O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


FVDT boshqaruv organlarining ob’ektlar darajasidagi vazifalari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

 


FVDT boshqaruv organlarining ob’ektlar darajasidagi vazifalari 
quyidagilardan iborat:
• favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, ob’ektlar 
ishining FV chog‘ida ishonchliligi va barqarorligini oshirishga doir tadbirlarni 
ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish; 
boshqaruv organlarining, ob’ektlar kuch va vositalarining FV chog‘idagi 
harakatlarga tayyorligini ta’minlash; 
• avariya-qutqaruv hamda boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga shu 
jumladan, ob’ektlar xodimlarini evakuatsiya qilishga rahbarlik qilish; 
• favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy 
resurslar zahiralarini yaratish
• ob’ektlarning rahbarlar tarkibi, kuch va vositalari, shuningdek 
xodimlarini FVlardagi harakatlarga tayyorlashni tashkil etish. 
Har bir korxonaning F.M boshlig‘i, F.M.ni tashkil etilishini, uning holatini, 
kuchlarini, texnikasini doimiy tayyor holatda bo‘lishligini nazorat etadi, hamda 
qutqaruv va qayta tiklash ishlariga boshchilik qiladi. Korxona F.M ning boshlig‘i 
shu korxona joylashgan rayon F.Mga va shu korxonaning yuqori tashkiloti 
F.Msiga bo‘ysunadi.
Har bir korxonaning F.M. boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlanadi (2-jadvalda). 
Katta korxonalarda bir necha o‘rinbosarlar tayinlanadi, jumladan: 
a) ishchi xizmatchilarni joylashtirish (yoki evakuatsiya);
b) muxandis-texnik ishlari bo‘yicha;
v) moddiy texnika ta’minoti bo‘yicha. 
F.M.ning ishchi xizmatchilarni joylashtirish bo‘yicha o‘rinbosari 
joylashtirish rejalarini tashkil etadi, ularni oilalarini evakuatsiya qilish, jamoat
tartibini saqlash ishlariga boshchilik qilish hamda ishchi xizmatchilarni bir
joydan ikkinchi joyga tashish ishlarini tashkillashtirish vazifalarini bajaradi. 
F.M.ning muxandis-texnik bo‘limi o‘rinbosari korxonaning bosh injeneri 
hisoblanadi. Buning vazifasi ishlab chiqarishni alohida rejim asosida ishlash 
 


rejasini tuzish, tinchlik davrida ishlab chiqarishni muttasil ishlashini ta’minlash, 
ekstremal holatlarda avariya-texnika va yong‘inga qarshi hizmatlarni, qutqarish
ishlarini olib boradi. 
Bundan tashqari, tabiiy ofatlar, avariya, halokat bo‘lganda qutqarish va 
avariyani to‘sish, hamda qayta tiklash ishlariga boshchilik qiladi.
F.M.ning moddiy texnika ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari qilib korxonaning 
ta’minot bo‘yicha boshliq o‘rinbosari tayinlanadi. Bu mansabdor shaxs, maxsus 
jihozlarni, texnika, transport va muhofazaga taaluqli jihozlar bilan ta’minlaydi va 
saqlaydi. Yana u boshpanalarni qurish va o‘z qo‘l ostidagi ishchi xizmatchilarni 
evakuatsiya qilishni ta’minlaydi hamda inshoatlarni ta’mirlash ishlarini bajaradi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling