O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax politexnika instituti “qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi «sut va go’sht mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»


Prostokvasha, atsidofilli sut va kefir tarkibidagi


Download 2.97 Mb.
bet21/44
Sana12.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1699951
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
Bog'liq
Sut amaliy

Prostokvasha, atsidofilli sut va kefir tarkibidagi
kislotalilikni aniqlash.
100-150 ml-li kimyoviy kolbaga pipetka yordamida 10 ml yaxshi aralashtirilgan prostokvasha yoki kefir, atsidofilli sut solinadi. Pipetkada qolgan sut achitqi mahsulotining qoldig’i 20 ml distillangan suv bilan yuvib kolbaga solinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Aralashmaga 3 tomchi fenolftaleinning spirtli eritmasi tomiziladi va 2 minut davomida rangi o’zgarmaydigan qizg’ish rangga kirguncha 0,1 normalli natriy yoki kaliy ishqor eritmasi bilan titrlanadi.
Hisob. Mahsulot tarkibidagi kislota miqdori titrlash jarayonida ketgan ishqor miqdorini 10 ga ko’paytirib foizlarda belgilanadi.
Ki = a . 10
Bunda:
a-titrlash uchun ketgan ishqor eritmasi miqdori, ml
K- aniqlanayotgan mahsulotning kislotaliligi, °T
Kerakli jihoz va reaktivlar: hajmi 100 ml bo’lgan konussimon kolba, hajmi 10 va 20 ml bo’lgan pipetkalar, titrlash qurilmasi, 0,1 normalli ishqor, fenolftaleinning 1 % li spirtli eritmasi.
Prostokvasha, atsidofilli sut va kefir tarkibidagi
yog miqdorini aniqlash.
Prostokvasha, atsidofilli sut va kefir tarkibidagi yog miqdorini aniqlash uchun jiromer asbobiga zichligi 1,81-1,82 bo’lgan sulьfat kislotadan 10 ml o’lchab olinadi.
Jiromer og’zi probka bilan mahkamlanadi va 70 0S haroratli suv hammomida mahsulot tarkibidagi yogni eritish uchun 5 minut davomida qizdiriladi. Qizdirilgan aralashma tsentrifuga jihozida 1000 ayl./minut davomida tsetrifugalanadi. Bunda sut achitqi mahsuloti tarkibidagi yog miqdori ajralib chiqadi va natijasi hisoblanadi.
Hisob: Jiromer ko’rsatkichi 2,15 ko’paytiriladi va mahsulot tarkibidagi yog miqdori foizlarda belgilanadi. 2,15 koeffitsienti 10,77 rahamini 5 ga bo’lish bilan hosil qilinadi. Bu degani shuki, sut-achitqi mahsuloti sutga qaraganda 2,15 marta kam olingan.
Kerakli jihoz va reaktivlar: 5 ml-li pipetka, 10 ml-li o’lchov tsilindri, jiromer, suv hammomi, tsentrifuga, harorat o’lchagich.



Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling