O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti fizika va texnoligik ta’lim fakulteti Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi yo’nalishi Abduvaitova Durdona Umid qizining


Download 179.57 Kb.
bet15/26
Sana17.06.2023
Hajmi179.57 Kb.
#1541147
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
BMI yangi

1.2 Ekologik muammolar.
Insoniyatning rivojlanish tarixi tabiiy sharoitlarga moslashish, yangi yerlarni ochish, tabiiy boyliklarni topish va o’zlashtirishdan iborat bo’lgan. Taraqqiyotning dastlabki bosqichida aholi sonining o’sishi oziq-ovqat yetishmasligi, yirtqich xayvonlar, iqlim sharoitlari kabi omillar ta’sirida cheklangan. Insonning tabiiy kuchlar oldidagi qaram-muteligi juda uzoq vaqt mobaynida davom etgan va ko’plab noxush voqealarning ro’y berishiga sabab bo’lgan.
Habashistonda musson yomg’irlarining ko’payishi Nil o’zanining botqoqlashtirilishiga olib kelgan va aholi janubga ko’chishiga majbur bo’lgan. Quyi Misr qashshoqlasha boshlab vohadagi siyosiy va mintaqaviy ahamiyatidan mahrum bo’la borgan. Iqlim qurg’oqroq bo’lsa odamlar joylariga qaytishgan va qadimgi Misr davlatining qudrati yanada o’sa boshlagan.
Qadimgi shumerlar haddan tashqari ko’p sug’orish natijasida Tigr va Evrat daryolarining quyi oqimida tuzlarning ko’payib ketishiga sabab bo’lishgan va Shumer madaniyati barbod bo’lgan. Endilikda faqat arxeologlargina Mesopotamiyada eng qadimgi sivilizatsiyalardan biri bo’lganligiga guvohlik berishlari mumkin. Qadimgi Shumer ekologik tanazzuldan chiqish yo’lini topa olmadi va halok bo’ldi.
Sug’oriladigan dehqonchilikning yangi shakllarini topgan ( suv quyilgan chelaklarda sholi yetishtirish va ayni vaqtda baliq urchitish) qadimgi Xitoy ekologik tanazzuldan o’tib oldi va boyib ketdi. U o’z sivilizatsiyasini barpo etdi va turmushlarini qayta qurib, tanazzuldan o’ta olmagan qo’shni xalqlarni haqli ravishda varvarlar deb hisoblay boshladilar va shu kabi jarayonlar asosida inson va tabiat shu kungacha yetib kelgan.

Bundan roppa-rosa 10 yildan keyin dunyo manzarasi qanday bo’lishi haqida hech o’ylab ko’rganmisiz?
Shunisi ma’lumki, yer sharining ekologik vaziyati o’tgan asrga nisbatan misli ko’rilmagan darajada o’zgarishga ulgurishi bilan bir qatorda avlodlarning chinakamiga qarg’ishiga sabab bo’luvchi muammolarni ham vujudga keltirdi. Garchi ushbu hodisalar dunyo hamjamiyatini global ekologik muammolar to’g’risida ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lish, tadqiqotlar olib boorish va bu muammolarni bartaraf etish borasida amaliy chora- tadbirlarni amalga oshirishga undab kelayotgan bo’lsa hamki, ko’pchilik mamlakatlar va millatlar bu muammolarning ko’lami shabadasini seza olishmayapti yoxud ular o’zlarini mutlaqo xabarsizdek tutishmoqda.
41
Ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining qulay tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan va yuz berib bo’lgan muammolarga yechim topish, ularni oqilona hal qilish kabi masalalarga qay darajada ahamiyat berilib kelinmoqda?
Bu mavzuda shunchaki reja va konsepsiyalar ishlab chiqilib, konferensiya mavzusi sifatida qarab kelinmoqdami? Afsuski, shunday!

Download 179.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling