O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi kasbiy ta’lim fakulteti mexnat ta’limi va chizmachilik kafedrasi o’qituvchisi abdullayeva komilaning «Bolalar shapkachasini tukishni o’rgatish»


Download 3.08 Mb.
bet9/9
Sana05.11.2023
Hajmi3.08 Mb.
#1749475
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bolalar shapkachasini

Yog‘siz kefir yog‘i olingan sutdan ishlab chiqariladi: Tallinn kefiri — tarkibidagi yog‘ 1 % va yog‘siz; Mevali kefir — tarki­bidagi yog‘ mikdoriga qarab, yog‘li 1; 2,5; va 3% (normallashti-rilgan sutdan, hо‘l meva va rezavor meva sharbati qо‘shib tayyor-lanadi) va yog‘siz; Detskiy kefir chaqaloqlarni sun’iy emizishga va aralash (sun’iy va tabiiy) emizishga mо‘ljallangan bо‘­ladi. Buning oddiy kefirdan farqi shundaki, uni yuqrri sifat-li xom ashyodan( 90—95SS gacha bо‘lgan haroratda 20 min. mo-baynida qizdirilgan sutdan) ishlanadi. Tarkibidagi yog‘i—3,2%, kislotaliligi—80—100°T.
Kefirning kislotaliligi 85—120°T ni, tarkibidagi spirt 0,2—0,6% ni tashkil etadi. Kefir 0,2; 0,5 va 1,0 l bо‘lgan shisha butilkalarga yoki maxsus paketlarga joylanadi. Uni texnolo-gik jarayon tugagan paytdan boshlab 8°S dan oshmagan haroratda kupi bilan 36 soat saqlanadi.
Qimiz. Bu biya sutidan yoki yog‘i olingan sigir sutidan olin­gan ichimlik. Kefir singari bu ham spirtli va sut kislotali bijg‘ish mahsuli bо‘lib, tarkibida antibiotiklar va V, S vita-minlari borligi uchun shifobahsh ahamiyatlidir. Uni sil, jigar, buyrak, oshqrzon-ichak kasalliklari bor kishilarga tavsiya etiladi. Biya sutidan tayyorlangan qimiz sigir sutidan tayyor-langan qimizga nisbatan S vitaminga uch baravar boy bо‘ladi.
Pishib yetilishiga kо‘ra qimiz tarkibida spirt 1% gacha va kislotaliligi 70—80°T bо‘lgan kuchsiz (bir kunlik), spirt» 1,75% gacha va kislotaliligi 81—100°T bо‘lgan о‘rtacha kuchli (ikki kunlik), spirti 2,5% gacha va kislotaliligi 101—120°T bо‘lgan kuchli (uch kunlik) bо‘ladi.
Yogurt. Bu yog‘i olingan sutdagi quruq moddalari kо‘p bо‘lgan qatiqli ichimlik. Boshqa qatiqli ichimliklarga nisbatan tо‘la qimmatli oqsillar tarkibida kо‘proq bо‘lgani uchun, u ayniqsa qimmatlidir. yogurt olish uchun sof sut va yog‘i olingan sut ish-latib, unga quruq sut, qaymoq, hо‘l mevali-rezavor mevali shar­bat qо‘shiladi.
- Qо‘shilgan qо‘shimchalariga qarab tarkibida 1,5; 3,2; 6,0% yog‘i bо‘lgan shirin va hо‘l mevali-rezavor mevali yogurt chiqariladi. yogurtning energetik qimmati juda yuksak va ta’m sifatlari juda yaxshi bо‘ladi. yogurtning tashqi kо‘rinishi qaymoqqa о‘x-shab ketadigan bir jinsli suyuqlik. Ta’mi va hidi — sof, qa­tiqsimon, begona ta’m va hid aralashmagan; shirin yogurtda shirinlik mazasi yaxshi sezilib turadi, mevali yogurtda esa qо‘­shilgan sharbatning ta’mi va xushbо‘yligi kelib turadi. Yogurt­ning rangi — sutday oq, mevali yogurtning rangi qо‘shilgan sharbatning rangiga о‘xshaydi. Tarkibidagi qand shirin yogurtda 5%, mevali yogurtda esa kamida 6% bо‘lishi kerak; kislotali­lik—80—140°T. Iogurtni 200 g li butilkalarga solinadi.
Download 3.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling