Muzqaymoq tarkibidagi yog miqdorini
aniqlash.
Muzqaymoq tarkibidagi yog miqdorini aniqlashda Gerber usulidan foydalaniladi va sut, sariyog’ uchun mo’ljallangan butirometrlar ishlatiladi.
Sut uchun mo’ljallangan butirometrda yog miqdorini aniqlash.
Ishning borishi. Butirometrga pipetka yordamida 15 ml kontsentrlangan sulьfat kislotasi va 5 gramm muzqaymoq solinadi. So’ngra unga 1 ml izoamil spirti qo’shiladi. Asbob rezinali probka bilan mahkam bekitiladi va sut oqsili to’lik eriguncha extiyotqorlik bilan chayqatiladi. CHayqatilgandan so’ng butirometr harorati 65 0S bo’lgan suv hammomida probkasini yuqoriga qaratib 4-5 minut qo’yiladi. Ko’rsatilgan vaqt o’tgach, butirometr suv hammomidan olinib, sochiq bilan yaxshilab artiladi va 1000 ayl./minut tezlikda 5 minut davomida tsentrifuga jihozida tsentrifugalanadi. TSentrifugadan olingan butirometr harorati 65 0S bo’lgan suv hammomida probkasini yuqoriga qaratib 4-5 minut saqlanadi va ajralib chiqqan yog miqdori butirometrning ko’rsatkichiga qarab sanaladi. Olingan natija 2,2 soniga ko’paytirib muzqaymoq tarkibidagi yog miqdori foizda topiladi.
Kerakli jihoz va reaktivlar: 10 ml-li pipetka, butirometr, suv hammomi, tsentrifuga, harorat o’lchagich, sulьfat kislotasi, izoamil spirti.
Muzqaymoq tarkibidagi namlik va quruq
moddalar miqdorini aniqlash.
Ishning borishi.
SHisha byuksiga 20-30 gramm toza qum solinadi va byuksi yarim soat davomida harorati 1050S bo’lgan quritish shkafiga qo’yiladi. Vaqt o’tgach, byuksi quritish shkafidan maxsus qisqich yordamida olinadi, eksikator jihozida sovutiladi va texnik tarozida 0,001 gramm aniqlikgacha o’lchanadi. Quritilgan va o’lchangan byuksiga 4-5 gramm axshilab aralashtirilgan muzqaymoq qo’shiladi, byuksi og’zi mahkamlanadi va o’lchab olinadi.
So’ngra byuksi og’zi ochiladi, quritish shkafida 100-150 0S haroratda saqlab tarkibidagi namligi yo’qotiladi. Donador massa hosil bo’lguncha, u quritish shkafida 2 soat davomida qo’yiladi. Vaqt o’tgach byuksi quritish shkafidan maxsus qisqich yordamida olinadi, og’zi mahkamlanadi, eksikator jihozida 20-30 minut davomida sovutiladi va yana quritish shkafida 1 soat quritiladi, eksikatorda sovutiladi hamda o’lchab olinadi.
Hisob.
Muzqaymoq tarkibidagi namlik quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Bunda: q1- idishning mahsulot bilan birgalikda quritishdan oldingi og’irligi, gramm
q2-idishning mahsulot bilan birgalikda quritishdan keyingi og’irligi, gramm
5 – Mahsulot og’irligi, gramm
Muzqaymoq tarkibidagi quruq moddalar miqdori quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
S= 100- X
Bunda: Muzqoymoq tarkibidagi hisoblash orqali topilgan namlik miqdori, %
Kerakli jihoz va reaktivlar: byuksi, quritish shkafi, eksikator jihozi, harorat o’lchagich.
Do'stlaringiz bilan baham: |