1.4. MULTISERVISLI TARMOQ ISHONCHLILIGINI OSHIRISH USULLARI
Multiservisli tarmoq elementlarining ishonchliligini oshirish tizimning apparatli qismini, dasturli ta’minoti va tarmoqda elementlarni boshqarishini taminlashga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun multiservis tarmog‘i ishonchliligini oshirish usullarini ko‘rib chiqamiz.
Multiservisli tarmoq apparat qismining ishonchliligi. Softswitch dasturli kommutatori taqsimlangan tuzilishga ega, unda uning apparatli qismining mustahkamligini taminlash uchun qator choralar qabul qilingan. Ishlatiladigan platalar ishlovchi rezerv uzeli sxemasi bo‘yicha, umumiy yuklanish va rezervlash rejimida ishlaydi. Softswitch da ishlatiladigan komplektlash buyumlari tekshirilgan, puxta tanlangan va yuqori yuklanishda tekshirilgan. Apparatli qismning mustaxkamligini ta’minlash usullarini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Softswitch tizimida mustaxkamlikni ta’minlash uchun modulli konstruksiya qo‘llaniladi. Modullar vazifalari bir-biridan to‘la mustaqil va bir nechta protsessorlar tomonidan boshqariladi. Bitta protsessorning rad etishi butun tizimning normal ishlashiga ta’sir etmaydi. Softswitch ishlatiladigan asosiy platalarda ikki protsessorli rezervlash sxemasi qabul qilingan. Masalan, boshqaruvning xamma platalari ishlovchi rezerv rejimida ishlovchi 2 tadan protsessorga ega. Normal xolatda ishlovchi protsessor platalar ishini boshqaradi, rezerv protsessor esa real vaqtda ishlovchi sinxronizm bilan quvvatlaydi. Agar ishlovchi protsessor ishdan chiqsa, ishga darxol rezerv protsessor ishga tushadi. Rezerv protsessor xizmatlarni taqdim etishda tanaffussiz plata ishini boshqarish bo‘yicha ishlovchi vazifasini o‘z zimmasiga oladi. Bundan tashqari, asosiy platalar nusxalangan va 1+N turdagi issiq rezervlashga ega.
Platalarni issiq rezervlashning ushbu usuli umumiy yuklanishga ishlash rejimidek ma’lum. Ushbu rejimda kundagi ish davomida ikkita yoki ko‘proq platalar bir hil vazifalarni bajaradi. Agar platalarning biri ishdan chiqsa, u bajarayotgan vazifalar jihozning boshqa platalariga uzatiladi, shu bilan ma’lum ishchi parametrlar saqlanishi ta’minlanadi, masalan, ulanishlar yo‘qotilishining oldi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |