Ishchi va rezerv kommutotorning dinamik parallel ulanishi.
Parallel ulanishning dinamik yechimi 1.4-rasmda ko‘rsatilganidek, “1+1 issiq rezerv” sxemasi bilan bir xil. Ishchi va rezerv Softswitch ning parallel ulanishida tarmoq elementlarining xarakati va ishlash negizini ko‘rib chiqamiz.
Bir-birini o‘zaro quvvatlovchi Softswitch ning ikki kommutatori xar xil joyda joylashishi mumkin, ammo ular 1 ta stansiyaga qaram va ishchi/rezerv rejimida ishlashadi. Softswitch ning ishchi va rezerv kommutatorlari bir xil apparatli va dasturli konfiguratsiyaga va ma’lumotlar konfiguratsiyasiga ega. Ular xar xil tashqi IP adresiga ega. Normal vaziyatda ishchi Softswitch xamma media-shlyuzlarni boshqaradi va abonentlarga xizmatlarni taqdim etishni ta’minlaydi. Ikkilangan ma’lumotlar konfiguratsiyasi uchun:
Ishchi Softswitch da ma’lumotlar bayrog‘ini “astive home” “(ishchi)” ma’lumotlarini va ishchi Softswitch ning tashqi IP adresi xisoblangan MGC IP adresni kiritish;
Rezerv Softswitch da ma’lumotlar bayrog‘i “standy by home (“rezerv)” ma’lumotlarini, rezerv Softswitch ning IP adresi xisoblangan MGC IP adresini kiritish.
1.4-rasm. Dinamik parallel ulanishli tarmoq
Yangi stansiyani ishga kiritishda ishchi Softswitch ning kofiguratsiya ma’lumotlarini konfiguratsiyalash va sozlash, keyin esa ularni rezerv Softswitch ga nusxalash kerak. Shundan keyin rezerv Softswitch ning ma’lumotlarni konfiguratsiyasini ishlab chiqish uchun ma’lumotlar bazasining SQL servis dasturi yordamida ma’lumotlar bayrog‘i va MGC IP adresining tubdan o‘zgartirishi bajariladi. Keyingi texnik xizmat ko‘rsatishda ishchi va rezerv Softswitch ning ma’lumotlari sinxronizatsiyasi NMS tizimi orqali bajarilishi mumkin.
Real tarmoqda ishchi va rezerv Softswitch orasida monitorning liniyasi bor (1.6-rasm). Bu liniya ikkita teng xuquqli Softswitch ishining to‘g‘riligini tekshirish uchun ishlatiladi. Normal sharoitda MGC kontrolining ma’lumotlar media-shlyuzida to‘g‘ri konfiguratsiyada, ular qayd etish uchun talablarni faqat ishchi Softswitch ga yuborishadi.
Agar ishchi Softswitch nosoz bo‘lsa, rezerv Softswitch ishchi Softswitch dan nazorat signallarini ololmaydi va media shlyuzlar qayd etishni bajara olmaydilar. Shu vaqtda, agar tizimda rezervga avtomatik qayta ulanish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, rezerv Softswitch darxol ishchi bo‘lib qoladi va media shlyuzlar tezda xizmatlar boshqaruvini o‘z zimmasiga oladi. Shundan keyin media shlyuzlar qayd etish uchun talablarni rezerv Softswitch ga yuborishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |