AMALIY MASHG’ULOT № 9
Sutli konservalar sifatiga organoleptik jihatdan baho berish.
Qandli quyultirilgan sut sifatiga organoleptik jihatdan baho berishda uning tashqi ko’rinishi, konsistentsiyasi, rangi, ta’mi va hidi hisobga olinadi.
Tashqi ko’rinishi. Qadoqlangan mahsulotni ko’zdan kechirganda uning mahkam berkitilganligi, qopqog’ining bo’rtib chiqqan yoki chiqmaganligi, idishining pachoqlanganligi va boshqa xil defektlar kuzatiladi.
Idish og’zi ochilgach, mahsulotning yuzasi ko’rib chiqiladi. Bunda mahsulotning yuza qismi toza, yaltirroq holda bo’lishi kerak. Qopqog’ining ichki qismi zanglanmagan, yoki qora dog’lari bo’lmasligi lozim.
Konsistentsiyasi. Sutli konservalarning konsistentsiyasini aniqlashda quyultirilgan sutning yopishqoqligiga e’tibor beriladi. Qandli quyultirilgan sut konservasining konsistentsiyasi bir jinsli, yopishqoq, qand kristallari sezilib turmaydigan bo’lishi kerak. Ko’p muddatda saqlanganda bankaning tagida ozroq cho’kma bo’lishi, konsistentsiyasi qumoqroq bo’lishi mumkin.
Ta’mi va hidi: Qandli quyultirilgan sut konservasining ta’mi shirin, pasterlangan sut ta’mi kelib turadigan, xech qanday begona ta’m va hidsiz bo’lishi lozim.
Rangi: Sarg’ishroq oq yoki ko’kishroq oq, butun massasi bo’ylab bir tekis bo’lishi kerak. Quyultirilgan qandli kakao konservasining rangi jigar rang, quyultirilgan qandli kofeli konservaning rangi to’q jigar rang bo’lishi lozim.
Qandli quyultirilgan sut tarkibidagi
saxaroza miqdorini aniqlash.
Ishning mazmuni:
1. Ishchi eritma tayyorlashni o’rganish.
2. Qandli quyultirilgan sut tarkibidagi saxaroza miqdorini aniqlash.
Bu usul ishqorli muhitda glyukoza va laktoza alьdegid guruhlarining yod bilan reaktsiyaga kirishib oksidlanishiga asoslangan. Oksidlanish quyidagi tenglama orqali boradi.
Yoki faza buyicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |