O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T normuradov, B. E umirzaqov, A. Q tashatov
Download 4.16 Mb. Pdf ko'rish
|
NANOTEXNOLOGIYA ASOSLARI (UMUMIY) 22.06.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. QATTIQ JISM SIRTINING TUZILISHI 2.1. Qattiq jismning elektron tuzilishi 2.1.1. Qattiq jism yuza qatlamlarining tuzilishi
23 II BOB. QATTIQ JISM SIRTINING TUZILISHI 2.1. Qattiq jismning elektron tuzilishi 2.1.1. Qattiq jism yuza qatlamlarining tuzilishi 1965-1970-yillarga qadar qattiq jismning deyarli barcha asosiy xususiyatlari uning hajmining holatiga, xususan, kimyoviy tarkibi va kristall tuzilishiga bog’liq deb qaralar edi. Ammo shu davrga kelib, qattiq jismlar juda ko’p fizik va kimyoviy xossalari uning yuza qatlamlarini tuzilishiga uzviy bog’liq ekanligi aniqlana boshlandi. Masalan: Qattiq jismlarning emission, optikaviy xususiyatlari korroziyaga uchrashi ayrim mexanik ta’sirlarga chidamliligi birinchi galda yuzaning kimyoviy tarkibi va kristall tuzilishiga bog’liq bo’lishi ilmiy tekshirishlarda o’z isbotini topdi. Hozirgi paytda qattiq jismlarning deyarli barcha fizik xususiyatlari, hattoki ayrim mexanik va kimyoviy xossalari ularning sirt xususiyatiga bog’liq ekan. Shu sababli 70-yillardan so’ng qattiq jism sirtlarining kimyoviy tarkibini elektron va kristall strukturalarini qattiq jism yuzasidagi nuqsonlarni o’rganish uchun takomillashgan yangi mexanizmlar va usullar tatbiq qilina boshlandi. Bu usullar sirt diagnostikasi usullari hisoblanib, bularga: ion sochilish spektroskopiyasi, ikkilamchi ion spektroskopiyasi, Oje elektron spektroskopiyasi, Rentgen fotoelektron spektroskopiyasi, ultrabinafsha fotoelektron spektroskopiya, kichik energiyali elektronlar difraksiyasi kabilar kiradi. Yuza qatlamlari alohida o’ziga xos bo’lgan murakkab xususiyatlarga ega bo’lgan kristall tuzilishga egadir. Sirt kristall tuzilishi qattiq jism hajmining kristall tuzilishidan keskin farq qiladi. Bunday farqlarning juda ko’p fizik va ximik sabablari mavjuddir. Hattoki ideal holatgacha tozalangan bir xil tarkibli kristallarda ham yuza va hajm xususiyatlari bir-birinikidan farq qiladi. Chunki hajmda joylashgan bitta kristall atomiga to’rt tarafdan boshqa atomlar o’z ta’sirini ko’rsatsa, sirtda joylashgan atomga esa uchta atom o’z ta’sirini ko’rsatadi. Uning yuqori tomonida atom bo’lmaganligi sababli kristall struktura ham hajmnikidan keskin farq qiladi. Bu esa o’z navbatida elektron struktura tizimlarni ham bir- 24 biridan farq qilishini anglatadi. Qattiq jism sirtining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: 1.Sirt ustida qatlamlar bo’lmaganligi sababli sirtdagi atomlar aro ta’sir kuchlari o’rganilganligi uchun sirt atomlari orasidagi masofa hajmdagiga nisbatan katta bo’ladi (2.1-rasm). 2.Sirt qatlamdagi joylashgan atomlar orasidagi masofalar hajmga nisbatan kattaroq bo’lishi mumkin, ya’ni: a) Qatlamlar orasidagi masofaning o’zgarishiga relaksatsiya deyiladi. Bu faqatgina sirtdan 4-5 qatlamgacha cho’zilishi mumkin. b) Atomlar orasidagi masofaning o’zgarishi rekonstruksiya deyiladi. Bu faqatgina sirt qatlamida vujudga keladi. 2.1-rasm. d 1 va d 2 atomlar orasidagi masofa, S 1 va S 2 qatlamlar orasidagi masofa Sirtdagi atomlar sonini hisoblash quyidagicha bo’ladi: Ikkita atom orasidagi o’rtacha masofa 2,5 Å= 2.5∙10 -8 sm 2.5∙10 -8 sm – 1 ta 1 sm – x ta X= 10 5 . 2 1 1 8 =4∙ 10 7 ta Download 4.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling