O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti


-modul: Saxnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishining o‘ziga xosligi


Download 0.67 Mb.
bet5/54
Sana27.07.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1662985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi j

4-modul: Saxnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishining o‘ziga xosligi
Reja:

  1. Badiiy asarlarni sahnalashtirish.

  2. Asarni toliq sahnalashtirish.

  3. Amaliy ish bajarish.

Adabiy viktorinalar o'tkazishdan asosiy maqsad, bolalarning badiiy asarlarga bo'lgan qiziqishlarini mustahkamlash, ilgaridan tanish bo'lgan badiiy asar janrlarini eslashga yordamlashish, emotsional his-tuyg'ularini, xotirasini rivojlantirishdir.


Adabiy viktorinalar o'rta va katta guruhlarda har bir faslda bir marta tashkil etiladi. Viktorinani musobaqa tarzida bir guruhni ikkita komandaga ajratish yoki ikkita bir xil guruhlar bilan (musobaqa uyushtirish) o'tkazish mumkin. Masalan, quyida o'rta guruhda o'tkazilgan adabiy viktorinaning mashg'ulot ishlanmasini keltiramiz.
Maqsad. Bolalarga turli usullar yordamida bir faslda o'qib va hikoya qilib berilgan ertaklar, hikoyalarning nomini eslashga yordamlashish. Ertaklardan parchalar o'qib berish orqali bolalar xotirasini rivojlantirish.
Mashg'ulot uchun material. Sh.Pyeroning „Qizil Shapkacha", „Bo'ri bilan echki", „Fil va Xo'roz", „Dumsiz tulki" ertagi va ularga ishlangan rasmlar, „Tulki bilan Turna" ertagida qat-nashuvchi qahramonlar rasmini to'plash.
Mashg'ulotning borishi. Tarbiyachi bolalarga kitob muqo-vasidagi rasmni ko'rsatadi va bu ertakka nom o'ylab topishni taklif etadi. Shundan so'ng tarbiyachi asardan parcha o'qiydi va uni qaysi ertakdan ekanligini bolalardan so'raydi. Masalan, „Kunlardan bir kuni jikkakkina ola quyon sheriklariga: — Men hcch kimdan qo'rqmayman, tulkini bir puflab osmonga uchirib yuboraman, — deb chiranibdi. Hamma uning mardligiga qoyil qolibdi. Shu payt birdan bo'ri kelib qolibdi". (O'zbekxalq ertagi, „Maqtanchoq quyon").
,,Bor ekanda yo'q ekan, och ekanda to'q ekan, bir och bo'ri bo'lgan ekan. Kunlardan bir kuni don yeb yurgan bir xo'rozni ko'rib qolibdi. Bo'ri xo'rozni ushlashpayigatushibdi". (O'zbek xalq ertagi, ,,Och bo'ri".)
„Xo'rozvoy bog'ga chopqillab kelibdi-yu, ko'm-ko'kkina g'o'r maymunjonni cho'qiy boshlabdi. Shu payt Tovuqxon xo'rozga qarab: „Yema, Xo'rozvoy, maymunjon pishgunicha sabr qil, -debdi". (K. Ushinskiy. „Sabr qilishni o'rgan".)
Kichkina echki uloq, O'ynar oshib umbaloq, Men bilan inoq o'rtoq. Ko'kat 'bersam yamlaydi, Orqamdan hech qolmaydi.
(Sh.Sa 'dulla. ,,Uloqcham "she 'ri.)
„Topinglar-chi, men qaysi she'rdan parcha o'qidim, kim bu she'rni oxiriga yetkazadi". Bolalar she'rni oxirigacha aytib beradilar,
Tarbiyachi navbatdagi vazifani diqqat bilan tinglashni taklif etadi. „Topinglar-chi, bu sahna qaysi ertakdan?" —deb stol ustiga tulki va turnaning rasmlarini qo'yadi. „Bu parranda bizning mashg'ulotimizga qaysi ertakdan yugurib keldi?" Tarbiyachi oldindan bir bolani qarg'a qilib tayinlagan bo'ladi. Qarg'a qilib tayinlangan bola „Qar-qar, qar" deb tarbiyachining oldiga yugurib keladi. Bolalar esa uning qaysi ertakdan ekanligini topadilar. So'ngra tarbiyachi bolalarga „Qizil Shapkacha" ertagiga ishlangan rasmlarni ko'rsatadi va ular nima haqida ekanligini so'raydi. So'ngra tarbiyachi bittadan o'g'il va qiz bolani chiqaradi, ular Bo'ri va Qizil Shapkacha dialogini aytib beradilar Shundan so'ng tarbiyachi bolalarga turli ertak va hikoyalardan parchalar aytib berishni taklif etadi.
Adabiy viktorinani tashkil etish liar bir tarbiyachidan ijodkorlikni talab etadi. Tarbiyachi adabiy viktorinani „Kim ko'p topishmoq aytadi? Kim ko'p maqol aytadi? Kim tez aytishuvni bir nafas chiqarishda uch marta aytadi? Kim eng ko'p she'r biladi?" kabi shiorlar ostida o'tkazishi mumkin.
Adabiy viktorinalarni bir necha mavzular asosida ham tashkil etish mumkin. Masalan, „YiI fasllari", „Ertaklar olamida", „Tabiat to'g'risida", „Hayvonot olamida" va hokazolar. Sunday mavzularda o'tkaziladigan adabiy viktorinalar uchun bir necha kun (o'yinlar uchun ajratilgan vaqtda) tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Bolalar sevimli asarlari uchun chizilgan rasmlar joy-lashtirilgan albom va papkalarni ko'rib chiqishadi, ilgari tinglan-gan ertak va hikoyalarni, she'r va topishmoqlarni eslariga tushi- rishadi, ertak uchun ishlangan rasmlarni ko'ribchiqishadi. belgilangan kun oldindan tayyorlab qo'yilgan kitoblar (ko'rgazma mavzusi asosida) stol ustiga qo'yiladi. Bolalar bog'cha xodimlarini va boshqa guruh bolalarini taklif etadilar. Ularga kitob ko'rgazma-sini ko'rsatib, she'rlar aytib berishadi, topishmoqlar aytish va topish, ertaklarni hikoya qilib berish tashkil etiladi.
Adabiy viktorinani tashkil etish uchun oldindan uning ssenariysini tuzib olish maqsadga muvofiqdir. Buni liar bir tarbiyachi o'z mahoratiga qarab tuzishi kerak.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling