O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T normuradov, B. E umirzaqov, A. Q tashatov
Download 4.16 Mb. Pdf ko'rish
|
NANOTEXNOLOGIYA ASOSLARI (UMUMIY) 22.06.2020
Ion-neytral
zarralarning mass-spektroskopiyasi (INZMS). Uchib chiqayotgan ikkilamchi ionlarning konsentrasiyasi yuza holatiga bog‘liq ravishda, aynan bir jism uchun 100, hatto 1000 martagacha o‘zgarib turishi mumkin. 4.12-rasm. Al plastinkasining ikkilamchi ion mass-spektri. Shuning uchun IIMS usuli yordamida konsentratsiyalarni to‘g‘ri aniqlash mumkin emas. Matrisa yuzasining toza emasligiga bog‘liq bo‘lgan effektlardan qutilish uchun ikkilamchi ionlar o‘rniga uchib chiqayotgan neytral zarralarni qayd qilish maqsadga muvofiqdir. Bu usulda neytral atomlar avvaliga musbat va manfiy ionlardan ajratib olinadi, keyin esa ular ionlashtiriladi. INZMS qurilmasining chizmasi 4.13-rasmda keltirilgan. 4.13-rasm. Ion-neytral zarralarning mass-spektrometri: 1 – ion manbai, 2 – mishen, 3–to‘rlar, 4 – ionlash kamerasi, 5 – mass-analizator, 6 – detektor. 112 Bu qurilmaning IIMS dan asosiy farqi shundaki, unda mass-analizatorning oldiga ionlash kamerasi o‘rnatilgan bo‘ladi. Mishen va ionlash kamerasi orasiga qo‘yilgan to‘rlarga shunday potensiallar beriladiki, ular musbat hamda manfiy ionlarning mishendan kameraga, kameradan esa mishenga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Neytral atomlarni ionlash uchun tezlashtirilgan elektronlar bilan uyg‘otilgan plazma qo‘llaniladi. Ayrim hollarda plazmaning o‘rniga kuchli lazerlardan foydalanish mumkin. Tekshirilayotgan qandaydir neytral zarralarni A deb belgilasak, uni ionlashdan keyin hosil bo‘lgan signalni qo‘yidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin: I A o = i P Y A J A r A , (4.22) bunda J P - birlamchi ionlarning toki, Y - A zarralarning to‘la chiqish kattaligi, J A - uchib chiqqan neytral zarralarning ionlashishi darajasi, r A - asbob doimiysi. Asl metallar (Au, Pt, Pd) uchun J A ning qiymati 10 -1 , qiyin eriydigan metallar uchun esa 10 -2 gacha bo‘lishi mumkin. INZMS usulning sezgirligi IIMS nikiga yaqin bo‘lib, 10 -3 ni tashkil qiladi. Yuza holatiga qarab uchib chiqayotgan neytral zarralarning soni sezilarli o‘zgarmasligi uchun INZMS usulini miqdoriy analiz uchun ham qo‘llash mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling