O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax politexnika instituti “qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi «sut va go’sht mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»


Download 2.97 Mb.
bet7/44
Sana12.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1699951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Bog'liq
Sut amaliy

Ishni olib borish uchun kerakli mahsulot, reaktiv va jihozlar:
Yangi sog’ilgan sut, sut uchun jiromer, tsentrifuga, hajmi 10,77 ml bo’lgan sut uchun pipetka, hajmi 10 va 1 ml bo’lgan avtomat pipetkalar, suv hammomi, harorat o’lchagich (100 0S uchun), zichligi 1,81-1,82 bo’lgan sulьfat kislotasi, zichligi 0,810-0,812 bo’lgan izoamil spirti, hajmi 200-250 ml bo’lgan kimyoviy stakan va kolbalar. Sut uchun areometr, hajmi 250-300 ml bo’lgan shisha tsilindr, qadoq, qog’ozli yoki paxtali filьtr, etalonlar. Hajmi 100 ml bo’lgan konussimon kolba, hajmi 10 va 20 ml bo’lgan pipetkalar, titrlash qurilmasi, 0,1 normalli ishqor, fenolftaleinning 1 % li spirtli eritmasi.


Sut qandini refraktometr usulda aniqlash.
Refraktometriya – sindirish ko’rsatkichini aniqlash bo’lib, refraktometrdagi son-uning birliklar shkalasida sindirish ko’rsatkichining kattaligini belgilovchi shartli raqami hisoblanadi. Yorug’lik nuri, turli muhitlardan o’tishda o’zining to’g’ri chiziqli yo’lidan katta yoki kichik burchakka og’adi.
Ishning borishi.
Pipetka yordamida aniqlanayotgan sutdan 5 ml o’lchab olinadi. Unga 5-6 tomchi 4% li kalьtsiy xlor eritmasidan solinadi. Probirka probka bilan mahkamlanadi va qaynayotgan suv hammomiga qo’yiladi. Ma’lum muddatdan so’ng probirga suv hammomidan olinadi va 15 0S haroratgacha sovutiladi, Bunda probirka devorlariga kondensatlanib qolgan suv tomchilarining bo’lmasligiga e’tibor beriladi. So’ngra probirkadan probka olinadi va shisha tayoqcha yordamida probirka ichidagi zardob extiyotkorlik bilan olinadi. Zardob filьtrlanadi, filьtratdan refraktometr asbobi prizmasining pastki qismiga tomiziladi va tezda prizmaning yuqori qismi yopiladi. Maxsus vint va okulyar yordamida hosil bo’lgan ikki xil rangning perpendikulyar kesishgan nuqtasi topiladi. Kesishgan nuqtadan hisoblashlar olib boriladi. Quyida keltirilgan jadval orqali sut qandining miqdori foizlarda topiladi.
Refraktsiya kattaligi haroratga bog’liq bo’ladi, shuning uchun refraktometrda hisoblashlarni ma’lum haroratda olib borish lozim. Refraktometrdagi sut qandini aniqlovchi shkalasi sut zardobi uchun 17,5 0S haroratda o’rnatilgan, shuning uchun refraktometr prizmasining harorati ham shunga teng bo’lishi kerak. Buning uchun refraktometrga harorati 19,5-20,5 0S bo’lgan suv yuboriladi.
Jadval № 57



17,5°S haroratda sindirish ko’rsatkichi

Sut qandining tarkibi, %

17,5°S haroratda sindirish ko’rsatkichi

Sut qandining tarkibi, %

17,5°S haroratda sindirish ko’rsatkichi

Sut qandining tarkibi, %

1,3390

3,01

1,3405

3,72

1,3420

4,49

1,3391

3,06

1,3406

3,77

1,3421

4,54

1,3392

3,11

1,3407

3,82

1,3422

4,59

1,3393

3,16

1,3408

3,87

1,3423

4,64

1,3394

3,21

1,3409

3,92

1,3424

4,69

1,3395

3,26

1,3410

3,98

1,3425

4,74

1,3396

3,31

1,3411

4,03

1,3426

4,79

1,3397

3,36

1,3412

4,08

1,3427

4,84

1,3398

3,42

1,3413

4,13

1,3428

4,89

1,3399

3,47

1,3414

4,18

1,3429

4,95

1,3400

3,52

1,3415

4,23

1,3430

5,00

1,3401

3,57

1,3416

4,28

1,3431

5,05

1,3402

3,62

1,3417

4,33

1,3432

5,10

1,3403

3,67

1,3418

4,38

1,3433

5,15

1,3404

3,70

1,3419

4,44

1,3434

5,20


AMALIY MASHG’ULOT № 6


Sutning energetik qimmatini aniqlash.

1 kg sutning energetik qimmatini hisob-kitob usuli orqali aniqlash.


Energiya miqdori:
- 1 gramm sut yog’i - 38,6 kDj ga teng
- 1 gramm sut oqsili - 17,1 kDj ga teng
- 1 gramm sut qandi (laktoza) - 17,1 kDj ga teng
Agar sut tarkibidagi yog, oqsil va laktozaning foizlardagi qiymati ma’lum bo’lsa, u holda 1 kg sutning energetik qimmatini aniqlash mumkin.
Masalan: sut o’z tarkibida 3,2 % yog, 2,8 % oqsil va 4,5 % laktoza saqlaydi, uning zichligi 1,030 g/sm3 ga teng.
Demak, 1 kg sut saqlaydi:
- 32 g yog, qaysikim energetik qimmati:
32 . 38,6 = 1231,6 kj ga teng;
- 28 g oqsil, energetik qimmati:
28 . 17,1 = 478,1 kj ga teng;
- 45 g laktoza, energetik qimmati:
45 . 17,1 = 769,5 kjga teng.
Demak, 1 kg sutning energetik qimmati quyidagiga teng bo’ladi:
1231,6 + 478,1 + 769,5 = 2479,2 kj



Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling