yoki bu ijro uchun 2;arur bo'lgan narsalarni mustaqil tanlashga, o'yin muhitida yetishmayotgan narsalarni, o'yinchoqlarni to'ldirishga bo'lgan urinishlarini rag'batlantirish.
Ko'p vazifalarga mo'ljallangan narsalardan foydalanish va o'yinchoqlar sonini ko'paytirish hisobiga o'yin muhitini murakkablashtirish va.boyitish. Bolalarni o'yinlarda qurilish matenallaridan (kub, to'rtburchak g'o'lacha, plastina), oddiy yog'och va plastmassa construktorlardan, tabiiy materialdan (qum, qor, suv) foydalanishga, ularni turlicha qo'llash (qo'g'irchoq uchun do'ngcha, ko'prikcha, yo'l qurish, qordan).
Uncha uzoq davom etmaydigan va birgalikda o'ynaladigan o'yinlarda hamkorlikda hamda bir-biri bilan kelishgan holda harakat qilish ko'nikmalarini rivojlantirish.
Harakatli o'yinlar.Bolalarning harakatli faoliyatidagi - *faolligini rivojlantirish. O'yinlarni barcha bolalar ishtirokida tashkil etish. Aravachalar, avtomobillar, tirkamalar, velosipedlar bilan bo'ladigan, tirmashib chiqish, emaklash ko'nikmalari rivojlantiriladigan, koptok, pufak bilan o'ynaganda harakat epchilligini rivojlantiradigan o'yinlarni tashkil etish.
Asta-sekinlik bilan murakkabroq qoidali va harakat turlarini o'zgartiradigan o'yinlarni joriy qila borish.
O'yin-dramatizasiya. Bolalarda teatrlashtirilgan o'yinlarga qiziqish uyg'otish, uni o'tkazish uchun sharoit yaratish. Kattalar va katta yoshli bolalar kuchi bilan yaratilgan dramalashtirilgan o'yinlar va qo'g'irchoq spekt&kllardagi harakat rivojini kuzatib borish ko'nikmalarini shakllantirish.
Bolalarni personajlaming o'ziga xos harakatlariga (qush uchyapti, uloqcha sakrayapti) taqlid qilishga, insonning hissiy holatini (yuz harakatlari, gavda holati, imo-ishora, harakat yordamida) bera olishga o'rgatish.
Bolalarni stol usti o'yinchoqlarini yurgizish qoidalari bilan tanishtirish. Harakatlarini oddiy qo'shiq bilan birgalikda bajarishga o'rgatish.
Ijroga xos bo'lgan kiyimlar elementlari (shapkacha, yoqa va b.) va tashqi belgilari bilan harakatlanish istaklarini uyg'otish.
Qo'shiq, ertaklarning oddiy mazmunini erkin ravishda to'qishga bo'lgan intilishni rivojlantirish. Qo'g'irchoqlar va tengdoshlari oldida chiqishlar qilish istagini rivojlantirish. Bunda chiqish qiladigan joyni ham o'zi bezashga o'rgatish.
Teatr haqidagi suhbatlarda ishtirok etishga undash (teatr - akterlar -tomoshabinlar, odamlarning tomosha zalida o'zini tutishlari).
Ta'Iimiy o'yinlar. Bolalarda narsalarning rangi va o'lchamiga qarab (2-3 rangdagi katta, o'rtacha va kichik pufakchalar) narsalarni tanlash, 2-3 ta rangni almashtirgan holda c'lcham jihatidan kichrayib boradigan xalqachalardan piramidacha yig'ish ko'nikmalarini mustahkamlash. 4-6 ta qismdan rasmni ("Bizning idishlar", "O'yinchoqlar") yig'ishga o'rgatish.
Bolalarni birgalikda o'ynaladigan didaktik o'yinlarda asta-sekinlik bilan murakkablashib boradigan qoidalarni bajarishga o'rgatish.
O'quv yili oxirida bola:

  • o'ziga qahramonning ma'lum bir rolini olib, tengdoshlari bilan o'yinda birgalikda harakat qila olish;

  • bir necha o'yin harakatlarini yagona syujet chizig'iga birlashtirish; o'yinda narsalar bilan harakatlanish va odamlar o'rtasidagi munosabatlarni aks ettirish;

  • didaktik o'yinlarda o'yin qoidalariga rioya qilish;

  • teatrlashtirilgan sahna ko'rinishlarining borishini kuzatish va ularga hissiy tarzda munosabatda bo'lish(qo'g'irchoq va dramatik teaalar);

  • tanish ertaklardan kichik parchalarni kattalar iltimosiga ko'ra va mustaqil tarzda o'ynash. Ko'rsatilayotgan personajlar xarakatlariga, mimikasiga, ohangiga taqlid qilish;

  • teatr haqidagi suhbatlarda ishtirok etish (teatr - akterlar -tomoshabinlar, odamlaming tomosha zalida o'zini tutishlari)lari lozim.




Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling