O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

Takrorlash uchun savollar 
1) 
Fuqarolar muhofazasi fanini o‘qitilishidan maqsad nima? 
2) 
Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari qanday? 
3) 
Fuqarolar muhofazasining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
4) 
Fuqarolar muhofazasi organlarining tashkiliy tuzilishi qanday? 
Adabiyotlar ro‘yxati: 2, 4, 5, 6, 7, 8, 10, 11. 
 


II BOB. ZAMONAVIY QIRG‘IN QUROLLAR, ULARNING 
TA’SIR XUSUSIYATLARI VA TALOFOTLARI
2.1. Qirg‘in qurollar xaqida umumiy tushuncha 
 
Qirg‘in qurollar deganda juda katta miqyosda vayronagarchilik va 
yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan qurollar tushuniladi. Bunday qurollar qatoriga 
yadroviy, kimyoviy, biologik, nurli va boshqa qurollar kiradi. 
Qirg‘in qurollar nafaqat insoniyatni, balki atrof-muhitni, inshoatlarni, kiyim-
kechaklarni, moddiy boyliklarni shikastlantiradi. Bunda albatta, zararlanish 
darajasi, qirg‘in qurollarning turiga, xususiyatlariga bog‘liq. Jumladan, yadroviy 
qurollar tirik mavjudotlarni ham, jamiki inshootlar, texnikalarni qattiq 
shikastlantiradi. 
Kimyoviy qurollar ta’sir etgan jamiki mavjudotlar, narsalar zaharlab
oldingi holatiga qaytarib bo‘lmaydigan darajaga tushirib ko‘ladi, ya’ni zaharlaydi. 
Biologik qurollar orqali asosan tirik mavjudotlarda, kuchli kasallik 
tarqatish tufayli qo‘yilgan maqsadga erishiladi. 
Keyingi paytda NATO armiyasida, Rossiya qurolli kuchlar tarkibida nurli 
qurollar yaratildiki, bular ham qo‘llanilganda insoniyatga, atrof-muhitga, 
inshoatlarga, harbiy texnikalarga katta zarar etkaziladi. Nurli qurollarning ta’sir 
etish xususiyati termomexanik ta’sirga asoslangan, ya’ni nurlar dastasi nishonga 
urilganda, u suyuladi yoki parlanadi (bunda nishonning suyulish temperaturasiga 
qarab o‘zgaradi).
Nurli qurolning shunday xususiyatidan foydalanib, dushmanning harbiy 
texnikalarini, qurollarini yaroqsiz holatga keltiriladi. 
Qurolni odamlarga, atrof-muhitga ta’siri ham termomexanik tarzda ta’sir 
etadi. Bunday qurollar ayrim davlatlarda sinab ko‘rilgan. Jumladan, Xitoy - sobiq 
SSSR chegarasi Xasan ko‘li mojarasida bunday quroldan foydalanilgani 
ma’lum. 
 


Nurli qurollarning tipik vakili bu yuqori chastotali oq nurlar dastasi-lazer 
nuri hisoblanadi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling