O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti


Download 379.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana09.05.2020
Hajmi379.49 Kb.
#104497
1   2   3
Bog'liq
ijtimoiy oila pedagogikasi (1)


G.Kirshenshteynerning  pedagogik  nazariyasi  maktablarni  bolalarning  sust 

qabul  qilinishidan  faol  harakatdagi  ehtiyojlarini  amalga  oshirishga,  ijodga  ko’ra 



isloh  qilish  g’oyasiga  asoslanadi.  Kirshenshteyner  ijtimoiy  pedagogik  tizimining 

asosiy  tamoyillari-bolalarni  jamiyatda  har  tomonlama  tayyorlash  uchun  mehnat 

maktablarini  yaratish,  hamkorlik  malakalarini  rivojlantirish,  davlat  manfaatiga 

xizmat qiluvchi bolalarning fuqarolik tarbiyasidir.  



Jon  Dyui  pragmatik  pedagogika  asoschisi  hisoblanadi.  Uning  oliy 

qadriyatlari  amaliy  natija,  biznesda  muvaffaqiyatga  erishish  hisoblanadi.  Bu 

pedagogning  xizmati  shundaki,  u  maktab  bilan  hayotning  aloqasi,  ta’limning 

individuallashuvi kabi  ijtimoiy psixologik g’oyalarga murojaat qilganidir. 



Vilgelm  Lay  “

Ґarakatlar  pedagogikasi”ni  yaratdi.  U  inson  faoliyati  va 

mavjudligining 

fiziologik 

va 

psixologik 



mexanizmlarini 

o’zida 


mujassamlashtiruvchi  biologik  reaksiya  tamoyiliga  tayangan.  U  tarbiyaning 

biologik tomonini-tug’ma reflekslar, sezgi, reaksiyalar, ularning bolalar o’yinlarida 

paydo bo’lishini va  ijtimoiyogik tarbiyachining reaksiyalarga ta’sirini ko’rsatgan.  

Hozirgacha  turli  davlat  olimlari  o’rtasida  ijtimoiy  pedagogikaning  boshqa 

pedagogik  fanlari  orasidagi  o’rni  borasida  –bu  mustaqil  fan  bo’la  oladimi  yoki 

faqatgina yosh guruhlarini o’rganish bilan cheklanadigan pedagogikaning mustaqil 

bir sohasi bo’lib qolaveradimi, degan masaladabahs-munazara davometmoqda. 

Bu  bahslar,  yangi  fan  tushunchasining  shakllanmaganligi  ijtimoiy 

pedagogika  mohiyatini  inkor  etuvchi  ba’zi  pedagoglar  nazariyalarida  paydo 

bo’lgan. Masalan G.Noll va G.Boymer (20-30 y)  ijtimoiy pedagogikani bolalarga 

yordam  berish  va  voyaga  yetmaganlar  huquqbuzarliklarining  profilaktikasi  deb 

tushunishgan. 

 Ijtimoiy pedagogikaning  mohiyatini nemis olimi Paul Natori (XX asrning 

20-  yillari)  umuman  boshqacha  ta’riflangan.  U  ijtimoiy  pedagogik  jamiyatning 

tarbiyaviy kuchlarining yaqinlashtirish muammosini xalqning madaniy va axloqiy 

darajasini  ko’tarish  maqsadida  tadqiq  etadi  deb  hisoblagan.  Bunaqa  tushunish 

yangi  davrning  buyurtmasiga  ko’proq  mos  kelgan  va  ijtimoiy  pedagogika  inson 

hayoti  davomida  tarbiyalash  haqidagi  bilim  sohasi  ekanligini  tasdiqlagan.  XX 

asrning  60-yillarida  ijtimoiy  pedagogika  huquqbuzarlik  sodir  etgan  bolalarga 

yordam berish, bolalar uyida tarbiya ishlari o’tkazish maqsadidagi  ijtimoiy tarbiya 

asosi  sifatida  ta’rif  etilaboshladi..  Ijtimoiy  pedagogika  pedagogikani  rivojlanishi 

bilan birga chet ellarda  ijtimoiy pedagogika sohasidagi mutaxassislarning kasbga 

oid  faoliyati  ham  rivojlandi.  Xususan,  XX  asrning  70-yil  Germaniyada  oliy 

ma’lumotli pedagoglar tayyorlana boshlandi. 

XX  asrning50-yillariga  kelib  ijtimoiy  pedagogika  muammolarining  global 

darajaga  yetganiga  BMT  Bosh  Assambleyasi  tomonidan  20.11.1959  yil  va 

20.11.1989 yilda bola huquqlari deklarasiyasini qabul qilinganligi guvohlik beradi. 

Unda  aloxida  e’tibor  yetimlarning  ijtimoiy  himoyasiga,  ko’p  bolali  oilalar,  kam 

ta’minlangan oilalar bolalariga  ijtimoiy yordam ko’rsatishga qaratilgan. 

Bizning  respublikamizda  ijtimoiy  pedagogika  an’ana  va  tamoyillarini 

tiklanishi  murakkab  sharoitlarda  amalga  oshmoqda;  davlat  ta’lim  standartlari, 

mutaxassisliklar, darsliklar, o’quv rejalari va dasturlarning yetishmasligi,  ijtimoiy 

muxofazaning davlat   siyosati darajasiga ko’tarilishi chet el mutaxassislari  bilan 

yaqin  hamkorlik  asosida  bo’lish  kerak.  Chunki  Germaniya,  Angliya,  AQShlarda 

boy  ijtimoiy pedagogik tajriba mavjud. 


 

Nazorat savollar: 

1. 


Xorijda  Ijtimoiy  pedagogika  taraqqiyotining  asosiy  bosqichlarini 

sanab o’ting? 

2. 

Ikkinchi bosqichning qisqa ta’rifini bering? 



3. 

“  Ijtimoiy  pedagogika”  atamasi  kim  tomonidan  va  qachon  fanga 

kiritilgan? 

4. 


Nima  sababdan  XX  asrda  ijtimoiy  pedagogika  fani  va  faoliyatiga 

ijtimoiy talab kuchaydi? 

5. 

XX asr  ijtimoiy pedagogika  vakillarining qarashlarini ochib bering? 



 

Adabiyotlar: 

1.   Ijtimoiy pedagogika. M.A.Galoguzova taxriri ostida-M.2003. 

2.   Ijtimoiy pedagogika. A.V.Mudrik-M.2003. 

3.   Ijtimoiy pedagogika. V.T.Boncharova-M.1994. 

4.  Bola va jamiyat. I.S.Kon-M.1998. 

5.  Xorijda  ijtimoiy pedagogika va  ijtimoiy faoliyat I nashr-M.1991. 

 

2.MAVZU: O’ZBEKISTONDA  IJTIMOIY PEDAGOGIKANING 



RIVOJLANISHI 

 

Dars o’quv maqsadi: Ijtimoiy pyedagogika fani, uning maksadi vazifalari 

va bo`lg`usi pyedagogning kasbiy shakllanishidagi urni bilan tanishtirish 



Tayanch so’z va iboralar: ijtimoiy tuzum,fukarolik jamiyati,ijtimoiy 

pyedagogik karash, global maksad. 



Asosiy savollar:  

1. Ijtimoiy pyedagogika fani xakida tushuncha. fanining maksad vazifalari, 

pryedmyeti 

2.O’rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g’oyalari 

3.  XI-XIX asr ma’rifatparvar shoirlari va olimlarining ijtimoiy pedagogik 

qarashlari 

 

Asosiy o’quv matyeriali qisqacha bayoni 

Mustaqil ijodiy ish: Ijtimoiy pyedagogika faniga doir adabiyotlar 

bibliografiyasini tuzing, gazyeta va jurnalllardan ilmiy maqolalar to`plab boring. 

 Ijtimoiy pyedagogika fan sifatida insonlarning,  davlat va jamiyatimizning 

ilmiy tafakkur faoliyatini aks ettiradi.  Ijtimoiy fan sifatida har qanday pyedagogik 

bilimlarni tashqi jamiyat taraqqiyoti bilan bog`lashga yordam beradi. Ijtimoiy 

pyedagogika fan sifatida o`z obyektiga ega bo`lib, unda inson va  ijtimoiy ong 

o`rganiladi.  Ushbu fanning pryedmyeti Shaxs va ijtimoiy ongning o`zaro tasir 

qonuniyatlari yoritiladi. Bunda turli xil fanlar bilan chambarchas bog`lanadi. 

Aynan ijtimoiy pyedagogika shu jixati bilan boshka fanlardan fark kilib, uziga xos 

xususiyatini namoyen kiladi.  

Ijtimoiy pyedagogika faning maksadi shaxs va ijtimoiy ongning uzaro 

tasirini ijtimoiy pyedagogik jixatdan asoslash, ijtimoiy muxit va ijtimoiy 


munosobatlarning mushtarakligini ilmiy pyedagogik jixatdan asoslash.     Ushbu 

maksadga erishishni ijtimoiy pyedagogika kuyidagi funktsiyalar orkali taminlaydi:  

analitik funktsiya,(vokyealikni analiz sintyez kilish) sharxlovchi funktsiya, 

tashxislovchi funktsiya, tavsiya etuvchi funktsiya, malumot beruvchi funktsiya. 

   Bu funktsiyalarning barchasi tadkikotchilik xaraktyeri guruxiga mansub.  

   Ijtimoiy pyedagogika fanining vazifasi kuyidagi  3 guruxni uz ichiga oladi: 

   1 gurux-  ijtimoiy pyedagogik faoliyatni amaliy jixatdan tadkik kilish, 

ijtimoiy ong shakllanishining konuniyatlarini urganish, unga bulgan munosabat, 

ijtimoiy pyedagogik faoliyat, karama karshilik, yunalishlarni aniklash va 

muammolarni xal etish. 

   2-gurux-uz tadkikotchilik yunalishining myetodologik, ilmiy nazariy va 

ilmiy uslubiy asoslarini ishlab chikish, ijtimoiy pyedagogika fanining obyektini 

byelgilash. 

   3gurux-  ijtimoiy jamiyat uchun pyedagogik kadrlarni davr talabi asosida 

tayyorlash. 

   Ijtimoiy pyedagogika fani kuplab ijtimoiy gumanitar fanlar bilan 

chambarchas boglangan. Bunda falsafa, siyosatshunoslik, ijtimoiy 

psixologiya,huquqshunoslik, tarix, dialyektika kabi fanlarga tayanadi.  

   Ijtimoiy pyedagogika fani bo`lg`usi pyedagog kadrlarning jamiyat 

taraqqiyoti,uning iqtisodiy, siyosiy, manaviy, mafkuraviy yo`nalishi, iqtisodiyot, 

davlat tuzumi, qonun ustivorligi,uzluksiz talim,komil inson tarbiyasi, mafkuraviy 

tarbiya ularning o`zaro mushtarakligi asosida yaxlit tushuncha, unda talim 

tarbiyaning dapvr talabi asosida vujudga kyelgan maqsad vazifalarni, talim 

mazmunini amalga oshirishga qaratilgan. Bunda ijtimoiy  pyedagogika bo`lg`usi 

pyedagog kadrlardan iqtisodiy, siyosiy, manaviyat, falsafa, sotsiologiya fanlari 

bilan chuqur tanishib borishni takidlaydi. Ular zaminida pyedagogik faoliyatning 

jamiyat taraqqiyotidagi mohiyati, shaxs ijtimoiylashuvining rolini anglaydi.  Bu 

o`rinda davlat mye'yoriy hujjatlari, qonunlar, farmonlar, Pryezidyent I.A.Karimov 

asarlari, uzluksiz talim tizimi, zamonaviy talim mazmunini byelgilovchi davlat 

talim standart asosida byelgilangan talablar, talim to`g`risida qonun, O`zbyekiston 

Ryespublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi,O`zbyekiston Ryespublikasi 

Konstitutsiyasi, Umumiy o`rta talim kontsyeptsiyami va Nizomlari asosida davlat 

organlarining islohotchilik faoliyati bilan tanishib boradilar. 

   Ryespublikamizda islohotlarni amalga oshirishda asoslanuvchi 

Pryezidyentimiz I.A.Karimov tomonidan ilgari  surgan byesh tamoyil: 

 

iqtisodiyotning siyosatdan ustivorligi; davlat bosh islohotchi; qonun ustivorligi; 



kuchli ijtimoiy siyosat; dozor iqtisodiyotiga bosqichma bosqich o`tish zaminida 

barpo etilayetgan jamiyatimiz haqida aniq, yahlit ijtimoiy tasavvurlarni 

shakllantirish ijtimoiy pyedagogika fanining asosiy yo`nalishlaridan biridir. Bu 

o`rinda Pryezidyentimiz I.A.Karimovning «O`zbyekistonning o`z istiqlol 

taraqqiyot yo`li», «Barkamol avlod O`zbyekiston taraqqiyotining poydyevori», 

«O`zbyekiston buyuk kyelajak sari», «O`zbyekiston XXI asrga intilmoqda» kabi 

asarlaridan asosiy manba sifatida foydalaniladi.   Binobarin, har bir pyedagog o`z 

davrining ijtimoiy yo`nalishini aniq tasavvur etmay turib, uning aktiv 



faoliyati,pyedagogik maqsad vazifalarni, kasbiy burch, masuliyatni his etish 

hususiyati shakllanmaydi hamda talim yo`nalishini anglay olmayd 

Aynan, ijtimoiy qarashlar asosida zamonaviy talim mazmuning asosini 

tashkil etuvchi DTSning tub mohiyatini, uning shaxs tafakkurini, dunyoqarashini 

shakllantirishdagi rolini anglab yetadi, DTS talablari asosida talim jarayonini 

tashkil etadi.. 

Bo`lg`usi pyedagog ijtimoiy pyedagogika fani orqali talim jaroayenini YaPT 

asosida tashkil etish ijtimoiy talablaridan biri ekanligini, mustaqil fikrlovchi erkin 

shaxs tarbiyasida uning asosiy omil ekanligini anglaydi. Ijtimoiy pyedagogika davr 

talabi asosida  o`quvchi shaxsiga bo`lgan dyemokratik ,gumanistik munosobatda 

bo`lish va uning ijtimoiy ahamiyatini, yani fuqarolik jamiyatida qonun ustivorligi, 

shaxs suvyeryenityetligi, o`quvchi shaxsiga bo`lgan dyemokratik, gumanistik 

munosobatlarning ijtimoiy ahamiyatini yeritib beradi. Ijtimoiy pyedagogik 

qarashlar asosida talaba pyedagoglik kasbining jamiyatdagi  ijtimoiy rolini chuqur 

anglaydi, o`zini yangi avlod tarbiyachisi sifatida to`laqonli ravishda his etadi. 

 

Ijtimoiy pedagogika  fan sifatida respublikamiz mustaqillikni qo’lga 



kiritgandan so’ng o’qitila boshlagan bo’lsa-da,   ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy 

faoliyat-  ijtimoiy ximoya ko’rinishida  qadimiy ildizlarga ega. Ilk diniy-falsafiy 

(Avesto) va adabiy (Alpomish, Go’ro’g’li) manbalarda biz insonning ijtimoiy 

kelib chiqishi nuqtai nazaridan pedagogik qarashlarning aks etishini ko’ramiz. 

Keyinchalik VI-VII asrlarda Markaziy Osiyo hududida islom dinining tarqalishi 

yangi ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni olib keldi va ular mintaqada oila va 

jamiyat tarbiyasi tizimiga ta’sir ko’rsatdi. Markaziy Osiyoning arab halifaligi 

tarkibiga kirishi madaniy almashuv, fikr va  qarashlarning erkin kurashi, o’zaro 

munosabatlarning shakllanishiga olib keldi. Moddiy barqarorlik va ishlab 

chiqarish hamda savdo rivoji ehtiyojlariga asoslangan yangi ijtimoiy-iqtisodiy 

holat ma’naviy va madaniy hayotning yuksalishiga, dunyoviy ilm va fanlarning 

gullab-yashnashiga, fors, arab, qadimgi yunon madaniyati yutuqlarini 

o’zlashtirishga yordam berdi. 

O’rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g’oyalari.  Ijtimoiy 

pedagogik g’oyalar va nazariyalarning shakllanishida Sharq uyg’onishi davri 

olimlarining asarlari beqiyos o’ringa ega. Ular faoliyatining mohiyati shuki avval 

mavjud bo’lgan o’sha davrni ijtimoiylashtirish usullari ilmiy asoslangan tizimi  

asosida to’planganligidadir. Yetuk olimlarning faoliyat xarakteri-ilm bilan 

mashg’ul bo’lish  ijtimoiy pedagogik qarashlarning mazmuniga o’z ta’sirini 

ko’rsatdi.  

Buyuk olim Al-Xorazmiy  (783-850 y)ning asarlari yorqin didaktik 

xarakterga egadir. U savol-javob metodi orqali bilimlar qulgakiritilishini, bu 

jarayonda shaxs boshqalar bilan munosabatlarga kiritilishini, jamiyatning 

faola’zosiga aylanishini ta’kidlagan. 

Al-Xorazmiy-Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek-kabi olimlar  o’z ilmiy 

va pedagogik faoliyatlarida rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi va ta’lim beruvchi ta’sir 

kuchlarini o’sib kelayotgan avlodga qaratish g’oyasini tushunishgan va buni tadbiq 

etishgan. Bu avvalambor ular ta’limning maqsadi hayotga tayyorlash, axloqiy 



norma va qoidalar, kasbiy malakalar va chuqur bilimlarga ega bo’lishida deb 

bilganliklarida namoyon bo’lgan.  

Buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy (973-1050 y) ta’lim jarayoniga 

qo’llaniladigan ilmiy usullarni ishlab chiqqan. U shuningdek ta’lim tamoyillarini 

ham tasniflagan. Uning pedagogik qarashlarining ijtimoiy yo’naltirilishi u axloqni  

ijtimoiy xususiyatlar va hissiyotlarning ifodasi sifatida tushunganligida o’z 

ifodasini topgan. Olimning tarbiya, shaxsning shakllanishida va jamiyatdagi 

amaliy hayot uchun ilm va mehnatning ahamiyati haqidagi g’oyalari hozirgacha 

muhimligini saqlab qolgan. 

Buyuq qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (980-1037 y) o’z davrining barcha 

bilim sohalarini qamrab oluvchi katta ilmiy meros qoldirgan. Uning barcha 

asarlarida pedagogik qarashlar mavjud. Biz  uning bilim, iroda va insonning 

rivojlanish jarayonidagi maqsadga intiluvchanligi, atrof muhit ta’siri, axloqiy va 

mehnat tarbiyasi, muomala san’ati, bolalarni jamoada o’qitish haqidagi g’oyalari 

muhim hisoblanadi.  

Forobiy, ibn Sino, Beruniy ta’lim muammolari bo’yicha bir xil fikrlar 

bildirgan va insonning jamiyatga sermahsul xizmat qilishi uchun o’z aqliy, 

jismoniy, axloqiy, estetik va mehnat qobiliyatlaridan samarali foydalanish 

imkonini beruvchi ta’lim vazifasini ajratib ko’rsatganlar. Ta’limning 

rivojlatiruvchi vazifasini  amalga oshirish maqsadida ular quyidagi didaktik 

tamoyillardan foydalanishni maslahat berganlar: 

-asta-sekin tushunchalarning murakkablashuvi; 

-amaliyotni tajriba bilan bog’lash; 

-qabul qila olishlik; 

-ko’rgazmalilik. 

Ibn Sinoning fikricha ijtimoiylashtirish ko’nikmalari jamoa bo’lib o’qitish 

shaklida yaxshi shakllanadi. Buning uchun u quyidagilarga asoslanishi lozim: 

1. 


Ta’lim oluvchilar, o’qituvchi va o’quvchilar orasida tajriba, bilim, 

ma’naviy va axloqiy qadriyatlar almashinuvini tashkil qilish. 

2. 

Musobaqalashuv elementidan foydalanish. 



3. 

O’quvchining ijtimoiy axloqiy xususiyatlarini-muomala, o’zaro 

tushunish, o’zaro yordam, do’stlik hissini rivojlantirish. 

Buyuk olimlarning pedagogik qarashlari va faoliyatlarining  ijtimoiy 

pedagogik yo’naltirilganligi, ularning avvalambor hayotga har tomonlama 

tayyorlash hisoblangan ta’lim maqsadini sharhlashlarida o’z ifodasini topgan. 

Shaxsning jamiyatda o’z o’rnini belgilab olishini ta’minlab beruvchi eng muhim 

xususiyatlar deb, ular mehribonlik, yaqinlarga yordam, g’urur, vijdon, yaxshi 

niyatlilik, sabrni bilishgan. O’quvchilarning har tomonlama intellektual va mehnat 

tayyorgarliklariga katta e’tibor qaratib, Forobiy va ibn Sino yoshlarning jamiyatga 

“kirish”larining eng muhim omillari sifatida, faollik, mustaqil tashabbuskorlik, 

intiluvchanlik, qiziquvchanlik, ijodiy qobiliyatni hisoblashgan. 

Ijtimoiy tarbiyada o’qituvchiga yetakchi o’rin ajratib, Forobiy uning 

faoliyatini, jamiyatning kelajagi unga bog’liq bo’lgan hukmdor faoliyatiga 

qiyoslaydi. Forobiy ham ibn Sino kabi pedagog o’quvchilarning bilimlarini 

hayotga tadbiq etishlariga e’tibor berish lozimligiga ishora qilgan. 



Qomusiy olimlar shaxsiy namunaga nihoyatda katta e’tibor berishgan hamda 

o’zlari ham intiluvchanlik, yuqori ijtimoiy mavqye’ga erishganlik namunasi bo’lib 

xizmat qilishgan. Forobiy  nihoyatda  mehnatsevar,  irodali,  kamtar,  sodda  bo’lgan 

va doim yordamga intilgan. Forobiyning o’quvchilarning individual psixologik va 

aqliy  xususiyatlariga  mos  tushuvchi  ta’limni  usuli,  kasb  tanlash  muhimligi 

haqidagi fikrlari hozir ham katta ahamiyatga ega.       

¤rta  Osiyo  olimlari  tomonidan  tarbiya  va  ta’limning  ijtimoiy  o’rnini 

tushunishlari  shunda  namoyon  bo’ldiki,  ular  ijtimoiylashuvining  mikroomillar-

muhit,  oila,  o’quvchilar  guruhiga  e’tibor  karatganlar  va  ota-onalar,  pedagog  va 

o’quvchining harakatlarini mujassamlashtirishni  maslahat berganlar. 

Shunday qilib, o’rta asr olimlari  ijtimoiy pedagogik yo’naltirilganlikga ega 

katta pedagogik meros qoldirganlar. Ularning ilmiy pedagogik asarlari zamonaviy  

ijtimoiy pedagogika ilmining rivojlantirish uchun muhim manba hisoblanadi. 

XI-XIX asr ma’rifatparvar shoirlari va olimlarining ijtimoiy pedagogik 

qarashlari 

Farobiy,  Ibn  Sinolarning  falsafiy  va  pedagogik  konsepsiyalari  keyingi 

davrlarning yetakchi ta’limotlarini rivojlantirish uchun asos bo’lib xizmat qilgan. 

XI-XII asr Markaziy Osiyo ma’rifatparvar olimlari turli fanlar, shu jumladan 

pedagogikaning  rivojiga  katta  hissa  qo’shishdi.  Yusuf  Xos  Xojib,  Burxoniddin 

Zarnujiy  va  Ahmad  Yugnakiylar  bolalarning  jamiyatda  o’z  o’rnini  topib  olishi 

uchun  bilimning,  ota-onaning,  oilasining  o’rniga  e’tibor  qaratishgan.  Ular 

tarbiyaning  asosiy  maqsadi  deb  yaxshi  odam  qilib  tarbiyalash,  unga  yetishish 

vositasi deb esa qattiqqo’llik, doimiy mehnatga o’rgatish deb bilishgan. 

Zarnujiyning  Yusuf  Xos  Xojibning  “Qutadg’u  bilig”  asari  ¤rta  Osiyoda 

“Ta’limda  o’quvchiga  pandlar”  kitobi  Markaziy  Osiyoda  pedagogikadan  birinchi 

kitob hisoblanadi? 

Tarbiyaning ijtimoiy xarakteri haqidagi g’oyalar Alisher Navoiyning she’riy 

merosida  nihoyatda  aniq  ifodasini  topgan.  Shoirning  pedagogik  qarashlari 

insonparvar  xarakterga  ega.  Inson  egallashi  lozim  bo’lgan  barcha  bilim  va  kasb-

xunarlar u tomonidan Vatan foydasi uchun qo’llanilishi kerak.  

XVIII-XIX  asrning  ma’rifatparvar  shoirlari  Munis  Xorazmiy  (1778-1829), 

Muhammad  Ogahiy  (1809-1874), Ubaydulla  Zavqiy  (1853-1921) birinchi o’ringa 

keng  ommaning  ma’rifatli  kilish  va  ta’lim  masalalarini  kuyishgan.  Ta’limning 

asosiy  vazifasi  ular  axloqiy  mukammallashuvida  va  mehnatga  o’rgatishda  deb 

bilishgan. 

Saidahmad  Siddiqiyning  (1864-1927)  qarashlari  o’zoqni  ko’ra  olishlik  va 

zakovati  bilan  ajralib  turgan.  Dehqon  oilasidan  chiqqan  pedagog,  demokrat  shoir 

o’z  qishlog’i  hovlisida  dehqon  va  xunarmandlar  uchun  ilk  maktabni  ochgan, 

kattalar uchun maktab tuzgan, 1914 yil kitob, darslik va o’quv qo’llanmalari bilan 

savdo  qiluvchi  do’kon  ochgan.  Keyinchalik  Siddiqiy  yana  bir  nechta  qishloq 

maktablari  ochgan  va  ularda  o’zbek,  tojik,  rus  bolalariga  ta’lim-tarbiya  bergan. 

Tabiatshunoslik va geografiya darslari tabiat qo’ynida o’tkazilgan.  

     XIX-XX asr demokrat shoirlarining  ijtimoiy pedagogik qarashlari. 

     Ma’rifatparvarlik  va  demokratik  g’oyalari  XIX  asrning  oxiri-  XX  asr 

boshlarida o’z cho’qqisiga ko’tarildi. O’rta asr islom g’oyalari: so’fiylik, zohidlik, 


dogmatizm,  sxolastikaga  qarshi  chiqib  o’zbek  demokratlari  eski  sharoitlarga 

umuman  mos  kelmaydigan  ta’lim  usullari  va  tamoyillarini  ilgari  surdilar:  har 

tomonlama  (aqliy,  axloqiy,  jismoniy,  mehnat)  dunyoviy,  o’g’il  bolalar  va  qizlar 

uchun  bir  xil,  insoniylik,  demokratiya,  vatanparvarlik  ruhidagi  tarbiyani  ilgari 

surdilar va asoslab berdilar.  

O’zbekistondagi 

demokratik 

pedagogik 

g’oyaning 

taraqqiyparvar 

yo’nalishining yirik vakillaridan biri Abdulla Avloniydir (1878-1934) Sharq tillari 

va  adabiyotini  yoshligida  chuqur  o’rganib,  u  mumtoz  o’zbek  she’riyati  ta’sirida 

she’rlar  yozgan.  Uzoq  vaqt  mobaynida  Toshkent  maktablarining  birida  bolalarga 

ta’lim  bergan.  Avloniyning  o’zbek  pedagogikasiga  qo’shgan  hissasi  shuki,  u  ilk 

marta  tarbiya  oldida  ijtimoiy  vazifalarini  qo’ya  olgan.  Bu  shoir  va  pedagogning 

katta  jasorati  o’z  asarlarida  shaxsning  rivojlanishida  tarbiyaning  hal  qiluvchi 

rolining  e’tirof  etilishi  bo’ldi.  Uning  fikricha,  tarbiya  ijtimoiy  maqsadlarini 

ko’zlashi kerak. Avloniy  “yangi kishi” tushunchasini shaxsiy emas, balki ijtimoiy 

manfaatlardan  kelib  chiquvchi  jamoat  arbobi  sifatida  ta’riflaydi.  Tarbiyaning 

muvaffaqiyati  Avloniy  fikricha  oila,  ota-onalar  va  pedagoglarning  shaxsiy 

namunaviy roli bilan belgilanadi. Eng muhim ijtimoiy xususiyat deb u mustaqillik, 

tashabbuskorlik, amaliy tajribani bilgan. 

O’zbek  ma’rifatparvarlarning  yorqin  vakili  bo’lgan  Avloniy  “to’g’ri” 

g’oyalarning  kengaytirib  va  “noto’g’ri”  g’oyalarni  bartaraf  qilibgina  yovuzlikni 

yo’qotish  mumkinligiga  ishongan.  Shuning  uchun  tarbiya  mavzusi  ma’rifat 

gazetasi bo’lmish “Shuhrat” gazetasida keng yoritilgan.  

Mustamlaka  Turkiston  sharoitlarida  matbuot  cheklangan  o’quvchilarga  ega 

bo’lgan,  chunki  aksariyat  aholi  savodsiz  bo’lishgan.  Bu  holatda  dramaturgiya 

ma’rifiy  g’oyalarni  tatbiq  qilishning  eng  samarali  usuli  bo’lgan.  Teatr  Avloniy 

uchun odamlarni tarbiyalash, birlashtirish vositasi bo’lgan. 1913 yilda Toshkentda 

Avloniy “Turon” nomli teatr truppasini tashkil qildi. Truppaning maqsad-vazifalari 

Toshkentdagi  “Turon”  dramatik  san’at  jamiyatining  nizomida  aniqlangan: 

“sahnaga  nisbatan  muhabbat  va  jiddiy  munosabat  tug’dirish,  xalq  uchun 

spektakllar tashkil qilish”. 

Bu  maqsadga  erishish  uchun  jamiyat  kechalar,  konsertlar,  spektakllar  va 

boshqa ommaviy  chiqishlarni tashkil etishga o’z  nomiga klub va  musiqa  kurslari, 

kutubxona  va  qiroatxona  tashkil  qilishga,  boshlang’ich  maktablar  ochishga, 

ta’limni  o’rta  va  oliy  o’quv  yurtlarida  davom  ettirish  uchun  stipendiyalar  ta’sis 

etish  huquqiga  ega  bo’lgan.  Shuningdek,  u  mavjud  hayriya  va  ta’lim 

muassasalariga moddiy yordam ko’rsatishi mumkin

1



Avloniyning  ma’rifiy  g’oyalari  nafaqat  ijodda  ilgari  surgan.  U  tomonidan 



1908 yilda kambag’allar uchun maktab ochilgan va u yerda ona tilini o’qitishning 

yangi  usullari  qo’llanilgan.  Pedagogik  faoliyat  bilan  sermahsul  shug’ullanishni 

kanda  qilmay  u  darslik  va  qo’llanmalar  yoza  boshlagan.  O’z  vaqtida  uning 

“Birinchi  muallim”, “Ikkinchi  muallim”, “Turkiy  guliston  yoxud  axloq”  darsligi 

mashhur edi.  

                                                 

1

 

А. Бобохонов. Хамзанинг ижтимоий педагогик ва адабий фаолияти. Т.:Ы=итувчи. 1979 й. 15 б. 



Avloniydan  so’ng  ma’rifatning  va  dunyoviy  bilimlarning  faol  targ’ibchisi 

Miskin  edi.  Miskinning  ta’lim  va  ma’rifiy  qarashlari  ijtimoiy-siyosiy  mohiyatga 

ega  edi  va  o’zbek  ilg’or  pedagogik  g’oyalarining  rivojiga  katta  hissa  qo’shgan. 

Insonni  reallikdan  ajratib  oluvchi  va  uni  shukronalik  ruhida  tarbiyalovchi  hukm 

surgan  musulmon  pedagogikasiga  qarshi  Miskin  ta’lim  jarayonini  yosh  avlodni 

xalqqa  xizmat  qilish  uchun  tarbiyalash  deb  tushungan  va  o’z  qarashini 

rivojlantirgan.  Miskin  va  boshqa  o’zbek  ma’rifatparvarlarining  intilishlari 

tarbiyaning  ijtimoiy  jihatini  oshirishga,  ijtimoiy  tarbiyani  kengaytirishga, 

insonning  turli  ijtimoiy  munosabatlarga  kirishi,  boshqa  davlatlar  va  xalqlar 

hayotini  o’rganishga  qaratilgan  edi.  Biroq  bu  ijtimoiy  xususiyatlar  bilan  birga 

o’zbek  ma’rifatparvarlari  XIX  asr ikkinchi  yarmida  o’z  qarashlarining  ketma-ket 

emasligi,  ularning  feodal-mustamlaka  tuzumga  qarshi  kurashdagi  ojizliklarini 

keltirib chiqaruvchi mustahkam siyosiy dasturning yo’qligi bilan ajralib turardilar. 

Biroq  ularning  dunyoqarashining  cheklanganligi  va  qarama-qarshiligiga  qaramay 

ular O’zbekistonda ilg’or g’oyaning rivojiga o’z hissalarini qo’shishdi. 

XX  asr  boshidagi  o’zbek  pedagogik  g’oyasida  3  asosiy  yo’nalishni  ajratsa 

bo’ladi: 

1) 


ko’proq hukmronlik qiluvchi o’rta asr feodal klerikal yo’nalishi; 

2) 


paydo bo’layotgan  milliy  burjua  yo’nalishi  (jadidlik). Uning vakillari 

bu  davrda  feodal  klerikal  maktabiga  qarshi  chiqib  o’zlarining  “usuli  jadid” 

pedagogik talablarini ilgari surish; 

3) 


demokratik taraqqiyparvar yo’nalish. Demokratik pedagogika o’rta asr 

maktabini  va  tarbiyasini  tanqid  qilgan  va  inkor  etgan  hamda  unga  qarshi  yangi, 

ilg’or g’oyalarni ilgari surgan. 

XX  asr  boshida  O’zbekistonda demokratik  pedagogikaning  eng  yirik vakili 

Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) edi. Hamza XX asr boshida o’zbek xalqi 

madaniy  hayoti  va  ma’rifiy  harakatining  eng  yirik  namoyandasi  edi.  Uning  nomi 

bilan  O’zbekiston  tarixining  butun  bir  davri  bog’liq.  O’z  asarlarida  o’zbek  xalqi 

pedagogik  g’oyasi  rivojining  eng  yaxshi  yutuqlarini  jamlab  hamda  Rossiya 

ijtimoiy  ma’rifiy  g’oyalariga  tayanib  u  ta’lim  tarbiyaning  eng  global 

muammolarini ko’tara oldi. 

Qo’qonda  ozod  milliy  maktabning  yaratilishi,  keyinroq  esa  Farg’ona, 

Marg’ilon va Toshkentda shunday maktablarning yaratilishi bu ajoyib pedagog va 

jamoat  arbobining  jasoratli  qadami  bo’ldi.  Bu  maktablarda  ta’lim-tarbiya 

ishlarining  yo’lga  qo’yilishi  shaxsning  har  tomonlama  rivojlanishi  va  ijtimoiy 

faallashuvi  uchun  sharoitlar  yaratishga  yo’naltirilgan  edi.  Hamzaning  pedagogik 

ishlarining  ijtimoiy  xarakteri  tarbiyaning  barcha  mashhur  turlari  (estetik,  aqliy, 

jismoniy,  axloqiy,  mehnat),  muomala  va  atrofdagilar  bilan  o’zaro  munosabat 

malakalarini  rivojlantirish,  tarbiyalanuvchilarning  turli  hayotiy,  madaniy  va  aqliy 

taassurotlarini olishlari uchun imkoniyatlar yaratishga asoslanadi. 

1911  yilda  Hamza  o’zining  yangi  usul  maktabini  ochdi  va  unda  o’quv 

jarayoni  tashkil  qilishni  tubdan  isloh  qildi.  Biroq  uning  pedagogik  faoliyatidagi 

eng asosiy hodisa 1914 yilda yetimlar va kam ta’minlangan bolalar uchun “Dorul 

ojizin”  nomli  maktabning  ochilishi  bo’ldi.  Unda  bolalar  bepul  o’qitilgan  hamda 

kitob,  daftar,  qalam  va  boshqa  yozuv  qurollari  bilan  ta’minlanganlar.  Biroq 



Hamzaning maktablarni isloh qilish va demokratiyalashtirishga harakati musulmon 

ruhoniylari  va  chor  hukumatining  keskin  noroziligiga  sabab  bo’ldi.  Buning 

oqibatida “Dorul ojizin” yopildi va Hamza chor polisiyasi nazoratiga olindi. 

Hamzaning  ta’lim  mohiyatiga,  ommaning  ozodlikka  erishishi  uchun  asosiy 

qurol,  faol,  ijodiy  shaxsning  tarbiyalash  vositasiga  nisbatan  bo’lganidek,  uning 

qarashlari  o’zbek  ilg’or  pedagogik  g’oyasining  rivojlanishida  katta  qadam  edi. 

Insonni  reallikdan  ajratuvchi  va  uni  shukronalikruhida  tarbiyalovchi  hukmron 

sxolastik  musulmon  pedagogikadan  farqli  o’laroq  Hamza  Hakimzoda  ta’lim 

mohiyatiga  yangi  qarashlarni  kiritgan.  Ta’lim  jarayonini  yosh  avlodni  xalqqa 

xizmat  qilish  ruhida  tarbiyalash  deb  tushunardi.  Shoir  tarbiyaning  asosiy  vazifasi  

yoshlarni  jamoat  faoliyatiga  tayorlash  deb  bilgan.  Hamza  yoshlar  o’z  vatani  va 

xalqi oldidagi ma’suliyatlarini tushunish kerakligini ko’p marta ta’kidlagan. 

Tarbiyaga  eng  katta  ta’sir  qiluvchi  omillarga  Hamza  muhit  va  oilani 

kiritgan.  Go’dakning  kelajagi,  uning  hislarining  rivoji  va  boshqa  ijtimoiy 

psixologik  vazifalar  uni  o’rab  turuvchi  atrof  muhit,  uning  hayotining  xarakteriga 

bog’liqdir.  Oilaning  jamoat  tarbiyasidagi  o’rni  bola  hamda  hayotning  o’zaro 

munosabatiga ko’proq e’tibor qaratishdan iborat. Hamza onaga alohida rol ajratadi, 

chunki  u  bolalar  bilan  psixologik,  ruhiy  va  energetik  reja  asosida  eng  ko’p 

bog’langan  shaxsdir.  U  bolalarni  e’tiborsiz  yoki  noto’g’ri  tarbiyalaydigan  ota-

onalarni  qoralagan.  Ta’lim  tarbiyada  tub  o’zgarishlarni  amalga  oshirish  uchun 

Hamza bir qator yangi darsliklarni o’zbek tilida yaratdi: o’zbek alifbosini o’rganish 

uchun  “Yengil  adabiyot”,  o’qish  uchun  “O’qish  kitobi”,  adabiyotdan  “Qiroat 

kitobi”.  Hamzaning  kitoblari  ta’lim  oluvchilar  tomonidan  katta  qiziqish  bilan 

o’qilgan va tez o’zlashtirilgan. Hamzaning barcha kitoblari o’zbek bolasining erkin 

o’qishi uchun qulay qilib yaratilgan. 


Download 379.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling