Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti begbutayev a. E., Yusupov r. M


 Kompyuter tarmogʻi haqida umumiy tushunchalar


Download 4.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/114
Sana12.08.2023
Hajmi4.97 Mb.
#1666538
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114
Bog'liq
cisco

 
2.2. Kompyuter tarmogʻi haqida umumiy tushunchalar 
 
Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari olami juda tez 
rivojlanmoqda. Bugungi kunda Internet va uning xizmatlari maʻlumotlarni uzatish 
hamda qabul qilish tarmogʻi sifatida odatiy hayot turmush tarzi boʻlib qolgan. 
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari jamiyat rivojlanishi va oʻzgarishiga taʻsir 
etuvchi omillardan biri boʻlib, ularni qoʻllash ilm-fan, biznes va boshqa sohalarda 
yutuqlarga erishish imkon beradi, insoniyatning axborotlar resurslariga boʻlgan 
ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini qoniqtirishini taʻminlaydi. Uning muhim tarkibiy 


17 
qismlaridan biri bu kompyuter tarmoqlaridir. Kompyuter tarmoqlari haqida 
quyidagi taʻriflarni keltirib oʻtamiz: 
Kompyuter tarmogʻi (Computer NetWork, net–tarmoq, va work–ish) – bu 
kompyuterlar oʻrtasida axborotlar almashinuvi tizimidir. 
Kompyuter tarmog`i – bu ikkita yoki undan koʻproq kompyuterlarning va 
boshqa qurilmalarning bir biriga uzatish muhiti yordamida oʻzaro bogʻlangan 
tarmoqdir. 
Kompyuter (hisoblash) tarmogʻi – aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni 
tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va 
terminallar toʻplami boʻlib, u koʻp mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir. 
2.3. Kompyuter tarmogʻi tarkibiy qismlari 
 
Kompyuter tarmogʻi "tarmoq abonenti", "stansiya" va "fizik uzatish muhiti" 
kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan boʻladi. 
1. Tarmoq abonenti tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni isteʻmol 
qiluvchi ob`ektdir. 
2. Stansiya– axborot uzatish va qabul qilish bilan bogʻliq vazifalarni 
bajaruvchi ob`ektdir. 
Alohida kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari
programmaviy boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari 
boʻlishlari mumkin va xar bir abonent stansiyaga ulanadi. 
Abonent va stansiya birgalikda "abonent tizimi“ deb ataladi. Abonentlarning 
oʻzaro aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud boʻlishi kerak. 

Download 4.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling