Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti begbutayev a. E., Yusupov r. M


Download 4.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/114
Sana12.08.2023
Hajmi4.97 Mb.
#1666538
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   114
Bog'liq
cisco

1-toifadagi kabel — bu oddiy telefon kabeli (oʻralmagan juft sim) boʻlib, u 
orqali faqat tovushni uzatish mumkin, axborotni emas. Bu turdagi kabel texnik 
koʻrsatgichlari katta chekinishlaridan iborat (toʻliq qarshiligi, oʻtkazish yoʻlagi, 
chorraha yoʻnalishi); 

2-toifadagi kabel — bu oʻralgan juftlikdan iborat kabel boʻlib, axborotni 
1MGtsgacha chastota oraligʻida uzatish uchun moʻljallangan. Kabel chorraha 
yoʻnalishlar darajasiga testlanmaydi. Hozirgi vaqtda juda kam ishlatiladi. EIA/TIA 
568 standard 1 va 2-toifadagi kabellami ajratmagan; 

3-tolfadagi kabel — bu kabel axborotlarni 16 MGts.gacha chastota 
oraliqda uzatishga moʻljallangan, oʻralgan juftlikdan tashkil topgan boʻlib, 1 metr 
uzunlikda ikki sim bir-biriga 9 marotaba oʻralgan, kabel hamma koʻrsatgichlar 
boʻyicha testlanadi va 100 Om toʻlqin qarshilikka egadir. Mahalliy tarmoqlarga 
standart tomonidan tavsiya qilingan eng oddiy kabel turi boʻlib, hozirgi vaqtda 
koʻp tarqalgan. Bu toifa kabellar simpleks metod deb yuritiladi

4-toifadagi kabel — bu kabel axborotlarni 20 MGts.gacha chastota 
oraliqda uzatishga moʻljallangan. Kam ishlatiladi, chunki koʻrsatgichlari boʻyicha 
3-toifadagi kabel koʻrsatgichlaridan kam farqlanadi. Standart 3-toifadagi kabel 
oʻmiga 5-toifadagi kabeldan foydalanishni tavsiya etadi. 4-toifadagi kabelni 
hamma texnik koʻrsatgichi boʻyicha testlash mumkin va 100 Om toʻlqin 
qarshilikka ega. 1EEE8025 standartli tarmoqda foydalanish uchun yaratilgan 
kabeldir; 

5-toifadagi kabel — bu hozirgi vaqtda eng mukammal kabel boʻlib, 100 
MGs chastota oraligʻida axborot uzatishga moʻljallangan. 0ʻralgan juftliklardan 
tashkil topgan, 1 metr uzunlikda 27 ta oʻramdan kam emas (1 futga 8 ta oʻram). 
Kabelning hamma koʻrsatgichlari testlanadi va 100 Om toʻlqin qarshilikka ega. 
Hozirgi zamon yuqori tezlikda ishlovchi tarmoqlarda, yaʻni 100 megabitlik va 1 
gigabitlik Ethernet, Post Ethernet va TPFDDT tarmoqlarida foydalanish tavsiya 
etiladi. 5-toifadagi kabel 3-toifadagi kabelga nisbatan taxminan 30—40 % qimmat. 


30 
Bu toifadagi kabel optimal variant; 


Download 4.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling