O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T normuradov, B. E umirzaqov, A. Q tashatov
Uch o’lchаmli yuzа kristаllаrning tuzilishi
Download 4.16 Mb. Pdf ko'rish
|
NANOTEXNOLOGIYA ASOSLARI (UMUMIY) 22.06.2020
2.1.2. Uch o’lchаmli yuzа kristаllаrning tuzilishi
Uch o’lchamli yuza ma’lum bir uch o’lchamli kristall tuzilishga ega bo’ladi. Kristall qattiq jismlarda ularni tashkil qilgan atom va molekulalar ma’lum bir tartibda joylashgan bo’ladi. Agar bu tartib ikki qo’shni atom yoki molekula orasidagi masofadan bir qancha marta katta bo’lgan masofalargacha saqlansa, uni uzoq tartib deb ataymiz. Kristallardagi atomlar yoki molekulalarning joylashish tartibi butun kristall bo’yicha saqlangan bo’lsa, bunday kristallar monokristallar S 1 S 2 d 1 d 2 S 1 S 2 d 2 d 1 Real sirt Ideal sirt d 1 =d 2 S 1 =S 2 27 deyiladi. Barcha monokristallar anizotropiyaga ega, ya’ni ma’lum bir yo’nalishlarda ularning fizik xossalari turlicha bo’ladi. Tabiatda monokristallar juda oz, shu sababli polikristall materiallarni suyuqlikka aylantirilib, maxsus texnologiyalar asosida monokristallar o’stiriladi. Monokristallar bo’lakchalarining tartibsiz birikishidan hosil bo’lgan kristallar polikristallar deb yuritiladi. Polikristallar har bitta monokristall yacheykalarning tartibsiz joylashishidan tashkil topganligi uchun ularning fizik xossalari barcha yo’nalishlar bo’yicha bir xil bo’ladi. Bunday jismlar izotrop jismlar deyiladi. Kristallarni tashkil qiluvchi zarrachalar o’z muvozanat nuqtasida tebranma harakat qilib turadi. Ushbu muvozanat nuqtalarni fikran birlashtirsak, kristall panjara shu muvozanat nuqtalari kristall panjaraning tugunlari deb ataladi. Tugunlarni bir-biriga bog’lovchi ipga tugun bog’lari deyiladi (2.4-rasm). 2.4-rasm. Kristall panjara tugunlari va tugun bog’larining ko’rinishi Tugunlar orasidagi masofa 1-5 Å oraligída bo’ladi. Bir yo’nalishdagi tugunlar orasidagi masofa boshqa yo’nalishdagi tugunlar orasidagi masofadan farq qilishi mumkin. Bu jismning kristall tuzilishiga qarab bir turdagi yoki har xil turdagi kristall panjaralar bilan farqlashimiz mumkin. Masalan, kremniy kristallari barcha tugunlarida Si atomlari joylashgan bo’lsa, GaAs kristallining birida Ga, boshqa tugunda As joylashgan bo’ladi. Kristall panjaraning tuzilish qiyofasini saqlagan eng kichik bo’lagi elemantar yacheyka deb ataladi. Odatda elementar yacheyka kristalli parallelopiped shakldan iborat bo’ladi, ushbu parallelopipedning 3 ta qirrasi bo’ylab a 1, a 2 va a 3 vektorlarni yo’naltiramiz (2.5-rasm). Bu vektorlar uzunliklari shu parallelopipedlarning qirrasi uzunligiga teng bo’lsin. Bunday vektorlar asosiy vektorlar (yoki davrlar) deb ataladi. Ushbu vektorlarning tugun tugun bog’lari 28 asosiy xossalari shundan iboratki, bu vektorlar yordamida cheksiz katta kristallar hosil qilish mumkin. Eng oddiy parallelopiped shakldagi kristall quyidagicha: R=n 1 a 1 +n 2 a 2 +n 3 a 3 n 1, n 2, n 3 - butun sonlar, R-kristall panjara hajmi (kattaligi). Shu elementar yacheykalarning bir butunligicha ustma-ust hollarda ko’chirilsa, kristall panjara vujudga keladi. Bunday takrorlanuvchi atomlar guruhi bazis deb yuritiladi. 2.5-rasm. Elementar yacheykaning ko’rinishi Ixtiyoriy kristallning bazisi va translyatsion kattaligi aniqlangan bo’lsa, bu kristall panjara aniqlangan bo’ladi. Umuman olganda, kristallar ma’lum bir nuqtaviy simmetriyaga ega bo’ladi, ya’ni bu panjaraning ma’lum bir aylanishlar siljitish, akslantirish orqali yana o’zining joyiga keltirish mumkin. Nuqtaviy simmetriya elektron mikroskop yordamida aniqlanadi. Shu nuqtaga qarab monokristallarni anizotropiya xossasiga ega ekanligini aniqlash maqsadida uni azimutlar yoki qutbiy burchaklarga burib fizik xossalarini aniqlash mumkin. a) 1 b) 1m v) 2 g) 2mn 2.6-rasm. Simmetriyalarning ko’rinishi a) 2.6-rasmda berilgan shaklning berilgan o’qqa yoki tekislikka nisbatan simmetriyasi yo’q. Ushbu shakl faqat 360 o li burchakka burilganda o’zi bilan o’zi a 1 a 2 a 3 29 ustma-ust tushadi. Bunday quyi simmetriyaga ega bo’lgan jismlarning xalqaro belgilanishi 1 deb qabul qilingan. b) dagi shakl uziq-uziq chiziq bilan tasvirlangan. Shu sababli u tekislikka nisbatan simmetriya bo’ladi. Bunday shakl 1m deb belgilanadi. v) rasmda180 o ga burilganda simmetriya bir-birini ustiga tushadi. 360 o ga burilganda esa u 2 marta ustma –ust tushadi. Bunday simmetriya 2-tartibli simmetriya bo’lib, 2 raqami bilan belgilanadi. g) oxirgi simmetriya tekislikka va buralish o’qiga nisbatan simmetriya bo’lganligi uchun 2mn deb belgilanadi. Kristаll pаnjаrаlаr elеmеntаr yachеykаlаrni kеtmа-kеt qo’yish, burish (аylаntirish) yoki аkslаntirish оrqаli hоsil bo’lаdi, dеb qаrаsh mumkin. Dеmаk, Download 4.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling