O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti nazarov xusanbek avazbek o‘G‘LI


Umumiy yuklanishli ishchi va rezerv kommutatorlarini dinamik parallel ulanishli tarmoqni qurish


Download 4.26 Mb.
bet15/33
Sana20.10.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1712603
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
Диссертация Хусан Назаров nusxa

Umumiy yuklanishli ishchi va rezerv kommutatorlarini dinamik parallel ulanishli tarmoqni qurish.
Umumiy yuklanish ishchi va rezerv kommutatorlarini dinamik parallel ulanishli tarmoq yechimi 1.6-rasmda ko‘rsatilganidek “1+1 issiq rezervli” sxema bo‘yicha rezervlash bilan bir xil.

  • Tarmoqni qurish va umumiy yuklanishli ishchi va rezerv kommutatorlarining parallel ulanish xarakatining negizida Softswitch ning o‘zaro quvvatlovchi vazifaga ega ikkita kommutatori amalda xar xil joyda joylashishi mumkin va ular umumiy yuklanish negizi bo‘yicha ishlovchi ikkita mustaqil kommutatsiya markazi kabi xarakat qilinadi. Softswitch ning ikkita kommutator apparat qismi, dasturli ta’minot va umumiy malumotlarning nisbatan mustaqil konfiguratsiyasini ishlatishadi va xar xil tashqi IP adresiga ega. Normal sharoitda Softswitch ning ikkita kommutatori mustaqil o‘z xududlarida media shlyuzlarni (MGW) boshqaradi va abonentlarga xizmat taqdim etishadi;



1.5-rasm. Dinamik parallel ulanishli va umumiy yuklanishli tarmoq



  • Parallel sxemani malumotlarning murakkab konfiguratsiyasi. Softswitch ning biriga “Master Slave type” rejimi ko‘rsatilgan holda Master” (boshlovchi) malumotlarini kiritish kerak, MGC adresi esa birlamchi Softswitch ning tashqi IP adresi hisoblanadi, ikkinchi Softswitch ga “Master / Slave tape” rejimidagi “Slave” (ketidan boruvchi”) malumotlarni kiritish kerak, MGC adresi hisoblanadi. Ishga tushirishda ikkala Softswitch ning malumotlarini butun to‘plamini rejalashtirish, keyin esa bu malumotlarni ketma-ketlik bilan kiritish va to‘g‘rilash kerak bo‘ladi. Keyingi xizmat ko‘rsatishda malumotlar konfiguratsiyasini o‘zgartirish tarmoqni boshqarish tizimi orqali bajarish mumkin;

  • Real tizimlarda Ushbu ikkita Softswitch lar orasida monitoring signallarini uzatish liniyasi o‘rnatiladi, uning yordamida ular ishining to‘g‘riligi to‘g‘risida o‘zaro tekshiruv bajariladi. Odatda MGC ga media shlyuzlar (MGW) ma’lumotlari to‘g‘ri kiritilganda, oxirgilar qayd qilish uchun talablarini faqat birlamchi Softswitch ga jo‘natadi.

Agar Softswitch ning bittasida rad etish paydo bo‘lsa, ikkinchi Softswitch monitoring signallarini undan olmaydi, birinchi Softswitch tomonidan boshqariluvchi MGWS qayd etishni to‘xtatishadi. Agar ushbu tizim ishchi/rezerv qayta ulashni avtomatik tarzda bajarsa, boshqa Softswitch avtomatik tarzda aktivlashadi va tizimning shlyuzlarni boshqarish va xizmatlarni taqdim etishni o‘z zimmasiga oladi. Natijada MGW media shlyuzlari ushbu Softswitch ga qayd etish uchun talablar jo‘natadi.
NGN tarmog‘i elementlari ishining mustaxkamligini ta’minlovchi yuqorida ko‘rib chiqilgan usullarning qiyosiy taxlilini bajaramiz. Taqqoslashni quyidagi parametrlar bo‘yicha o‘tkazamiz.
- tarmoq ishini tashkil qilish;
- ma’lumotlarni konfiguratsiyalash va texnik xizmat ko‘rsatish;
- qayta ulash tezligi;
- tarmoq resurslarini ishlatish darajasi;
- kirish tarmog‘i uskunalarining parallel ishiga talablar;
- foydalanish darajasi;
- ishonchlilik;
Taxlil natijalari 1.1-jadvalda keltirilgan.
1.1-jadval
Multiservis tarmog‘ida ishonchlilikni ta’minlash usullarini
Taqqoslash


т/р


Кўрсаткичлар


номи

Softswitch X parallel ulashli tarmoq

Statistik

Динамик


Умумий юкланишли
динамикли

1

Тармоқ ишини ташкил қилиш

оддий

мураккаб

мураккаб

2


Маьлумотларни конфигурациялаш
ва техник хизмат кўрсатиш

оддий

оддий

мураккаб

3

Қайта улаш
тезлиги

паст

баланд

баланд

4

Кириш тармоғининг ускуналари параллел
ишига талаблар

йўқ


бор


бор


5

Фойдаланиш даражаси

паст

паст

баланд

6

Ишончлилик

паст

баланд

баланд

Multiservis tarmog‘ining elementlari ishining mastaxkamliligini ta’minlovchi ko‘rib chiqilgan usullardan quyidagicha xulosa qilish mumkin. Mustaxkamlilikni oshirish, texnik xizmat sifatini yaxshilash va tizimni ishlatish darajasini ko‘tarish uchun umumiy yuklanishdagi dinamik rejimda ishlash tavsiya etiladi.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling