O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

 
 
 


1.4. Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari
Fuqarolar muhofazasi davlat tizimlari - harbiy davrda ham, tinchlik 
davrda ham yuzaga keladigan xavflardan aholini, xududlarni, moddiy boyliklarni 
muhofaza qilishda muhim vazifalarni bajaradi. Bu borada O‘zbekiston 
Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilgan «Fuqaro muhofazasi 
to‘g‘risida»gi qonunida o‘z aksini topgan. 
Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni 
amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini hamda fuqaro muhofazasi kuchlari va 
vositalarini ham belgilab bergan.
Fuqaro muhofazasining vazifalari quyidagilardan iborat: 
• aholi va ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar 
oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga 
tayyorlash; 
• boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va 
doimiy shay holatda saqlab turish;
• xalq xo‘jaligi ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan 
tadbirlar kompleksini o‘tkazish; 
• aholini, moddiy va madaniy boyliklarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish
• fuqaro muhofazasi harbiy tizimlari shayligini ta’minlash; 
• aholini umumiy va shaxsiy saqlovchi vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini 
o‘tkazish; 
• aholining harbiy davrdagi hayot faoliyatini ta’minlash; 
• radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya 
nazorati olib borish;
• qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish;
• harbiy davrlarda ham zarar ko‘rgan xududlarda jamoat tartibini yo‘lga 
qo‘yish va saqlab turish; 
 


• aholini va xududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga 
oshirish.
Mana shu vazifalarni muvaffaqiyatli olib bormay turib zararlangan 
xududlarda, ob’ektlarda normal hayot faoliyatini yaratib bo‘lmaydi. Bu ishlarni 
davlat organlari orqali, fuqaro muhofazasi boshchiligida butun xalq yordamida 
amalga oshiriladi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling