O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

 
 
 


1.3. 
Favqulodda vaziyatning tavsifi va uni oldindan
bashorat qilish 
 
Har qanday favqulodda vaziyatlar 8 ta ko‘rsatkich bo‘yicha aniqlanadi:
1. 
Favqulodda vaziyatning nomlanishi (FV ni ta’rifi); 
2. 
FV ning mohiyati (mazmuni); 
3. 
FV ning sabablari; 
4. 
FV ning shikastlovchi omillari; 
5. 
FV da qaltislikni oshiruvchi omillar; 
6. 
FV ni oldindan bilish mumkinligi (monitoring, bashorat, ogohlantirish
yumshatish); 
7. 
FV ni bartaraf qilish (falokatdan qutqarish va boshqa kechiktirib 
bo‘lmaydigan ishlarni bajarish); 
8. 
Moddiy zararni aniqlash (bevosita va bilvosita). 
Har qanday turdagi xavf-xatarli holatlar muayyan sharoitlarda, muhitda 
favqulodda vaziyatlarga olib keladi. 
Ya’ni: 
havf-xatar (FV manbai, havfli tabiat hodisasi, 
havf bor ob’ektlar, ekologik vaziyat) 
Ma’lum sharoit va muhitda
FV
FV oqibatlari turli tuman bo‘ladi. Ular FV turiga, tusiga va tarqalish 
miqyosi (masshtabi)ga bog‘liqdir. FV oqibatining asosiy turlari: o‘lim, odamlarni 
kasallanishi, inshoatlarning buzilishi, radioaktiv ifloslanishlar, kimyoviy va 
bakterial zaharlanishlar. Yana shuni alohida qayd qilish kerakki, FVning ko‘pgina 
holatlarida boshqa zararli omillar bilan birga ruhiy jarohatlovchi holatlar ham 
mavjud bo‘ladi. Bu paytda o‘ta kuchli tasodifiy ta’sirilar odamning ruhiy holatini 
buzulishiga olib keladi. Bu ta’sirning xavfli eri shundaki, bu ruhiy holat faqatgina 
shu ta’sir xududidagina emas, undan chiqqandan keyin ham davom etishi mumkin. 
FV havfini oldindan ma’lum aniqlikda aniqlash mumkin bo‘lsa, ammo, uning 
ruhiy ta’sirini aniq aytish mushkul hisoblanadi.
 


FVning zararli va xavfli omillari ta’siri ostida joylashgan aholi, hayvonlar
inshoatlar, moddiy resurslarni barchasi - «Shikastlanish o‘chog‘i» deyiladi. 
Oddiy (bir turli) shikastlanish o‘chog‘i deb, faqat bir shikastlovchi omil ta’sirida 
hosil bo‘ladigan o‘choq tushuniladi. Masalan: portlash, yong‘in natijasida buzilish, 
kimyoviy zaharlanish kuzatiladi. Murakkab (ko‘p turli) shikastlanish o‘chog‘i 
deganda bir necha shikastlovchi omillar ta’sirida yuzaga kelishi tushuniladi. 
Masalan, kimyo korxonasidagi portlash, binolarning buzilishiga, yong‘in, 
kimyoviy zaharlanish kabi oqibatlarga, er silkinishi, kuchli bo‘ron, inshoatlarning 
buzilishidan tashqari, suv toshqini, yong‘inlar, elektr tarmoqlarining ishdan 
chiqishi, zaharli gazlarning chiqib ketishi natijasida zaharlanish va boshqa 
talofatlarga olib kelishi mumkin. 
FVlardan himoyalanishning asosiy sharti, sharoitni baholay olish, keltirib 
chiqargan sababini va uning mexanizmini bilishdir. Jarayonning mohiyatini bilib, 
uning oqibatini oldindan aytib berish mumkin. O‘z vaqtida va aniq olingan 
ma’lumot samarali himoya uchun o‘ta muhimdir.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling