O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti nazarov xusanbek avazbek o‘G‘LI


Download 4.26 Mb.
bet5/33
Sana20.10.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1712603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Диссертация Хусан Назаров nusxa

Mavzuning dolzarbligi. Telekommunikatsiya bozorida keyingi yillarda turli xizmatlarni sifatli ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan multiservisli aloqa tarmoqlarining rivojlanishi sezilarli an’anaga aylanib bormoqda. Multiservisli tarmoqlarining xizmatlari birinchi navbatda biznesni tezkor rivojlantirish, xarajatlarni optimallashtirish, biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish, boshqarishging zamonaviy usullari va axborot xavsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan kompaniyalar ga mo‘ljallangan. Bunda multiservisli tarmoqlar xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish uchun, vaziyatga qarab, ularni tezkor boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lish kerak. Shu nuqtai nazardan, multiservisli tarmoqlar ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha ularni boshqarish, xususan, tezkor boshqarishga bag‘ishlangan ishlarni dolzarb deyish mumkin.
Ilmiy-tadqiqot ishining o‘rganganlik darajasi. Telekommunikatsiya tarmoqlari axborotlarni talab darajasida yetkazishni ta’minlash uchun uning ishlash jarayoni doimo nazoratda bo‘lishi va zaruriy ma’lum funksional uzellar ishini boshqarilishini taqozo etadi. Mavjud tarmoq resurslaridan samarali foydalanish operator oldidagi muxim vazifalardan biridir. Xozirgi vaqtda tarmoqlarda asosan resurslarni statistik taqsimlash amalga oshiriladi. Bu trafik o‘zgarishlarida yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Tarmoq resurslarni statistik taqsimlash, uni optimallashtirish masalalari olimlardan B.Y. Sovetov, S.A. Yakovlev , Galkin V.A., Grigoryev Y.A ., Beltov A.G., Doskalov M.V., Kuleshov I.A., Fratta L., Harel D., Maler O., Cantor D.G. va boshqalarning ilmiy ishlarida ko‘rilgan. Lekin kanal resurslarini tezkor, dinamik masalalari deyarli ko‘rilmagan.
Shuning uchunbunday masalani o‘rganish, uni tadqiqlash tarmoq resurslaridan samarali foydalanish uchun zaruriy xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Ilmiy-tadqiqot ishining maqsadi. Ishning asosiy maqsadi multiservisli tarmoqlar ishlash samaradorligini oshirish uchun ularni tezkor boshqarish usullarini ishlab chiqishdir.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling