O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Er surilishida uchda bosqich kuzatiladi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

 


Er surilishida uchda bosqich kuzatiladi:
1-bosqich.
Surilishning tayyorlanish bosqichi. Bu bosqichda qiya 
sathlardagi tog‘ jinsi turg‘unligi susayadi, er sathida turli kenglikdagi yoriqlar 
paydo bo‘ladi; 
2-bosqich.
Tog‘ jinslarining katta tezlik bilan yoki sekin-asta surilishi 
kuzatiladi. Surilish tezligi yuqorida qayd etilgan omillarning ta’sir darajasiga 
bog‘liq bo‘ladi;
3-bosqich.
Surilishning so‘nish bosqichi. Bunda tog‘ jinslari surilishdan 
to‘xtaydi.
Er surilishlarni chuqur o‘rganish - ularni oldidan bashorat qilish imkonini 
beradi. Buning uchun kompleks muhandis-geologik qidiruv ishlari o‘tkaziladi. 
Surilishi kuzatiladigan maydonlarning tabiiy sharoiti va geologik muhiti fizik 
andozalarida o‘rganiladi, hisoblash ishlari bajariladi.
Er surilishi ofatig oldidan kuzatiladigan belgilar quyidagilardan iborat:
Er yuzasida yoriqlarni paydo bo‘lishi, yo‘llarda uzilishlarning yuzaga 
kelishi, daraxtlarning to‘g‘ri o‘smasligi (qiyshayib o‘sishi), uylarning devorlari 
yorilishi, binolar, inshoatlar tuzilishida muvozanatining buzilishi va boshqa 
belgilar paydo bo‘ladi.
Mabodo, hududlarda er surilishi xavfi bo‘lsa yoki harakatdagi surilish 
kuzatilsa, ularni bartaraf qilish, oldini olish ishlari bajariladi, chora-tadbirlar 
belgilanadi.
 
 


3.5. Kuchli shamol, qurg‘oqchilik va uning oqibatlari 
Kuchli shamol va insonlar hayotiga va xalq xo‘jaligiga jiddiy zarar 
etkazadigan ofatdir. Bu ofat uzoq davom etuvchi va buzish kuchiga ega. Bu 
ofatning tezligi 30-90 m/s ga etadi. O‘rta Osiyo mintaqalarida shamolning kuchi 
40-60 m/s ga, O‘zbekistonning Xovos, Bekobod tumanlarida esa 50-60 m/s tashkil 
etadi. Kuchli shamolni paydo bo‘lishi, ya’ni atmosferada muvozanatning buzilishi 
natijasida havo oqimi juda katta tezlikda harakatlanib, ba’zi joylarda, u aylanma 
(voronka) harakatga aylanib ketadi. Bunday ofat oqibatida odamlarning halok 
bo‘lishi, inshoatlarning buzilishi, ekinzorlarning payhon etishi, elektr-telefon 
tarmoqlarining izdan chiqishi va boshqa oqibatlarga olib keladi. Shuningdek, 
kuchli shamol esganda odamlar, uy hayvonlari yuradigan yo‘llardan adashadilar
simyog‘ochlar, daraxtlar ag‘anaydi, uylarning tomlari buzilishi natijasida odamlar 
turli darajada jarohat oladilar.
Shuning uchun bunday favqulodda holatda odamlar engil, baland qurilgan 
imoratlardan, elektr tarmoqlari osilgan simyog‘ochlardan, ko‘priklardan uzoqrok 
joylarda saqlanishlari lozim. Bu ofatdan eng ishonchli saqlovchi omil - bu himoya 
inshoatlari (metro, er osti yo‘lkalari, uylarning erto‘lalari va boshqalar) 
hisoblanadi. 
Bu ofatdan saqlanishning yana bir omili - ofat haqida odamlarni o‘z vaqtida 
ogoh qilishdir. Albatta, hozirgi paytda ob-havoni bir necha kun oldindan ayta 
oladigan zamonaviy uslublar yaratilganki, bularning bergan ma’lumotlari asosida 
nafaqat odamlarni, balki uy hayvonlarini, moddiy boyliklarni falokatda asrash, 
buzilishini yoki yaroqsiz holga kelishini oldini olish mumkin. 
Hulosa qilib aytadigan bo‘lsak, kuchli shamol ofati yuz berganda fuqaro 
muhofazasi tizimlari davlat organlari xodimlari boshchiligida qutqaruv va 
buzilgan joylarda tiklash ishlarini bajaradi, jabr ko‘rganlarga birlamchi tibbiy 
yordam ko‘rsatadi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling