O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


FVlar quyidagilar natijasida paydo bo‘ladi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

FVlar quyidagilar natijasida paydo bo‘ladi: 
1. 
Og‘irlik kuchlari, er aylanishi yoki haroratlar farqi ta’siri ostida paydo 
bo‘ladigan, tez kechadigan jarayonlar; 
2. 
Konstruktsiyalar yoki inshoatlar materiallarining zanglashiga yoki 
chirishiga, fizik-mexanik ko‘rsatkichlarning pasayishiga olib keladigan tashqi 
tabiiy omillar ta’siri; 
3. 
Inshoatlarning loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari (qidiruv va loyiha 
ishlaridagi xatolar, qurilish materiallari, konstruktsiyalar sifatining pastligi, 
qurilish ishlarining sifatsiz bajarilganligi, qurish va sozlash ishlarida texnika 
xavfsizligiga rioya qilmaslik va hakozo); 
4. 
Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning inshoat materiallariga ta’siri 
(me’yoridan ortiq kuchlanishlar, yuqori harorat, titrashlar, kislota va ishqorlar 
ta’siri, gaz-bug‘ va suyuq agressiv muhitlar, mineral moylar, emulsiyalar ta’siri); 
 


5. 
Sanoat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining va inshoatlarni 
eksplutatsiya qilish qoidalarining buzilishi (bug‘ qozonlarining, kimyoviy 
moddalarning, ko‘mir konlarida metan gazining portlashi va hakozo); 
6. 
Turli ko‘rinishlardagi harbiy faoliyatlar. 
Kelib chiqishi va turidan qat’iy nazar FVlarning rivojida to‘rtta harakterdagi 
fazalarni ajratish mumkin: 
„
uyg‘onish, paydo bo‘lish; 
„
rivojlanish, avj olish fazasi; 
„
eng yuqori darajasi, eng yuksak darajadagi fazasi; 
„
pasayish, o‘tish fazasi (oqibatini tugatish).
Uyg‘onish fazasida bo‘lg‘usi FV ning zamini uchun sharoit yaratiladi: 
nohush tabiiy jarayonlar faollashadi, inshoatlarning loyiha ishlab chiqarish 
nuqsonlari yig‘ila boshlaydi va ko‘plab texnik nosozliklar yuzaga chiqadi
uskunalar ishida, injener texnolog xodimlar ishida nuqsonlar paydo bo‘ladi. 
Uyg‘onish fazasi davomiyligini aniqlash uchun, bu ham juda katta taxmin 
bilan seysmik, meterologik, sellarga qarshi va boshqa stantsiyalarning 
kuzatuvlarini juda sinchiklab o‘rganish va muntazam yozib borish orqaligina 
bajariladi. 
Rivojlanish, avj olish fazasi inson omili asosiy o‘rinni egallaydi. Statistik 
ma’lumotlar 60% dan ortiq avariyalar inson hatosi tufayli ro‘y berganligini 
ko‘rsatadi.
Eng yuqori darajadagi fazada esa odamlar va atrof muhitga havf solib 
turgan modda yoki energiyaning ozod bo‘lishi, ya’ni FV kuzatiladi. 
FVning o‘ziga xosligi shundaki, u zanjirsimon xususiyatga ega. Unda 
energiya to‘la, zaharli va biologik komponentlarning qo‘shilib ketishi tufayli 
uning rivojlanishi ko‘p martalab ortib ketadi. 
Pasayish, o‘tish fazasi vaqt bo‘yicha xavf manbaning jilovlab olish davridan 
boshlab to uning oqibatini bevosita va bilvosita bartaraf qilguncha ketgan vaqtdir. 
Bu fazaning davomiyligi yillar, gohida 10 yillar davom etishi mumkin.
 


FVlarning shikastlanish sabab-oqibat zanjirini konkret sharoitda bilish, 
bunday vaziyatning oldini olish ehtimolini oshiradi va oqibatlarini tezroq 
tugatishga yordam beradi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling