O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax politexnika instituti “qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi «sut va go’sht mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»


Smetana tarkibidagi yog miqdorini


Download 2.97 Mb.
bet23/44
Sana12.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1699951
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44
Bog'liq
Sut amaliy

Smetana tarkibidagi yog miqdorini
aniqlash.
Smetana tarkibidagi yog miqdorini aniqlash uchun qaymoq uchun jiromerga 5 gramm smetana o’lchab solinadi. Jiromerga ketma-ket 5 ml suv, 10 ml sulьfat kislotasi, 1 ml izoamil spirti qo’shiladi.
Jiromer og’zi probka bilan mahkamlanadi va 70 0S haroratli suv hammomida mahsulot tarkibidagi yog miqdorining erishi uchun 5 minut davomida qizdiriladi. Qizdirilgan aralashma tsentrifuga jihozida 1000 ayl./minut davomida tsetrifugalanadi. Bunda smetana tarkibidagi yog miqdori ajralib chiqadi va natijasi hisoblanadi.
Hisob: Jiromer shkalasidagi 2 chizigi hajmi 100 gramm mahsulot uchun 1% ga to’g’ri keladi.
Kerakli jihoz va reaktivlar: 5 ml-li pipetka, 10 ml-li o’lchov tsilindri, jiromer, suv hammomi, tsentrifuga, harorat o’lchagich.
AMALIY MASHG’ULOT № 13

Sariyog’ sifatiga baho berish
Ishni olib borishdan maqsad: Sariyog’ sifatini organoleptik va fizik-kimyoviy jihatdan baho berish ko’rsatkichlari bilan talabalarni tanishtirish.
Ish davomida talabalar: 1) Sariyog’ sifatiga baho berish usullarini, 2) Sariyog’ sifatini aniqlashda qo’llanila­digan uskunalardan foydalana bilishlari shart


Ishning mazmuni:

  1. Sariyog’ sifatiga organoleptik jihatdan baho berish.

  2. Sariyog’ tarkibidagi namlikni aniqlash.

  3. Sariyog’ning kislotaliligini aniqlash.

  4. Sariyog’ tarkibidagi yog’ miqdorini hisoblash orqali aniqlash.

  5. Sariyog’ tarkibidagi natriy xlor miqdorini aniqlash.

  6. Sariyog’ plazmasining kislotaliligini aniqlash.


  1. Sariyog’ sifatiga organoleptik jihatdan

baho berish.
Organoleptik jihatdan tekshirish sezgi organlari vositasida olib boriladi.
Bu usul bilan sariyog’ning tashqi ko’rinishi tekshiriladi; uning rangi, ta’mi, hidi va konsistentsiyasi aniqlanadi. Sariyog’ning sifatiga organoleptik baho 100 balli sistema asosida beriladi. Har bir ko’rsatkich uchun ma’lum miqdor ball beriladi: ta’m va hidga -50 ball, konsistentsiya va tashqi ko’rinishiga -25 ball, rangiga -5 ball, tuzilishiga -10 ball, qadoqlanishiga -10 ball beriladi. 88-100 ball olgan yoglar a’lo nav, 80-87 ball olgan yoglar 1-nav hisoblanadi.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling