O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti nazarov xusanbek avazbek o‘G‘LI


Multiservisli tarmoqning asosiy tushunchalari


Download 4.26 Mb.
bet8/33
Sana20.10.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1712603
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
Диссертация Хусан Назаров nusxa

1.1. Multiservisli tarmoqning asosiy tushunchalari
An’anaviy aloqa tarmoqlari (umumiy foydalanishdagi telefon tarmoqlari – UFTT, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari – MUT) tor maxsuslashtirish bilan xarakterlanadi, har bir aloqa turi uchun ishlab chiqilishi va texnik xizmat ko‘rsatishni talab qiladigan alohida tarmoq mavjud. Bunda bitta tarmoqning bo‘sh resurslari boshqa tarmoq orqali ishlatilishi mumkin emas.
Multiservisli tarmoq ko‘p sonli qo‘yilgan ikkilamchi tarmoqlardan voz kechishni ta’minlaydi, uzatiladigan ma’lumotlarning hajmiga va ularni uzatish sifatiga turli talablarni yangi xizmatlarni joriy etilishini ta’minlaydi. Multiservisli tarmoq operatori trafikning har xil turlarini integratsiyalash va turli xizmatlarni ko‘rsatish uchun o‘tkazish polosasidan eng to‘liq foydalana oladi. Foydalanuvchi esa istalgan vaqtda va istalgan joyda foydalana olishda istalgan turdagi ma’lumotlarni olishda o‘z ehtiyojlarini qondira oladi.
Multiservisli tarmoqlarni yaratishga ehtiyoj shakllangan telekommunikatsion xizmatlar bozori orqali ta’minlanadi. Hozirgi vaqtda ko‘plab aloqa operatorlari ma’lumotlarni tashish va xizmatlarni kommutatsiyalash uchun yagona multiservisli tarmoqni yaratish zarurati fikriga kelishdi.
Multiservisli tarmoq trafikning barcha turlarini (ma’lumotlar, ovoz videoni) uzatadigan va barcha xizmatlar turlarini (an’anaviy va yangi, asosiy va qo‘shimcha) istalgan joyda, istalgan vaqtda, istalgan to‘plamda va hajmda, foydalanuvchilarning turli toifalarini qoniqtiradigan darajalashtirilgan kafolatlangan sifatda va narxlarda ko‘rsatadigan yagona axborot-telekommunikatsion tuzilmani hosil qiladi.
Multiservisli tarmoq quyidagilarni ta’minlaydi:
- ma’lumotlarni uzatish barcha xizmatlari - ajratilgan liniyalar, Frame Relay, ATM, «shaffof» lokal tarmoqlar xizmatlarini boshqarishni -keng polosali ulanish darajasida trafikni;
-mobil tarmoqlar trafigini agregatsiyalash va tayanch tarmog‘i trafigini konsolidatsiyalashni;
- yangi avlod telefon aloqasi infratuzilmasini;
-Core Node optik tayanch tugunini qurish masalasini yechishda fizik daraja va ma’lumotlar darajasini yaqinlashtirishni;
-tayanch/chegaraviy IP-marshrutizatorlar trafigini agregatsiyalashni.
Multiservisli tarmoq universal uzatish muhitlari, tarmoqlarning konvergensiyalanish va xizmatlarning integratsiyalanishini ta’minlaydigan universal tarmoq texnologiyalari va protokollaridan kelib chiqish bilan quriladi.
Konvergensiya deganda hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan tarmoq video, ovoz va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga mos texnologiyalarning umumiy texnologik asosda (masalan, IP-tarmoqlar va ATM-tarmoqlarni MultiProtocol Label Swiching (MPLS) texnologiyasi bo‘yicha birlashtirish, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini Generalized MultiProtocol Label Swiching (GMPLS) texnologiyasi asosidagi optik tarmoq bilan o‘zaro ta’sirlashishi, UFTTni Softswitch dasturiy kommutatori asosidagi paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlari bilan o‘zaro ta’sirlashishi) birlashtirilishi jarayoni ko‘zda tutiladi
Konvergensiyalanish texnologiyalarida yagona multiservisli muhit birlashtiriladigan tarmoqlarning barcha xizmatlarini ko‘rsatilshini ta’minlaydi. Bunda operatorlar o‘zi uchun oldin yopiq bo‘lgan telekommunikatsion sohaning yonma-yon sohalariga kirib borish bilan ham xizmatlar ro‘yxatini, ham ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini kengaytirish imkoniyatini oladi. Bu imkoniyat birlashishda turgan prinsipial yangi xizmatlar yoki an’anaviy ovoz, video va ma’lumotlarn uzatish texnologiyalarining kombinatsiyasi hisoblanadigan xizmatlarni yaratishga imkon beradi. Shunday qilib, multiservisli tarmoq turli narx/sifat nisbatlarinii kengaytirilgan xizmatlar to‘plamini taqdim etadi.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling