O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti nazarov xusanbek avazbek o‘G‘LI


Download 4.26 Mb.
bet4/33
Sana20.10.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1712603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Диссертация Хусан Назаров nusxa

Yakuniy xulosar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

91

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

93

Ilovalar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

95


Kirish
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha “HARAKATLAR STRATEGIYASI”da, “iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalisharida ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tuzilmasini eng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish; ... iqtisodiyot, ijtimoiy sohaga, boshqarish tizimiga informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish”[1] deb belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida “Mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda.
Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot xizmatlarini ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan:
birinchidan, telekommunikatsiya infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmagan, mamlakatning olis aholi punktlari telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanmasdan qolmoqda, mobil aloqa va Internet tarmog‘ining sifati aholi ehtiyojlarini qondirmayapti;
... beshinchidan, ko‘plab davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati va tezkorligini oshirish, byurokratik tartib-taomillarga barham berish, qog‘oz hujjat aylanishini kamaytirishga qaratilgan axborotlashtirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish loyihalarini amalga oshirish masalalariga yetarlicha e’tibor berilmayapti; [2]” yechilishi kerak bo‘lgan qator masalalar keltirib o‘tilgan
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2016 yilda ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlariga bagishlangan majlisida. 2015-2019 yillarda muandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va modernizadiyalash dasturi doirasida 9ta loyixani amalga oshirilayotganligi, keng polosali telekommunikatsiya tarmoklarini rivojlantirish bo‘yicha reja bajarilganligi. So‘nggi yillarda telekommunikatsiya tarmoklarini modernizatsiya kilish va yangi xizmatlarni joriy qilish bo‘yicha muayyan chora-tadbirlar ko‘rilayotganligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni aloqa va axborotlashtirish sohasidagi tashkilotlarning ish faoliyatini tashkillashtirish va rivojlantirishda ahamiyatli yo‘nalishlarini va asosiy maqsadlarini belgilab beradi [3].

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling