Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti begbutayev a. E., Yusupov r. M


Download 4.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/114
Sana12.08.2023
Hajmi4.97 Mb.
#1666538
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114
Bog'liq
cisco

 


22 
 
 
 
III BOB. KOMPYUTER TARMOQLARINING TEXNIK TAʻMINOTI 
 
3.1. Kommunikasion kanal va aloqa prosessori, axborot uzatish muhiti 
Elektromagnit toʻlqin shakllari – elektr toki, radiotoʻlqinlar yoki yorugʻlik, 
maʻlumot yoki kodni tasvirlash uchun ishlatiladi va biror fizik muhit, masalan, 
sim, kabel yoki atmosfera orqali bu maʻlumot uzatiladi. Uzatilayotgan maʻlumot 
tovush, ovoz, matn, videotasvir yoki bularning kombinatsiyasi (multimediya)dan 
iborat boʻlishi mumkin. Maʻlumot ikki turdagi signallar yordamida uzatilishi 
mumkin: analogli va raqamli. Analogli signallar uzluksiz, raqamli esa diskret 
shaklda uzatiladi. 
Analogli signallar (uzluksiz toʻlqinlar). Kommunikatsiyaning eskirgan 
vositalari: telefon, radio va televideniyelar analogli signallar bilan ishlashga 
moʻljallangan edi. Analog signal tashuvchi toʻlqin deb ataluvchi uzluksiz elektrik 
signallardan tashkil topgan toʻlqindan iborat. Analogli tashuvchi toʻlqinlarning ikki 
asosiy koʻrsatkichi chastota va amplituda dan iborat: 
Chastota – toʻlqin tebranishlarining vaqt birligida (sekund) necha marta toʻliq 
takrorlanishini bildiruvchi son. 
Amplituda – berilgan vaqt oraligʻidagi toʻlqinning maksimal balandligi. Ovoz 
(signal) ning baland-pastligi amplitudaga bogʻliq boʻladi. 
Raqamli (diskret) signallar. Raqamli signallar ikki xil diskret almashinuvchi 
(bor-yoʻq) signallardan iboratligi sababli u orqali ikkilik sanoq sistemasidagi 
maʻlumotni tasvirlash mumkin. Bunda elektrik impulsning borligi – 1, yoʻqligi – 0 
bilan belgilanadi. Bunaqa ikkilik tarzda diskret signallarni uzatish 1880 yillarning 
oʻrtalaridayoq Semyuel Morze tomonidan joriy qilingan edi. 

Download 4.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling