Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti begbutayev a. E., Yusupov r. M


Texnologik jarayonlarni boshqarish axborot tizimi


Download 4.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/114
Sana12.08.2023
Hajmi4.97 Mb.
#1666538
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114
Bog'liq
cisco

Texnologik jarayonlarni boshqarish axborot tizimi turli texnologik 
jarayonlarni (egiluvchan ichlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va 
shu kabilar) avtomatlashtirishga moʻljallangan. [22] 
Hozirda texnologik jarayonlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: avtomatik 
nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish. 
Avtomatik nazorat - texnologik jarayon haqida operativ ma'lumotlarni 
avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo'lgan 
sharoitlarni ta'minlaydi. 
Avtomatik rostlash - texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini 
avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab kilingan sathda saqlanishini nazarda 
tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash tizimining (ART) turi ishlashini 
nazorat qiladi. 


12 
Avtomatik boshqarish - texnologik operasiyalarni belgilangan muttasilligining 
avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv ob'ektiga nisbatan bo’ladigan 
ta'sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat. 
Avtomatlashtirish - texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan 
texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish - ishlab chiqarish 
jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo’lib, bunda, 
texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik 
ko’rilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy 
texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya'ni ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot qiymati va sifatining oshishi hamda tannarhining kamayishiga olib 
keladi. 
 
1.2. Tarmoq texnologiyalari haqida tushunchalar 
 
Hozirgi kunda kompyuter tarmoqlari keng va jadal suratlar bilan rivojlanib 
bormoqda. Xar qanday tashkilot yoki muassasini kompyuter tarmoqlarisiz tassavur 
qilish qiyin. XX asrning oxirida kirib kelgan Internet - halqaro global kompyuter 
tarmogʻi soʻzimizning isbotidir. Bu tarmoq koʻpchilik kishilarning gazeta va 
jurnal, kitoblardan kundalik hayotda oladigan axborot yangiliklarining elektron 
koʻrinishlaridan biri aylanib bormoqda. Shuning uchun kompyuter tarmoqlaridan 
foydalanish va ularning tuzilmasini oʻrganish hamda ulardan maʻlumotlar olish 
muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 4.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling