Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti begbutayev a. E., Yusupov r. M


Qoʻl mehnatiga asoslangan axborot tizimlari


Download 4.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/114
Sana12.08.2023
Hajmi4.97 Mb.
#1666538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114
Bog'liq
cisco

Qoʻl mehnatiga asoslangan axborot tizimlari shu bilan xarakterlanadiki, 
unda axborotlarni qayta ishlash operatsiyalari inson tomonidan bajariladi. 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari — boshqaruv funksiyalarining bir 
qismi (tizimcha) yoki maʻlumotlarni qayta ishlash Avtomat ravishda, boshqa qismi 
inson tomonidan bajariladi. 
Avtomatlashgan axborot tizimlari — maʻlumotlarni qayta ishlashning barcha 
boshqaruv funksiyalari texnik vositalar bilan amalga oshiriladi (masalan, 
texnologik jarayonlarni avtomat boshqarish). 
Axborot tizimlari sohasiga koʻra quyidagicha boʻlinadi: 
— ilmiy tadqiqot; 
— avtomatlashtirilgan loyihalashtirish; 
— tashkiliy boshqaruv; 
— texnologik jarayonlarni boshqarish. 
Ilmiy tadqiqot axborot tizimi ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, 
statistik axborotlarni tahlil qilish, tajribalarni boshqarishga moʻljallangan. 


11 
Avtomatlashtirilgan 
loyihalashtirish 
axborot 
tizimi 
muhandis-
loyihalovchilar va yangi texnikalarni (texnologiyalarni) ishlab chiquvchilar 
mehnatini avtomatlashtirishga moʻljallangan. 
Bunday axborot tizimlari quyidagilarni amalga oshirishga yordam beradi: 
— yangi mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish; 
— turli muhandislik hisoblari (mahsulotning texnik parametrlarini 
aniqlash, chiqim meʻyorlari — mehnat, materiallar va shu kabilar); 
— grafik hujjatlarni tayyorlash (chizmalar, sxemalar, rejalar); 
— loyihalashtirilayotgan obyektlarni modellashtirish; 
— raqamli dasturiy boshqarish stanoklari uchun boshqaruvchi dasturlar 
yaratish. 
Tashkiliy boshqaruv axborot tizimi maʻmuriy xodimlar (boshqaruv) 
funksiyasini avtomatlashtirish uchun moʻljallangan. Bunday axborottizimiga 
sanoat (korxonalar), nosanoat (banklar, birjalar, sugʻurta kompaniyalari, 
mehmonxonalar va shu kabilar) hamda alohida ofis (ofis tizimlari) kabi obyektlarni 
boshqarish taalluqlidir.

Download 4.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling