O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T normuradov, B. E umirzaqov, A. Q tashatov
Fotoelektron spektroskopiya yordamida metallar va yarim
Download 4.16 Mb. Pdf ko'rish
|
NANOTEXNOLOGIYA ASOSLARI (UMUMIY) 22.06.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metall sirti zonalarining parametrlarini aniqlash.
4.3. Fotoelektron spektroskopiya yordamida metallar va yarim
o‘tkazgichlar zonalarining parametrlarini aniqlash. Fotonlar ta’sirida qattiq jism yuzasidan uchib chiqayotgan elektronlarni energiya bo‘yicha analiz qilish uchun qattiq jismga nisbatan kollektorga to‘xtatuvchi (manfiy) potensial 0 dan boshlab beriladi. Fotoelektronlar hosil qilgan tokning to‘xtatuvchi potensialga nisbatan o‘zgarishini volt-amper xarakteristika 99 (VAX) deb ataladi. VAX yoki uning birinchi tartibli differensiali (fotoelektronlarning spektri) yordamida qattiq jism sirti zonalarining ayrim parametrlarini aniqlash mumkin. Bu yerda biz ideal metall va yarim o‘tkazgich (T=0K) uchun bunday parametrlarni aniqlashni qisqacha ko‘rsatib o‘tamiz. Metall sirti zonalarining parametrlarini aniqlash. Elektronlarning spektrini qayd qilishda mishen va kollektor orasida kantakt potensiallar farqi vujudga keladi. Mishenning chiqish ishi kollektornikidan katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Shuning uchun to‘xtatuvchi potensialni (energiyani) noldan emas, ma’lum bir musbat qiymatdan boshlash kerak. 4.4-rasmda ikki xil metall uchun fotoelektronlar tokining to‘xtatuvchi potensialga bog‘liqlik egri chizig‘i ko‘rsatilgan. М 1 metall uchun Ф М1 Ф К , М 2 metall uchun Ф М2 Ф К . 4.5-rasmda ikkita metall (masalan mishen va kollektor) orasida potensiallar farqining vujudga kelishi sxemasi keltirilgan. Ma’lumki, kontakt paytida har xil jismlarning Fermi sathlari EF bir-biri bilan mos tushadi, ya’ni bitta gorizontal chiziqda joylashadi. 4.4-rasm. Chiqish ishlari har xil bo‘lgan metallar uchun fotoelektronlar toki (J) ning to‘xtatuvchi potensial (YET) bog‘liqlik egri chizig‘i. Eng katta energiyali elektronlar valent zonaning eng yuqori Ev sathidan chiqadi. Metallarda E v va E F bir-biri bilan ustma-ust tushadi. Shuning uchun metallarda fotoelektronlarning chiqish ishi FM va termoelektronlarning chiqish 100 ishi (M doim bir-biriga teng bo‘ladi. Eng tez elektronlar to‘xtatuvchi potensialning eng katta qiymatida to‘xtaydi. Spektrning o‘zi esa valent zonadagi elektronning energetik taqsimotini ifodalaydi. h E ТО =eV 0 E=e V Ф к Ф М Е V =Е F Е V =Е F h Е кин.м = eV max Е В Е В 4.5-rasm. Ikki xil metall (mishen va kollektor) uchun fotoeffektning energetik tasviri: FM – tekshirilayotgan metal (mishen) ning chiqish ishi, FK- kollektorning chiqish ishi. 4.5-rasmga asoslanib FM ni qo‘yidagicha topamiz: Ф М = ) ( 0 max V e eV h eV h М , (4.8) bu yerda 2 2 max max m eV - metalldan uchib chiqayotgan elektronlar olishi mumkin bo‘lgan eng katta energiya, E ТО =eV 0 – to‘xtatuvchi potensial energiyasining eng katta qiymati, V – kontakt potensiallar farqi (КПФ). Agar Ф М < Ф К bo‘lsa, eV max > eV 0 , agar Ф М > Ф К bo‘lsa, eV max < eV 0 ва agar Ф М = Ф К bo‘lsa, eV max =eV 0 bo‘ladi. Bu yerda F ning qiymati o‘tkazuvchanlik zonasining metall-vakuum chegarasigacha bo‘lgan kengligiga tengdir. E V K = Ф К – Ф М = к - м (4.9) ekanligini hisobga olsak, quyidagi hosil bo‘ladi: eV 0 = E 0 = h - Ф К . (4.10) 101 Demak, metallarda to‘xtatuvchi potensialning kattaligi elektronlarning metallardan chiqish ishiga bog‘liq emas, faqatgina kollektorning chiqish ishi FK ga bog‘liq bo‘lar ekan. Bundan, h =const bo‘lganda har qanday metall uchun eV 0 bitta qiymatga ega bo‘lishi kelib chiqadi. h ning qiymatini o‘zgartirilsa, spektrining kengligi ham o‘zgaradi. ya’ni h ni o‘zgartira borib, valent zona kengligini topish mumkin. Download 4.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling