O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti nazarov xusanbek avazbek o‘G‘LI


Download 4.26 Mb.
bet9/33
Sana20.10.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1712603
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
Диссертация Хусан Назаров nusxa

1.2. Multiservisli tarmoq xizmatlar

Multiservisli tarmoq xizmatlarini shartli ravishda ikkita qismlarga - asosiy (tarmoqning barcha tugunlarida taqdim etish zarur) va qo‘shimcha (faqat provayderlar yoki foydalanuvchilar tomonidan yetarlicha talab bo‘lganida taqdim etiladigan) xizmatlarga bo‘lish mumkin.


Multiservisli tarmoqning asosiy xizmatlariga quyidagi an’anaviy ma’lumotlarni uzatish va ulanish xizmatlari kiradi:
-an’anaviy telefon trafigini uzatish;
-internet ma’lumotlari trafigini uzatish;
-korporativ tarmoq ma’lumotlari trafigini uzatish;
-mobil tarmoqlar trafigini uzatish;
-internet tarmog‘iga ulanish;
-ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga ulanish.
Qo‘shimcha xizmatlarga quyidagilar kiradi:
DSL ulanish konsentratorlari sig‘imlarini ijaraga berish (sotish), bu xizmat oxirgi foydalanuvchilar uchun Internet tarmog‘iga ulanishni muqobil to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etishga xizmat qiladi;
-IP-telefoniya ovozli trafigini uzatish;
videokonferensiyalarni tashkil etish uchun videotrafikni uzatish;
- studiyalardan videotrafikni uzatish;
-tarmoqning virtual qismini tashkil etish;
-kontent-provayderlar xizmatlari: so‘rov bo‘yicha video- va audio (bu xizmat so‘rov bo‘yicha tanlangan video- (audio-) dasturni transliyatsiyalashni o‘tkazishga imkon beradi), «interaktiv yangiliklar» (foydalanuvchi uchun qandaydir vaqtlarda bo‘lib o‘tgan voqealar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish, eshitish va o‘qish imkoniyati amalga oshiriladi), elektron supermarket (foydalanuvchi «elektron do‘konda» tovarni tanlaydi, u bo‘yicha uning iste’mol xosslari, narxi va boshqlar haqidagi batafsil ma’lumotlarni oladi), interaktiv o‘qish (horijiy tillar va boshqa fanlar bo‘yicha audio- va video o‘qish), igroteka (elektron igroteka bo‘sh vaqtlarda elektron o‘yinlarni o‘ynash imkoniyatini taqdim etadi);
-kafolatlangan xizmat ko‘rsatish darajasini ta’minlash bo‘yicha xizmatlar.
Aloqa tarmoqlariga talablar. Ko‘rib chiqilgan infokommunikatsion xizmatlarning o‘zi-o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish bilan istiqbolli aloqa tarmoqlariga quyidagi talablar aniqlanishi mumkin:

  • multiservislik, u deganda xizmatlarni taqdim eti texnologiyalarini transport texnologiyalariga bog‘liq emasligi tushuniladi;

  • keng polosalilik, u deganda foydalanuvchining joriy ehtiyojlariga bog‘liq ravishda ma’lumotlarni uzatish tezliklarini tez moslashuvchan va dinamik o‘zgartirish imkoniyati tushuniladi;

  • multimediyalilik, u deganda tarmoqning ko‘p komponentli ma’lumotlarni (nutq, ma’lumotlar, video, audio) bu komponentlar real vaqtda zarur sinxronlashtiradigan va murakkab bog‘lanishlar konfiguratsiyalaridan foydalaniladigan uzatish qobiliyati tushuniladi;

  • intellektuallik, u deganda foydalanuvchi yoki xizmatlarni yetkazib beruvchi tomonidan xizmat, chaqiruv va bog‘lanishni boshqarish imkoniyati tushuniladi;

  • ulanishning invariantligi, u deganda xizmatlarga ulanishni ishlatiladigan texnologiyalarga bog‘liq bo‘lmagan holda tashkil etish imkoniyati tushuniladi;

  • ko‘p operatorlik, u deganda bir necha operatorlarni xizmatlarni ko‘rstilishi va ularga ma’suliyatni bo‘linishi jarayonida o‘z faoliyati sohasiga muvofiq qatnashishi imkoniyati tushuniladi.

  • qurilmalarning minimal boshlang‘ich narxlarida “masshtablanadigan” (kengaytiriladigan) texnik yechimlarning qo‘llanishi imkoniyati.

Foydalanuvchilar 10-15 yillar oldi o‘ylab ko‘rilmagan xizmatlarga ulanishni oldi. E-mail, Internet, sotkali telefon kundalik hayotning oddiy ashyolari bo‘lib qoldi. Qisqa vaqt ichida biz barcha bo‘lishi mumkin yangiliklarni kuniga paydo bo‘lishiga o‘rganib qoldik, o‘zimiz yangi xizmatlar va ilovalarni taqdim etilishi bo‘yicha talablarni qo‘ya boshladik.
Bizga endi turli tarmoqlarga (telefoninaya set obshego polzovaniya, mobilnaya set, Internet i t.d.) tegishli bo‘lgan bir necha turli nomerlarga ega bo‘lish yetarli emas. Biz bizni bir xil aniqlaydigan va kiruvchi qo‘ng‘iroqni biz bu momentda bo‘lgan tarmoqqa ulangan terminalga yo‘naltirilishiga imkon beradigan bitta personal nomerga ega bo‘lishni istaymiz.
Foydalanuvchilarning istaklari, shuningdek fan va texnikadagi yutuqlar qanday bo‘lmasin, hech bir aloqa operatori, agar bu iqtisodiy maqsadga muvofiq bo‘lmasa, yangi qurlmalarni o‘rnatmaydi yoki yangi servislarni kiritmaydi. Shuning uchun aloqa tarmoqlari operatorlarining yanada yangi daromadlarni olishga ehtiyoji quyidagilarga imkon berishi mumkin bo‘lgan tarmoqni qurish ustida o‘ylab ko‘rishga majburlaydi:

  • yangi abonentlarni doimo jalb qilish uchun yangi xizmatlarni iloji boricha tezroq va arzonroq yaratish;

  • xizmat ko‘rsatishga harajatlarni kamaytirish;

  • qurilmalarni yetkazib beruvchilarga bog‘liq bo‘lmaslik;

  • raqobatbardosh bo‘lish (telekommunikatsion sohadagi qayta muvofiqlashtirish va yangi texnologiyalardagi yutuqlar yanada arzon va keng xizmatlar spektrini taklif etadigan yangi aloqa operatorlari va servis-provayderlarining paydo bo‘lishiga olib keldi).




Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling