O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Asboblarni kesish uskunalari 
Trim uskunasi moslamalarni istalgan joylarni yo`q qilishga imkon beradi. 
Pichoq uskunasi moslamalarni kesishga imkon beradi. 
Virtual Segmentni o`chirish uskunasi kesishishlar orasidagi moslamalarni 
qisqartirishga imkon beradi. 
Silgi uskunasi chizilgan qismlarini o`chirishga imkon beradi. 
 
 
Savol va topshiriqlar: 
 
1. COREL DRAW dasturida kanday ishlar bajariladi.
2. Fayl bo`limiga nimalar kiradi.
3. Dastur asboblar paneli xaqida ma’lumot bering.


232 
 
22-§.Amaliy dasturlar paketi va ularning kasbiy sohalarda qo‘llanilishi 
Amaliy dasturlar paketlari (ADP) foydalanuvchi xal etayotgan vazifalarini 
avtomatlashtirishning kuchli kurolidir, u axborotni qayta ishlash bo`yicha 
kompyuter biror ishni qanday bajaryotganini bilish zaruriyatdan amalda to‘liq ozod 
etadi. 
Hozirligi paytda o`z funksional imkoniyatlari va amalga oshirish usullariga ko`ra 
farqlanuvchi ADPning keng spektri mavjud. 
ADPning quyidagi turlari farqlanadi: 
- umumiy vazifadagi (universal);
-uslubiy yo`naltirgan;
-global tarmoq;
-hisoblash 
jarayon 
tashkilotlari 
(ma’muriylashtirish). 
Umumiy vazifadagi ADP - foydalanuvchi va umuman axborot tizimi funksional 
vazifalarni ishlab chikish va foydalanishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan 
 
Nashriyot tizimida qo‘llanilarigan Pagemaker dasturi va uning imkoniyatlari 
Keyingi paytlarda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo bo‘la boshladi. 
Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter bazasida, turli tez chop qiluvchi va 
boshqa qo‘shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlari (kitob, oynoma, jurnal, 
broshyuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi.bunda bo‘lajak bosma 
mahsulotlari kompyuterda tayyorlanadi, ya’ni kompyuter varaqlash, asl maketlash 
ishlari ham kompyuterda bajariladi.
Rizograf esa asl maket shaklida kompyuterda tayyorlangan, chop qilish uchun 
ishlatiladi va u minutiga o‘rtacha 130 sahifani chop qilishi mumkin. Rizograflarning 
turli xillari mavjud. Ular rangli bo‘lib, turli chop qilish tezligiga ega bo‘ladi.


233 
Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn muharrirlari shu soha uchun yaratilgan 
maxsus dasturlar bo‘lib, ular kichik nashriyotlar yordamida gazeta- jurnallar, 
kitoblar, turli reklama mahsulotlari tayyorlashga mo‘ljallangan. Kichik nashriyot 
deganda, shaxsiy kompyuter dasturiy texnik vositalari hamda turli- tuman chop 
qiluvchi va boshqa qo‘shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlar tayyorlash 
jarayoni tushuniladi. Bunda bo‘lajak bosma maxsulotlar kkda tayyorlanib, bu matnni 
terish, tekshirish va tahrirlashdan to maketlashgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga 
oladi. Keyinchalik maket lazer printerda bitta asl nushada chop etib olinadi va undan 
so‘ng tayyorlangan hujjatning maketi rizograf deb nomlanuvchi maxsus qurilma 
yordamida ko‘paytiriladi. Kichik nashriyot bulardan tashqari muqovalovchi, 
broshyuralovchi va kesuvchi qurilmalar bilan ham ta’minlangan. 
Sifatli va asl maketlarni tayyorlash uchun bir qancha turdagi nashriyot 
tizimlaridan foydalanadi. Ularga misol qilib Page Maker, Ventura Publisher, Post 
Script, QuarkXPress, TEX, LATEX nashriyot tizimlarini keltirishimiz mumkin.
Shulardan biri va keng miqyosda ishlatiladigani Page Maker dasturlar paketi 
kitoblar matnini terish, taxrirlash, ko‘rib chiqish va chop qilishda juda qulay vosita 
hisoblanadi. 
Ventura Publisher esa gazeta- jurnallar matnini terish va chop etishga 
mo‘ljallangan. Uning yordamida matnni sahifalarga bo‘lish, matn bo‘laklarini zarur 
joylarga joylashtirish (Komponovka) va shunga o‘xshash ushbu sohada ko‘plab 
ishlatiladigan amallarni tez va qulay amalga oshirishi mumkin.
Turli formulali matnlarni (masalan, matematika, fizika, ximiya fanlariga oid) 
tayorlashda TEX va uning keyingi versiyalari bo‘lgan LATEX taxrirlovchi 
dasturlardan keng miqyosda foydalaniladi. 
Page Maker dasturi Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan 
yaratilgan keng imkoniyatli va qulay dasturdir. Uning ishlashi Microsoft Windows 
operatsion sistemasining to‘liq versiyasi bo‘lishini talab qiladi. Page Maker dasturi 
fayl va kataloglar bilan ishlaydi. Fayl nomi esa .pub kegaytmasi yordamida yoziladi. 
Boshqa katalogga o‘tish uchun sichqoncha ko‘rsatkichini tegishli belgiga keltirib 
(vertikal simvolga) uning chap tugmasi ikki marta bosiladi. Shundan so‘ng 


234 
ro‘yxatdan kerakli katalog nomi tanlanib, tugmachani ikki marta bosish orqali ishga 
tushiriladi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, nashriyot tizimlarining asosiy vazifasi 
nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi amallarni iloji boricha ko‘proq darajada 
avtomatlashtirishdir. Ularning afzalligi esa nashr sahifasi va uning umumiy 
ko‘rinishini tayyorlashdagi qulaylik hamda o‘zgartirishlar kiritishning osonligi va 
vaqt tejalishidir. Nashr sahifasining umumiy ko‘rinishini tayyorlashda xususiy 
kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib chiqarish 
uchun esa lazerli yoki post skript printeridan foydalanish ma’quldir. Matn va suratlar 
kompyuter xotirasiga oldindan kiritilishi lozim. Nashr asosiy elementlarini 
kompyuterda saqlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni to‘g‘ridan-to‘g‘ri harf 
terish qurilmasiga berish mumkin, shunda matn bilan suratlarni mos joylarga qo‘lda 
joylashtirishga ehtiyoj qolmaydi. 
Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli, 
qulay nashriyot sistemasidir. AQSH firmasining Yevropa bo‘limi 1989 yil sentabr 
oyida Page Maker dasturining ruscha variantini e’lon qildi. Page Maker dasturining 
ishlashi uchun Microsoft Office dasturining to‘liq versiyasi bo‘lishi talab qilinadi. 
Shaxsiy kompyuterning operatsion sistemasi bilan tanish bo‘lgan foydalanuvchi 
diskning formatlash, fayl nushasini hosil qilish, faylni o‘chirish, uni bosib chiqarish 
yoki dasturni ishga tushirish buyruqlarini albatta bilishi kerak. Windows muhiti 
operatsion sistemaning qobig‘i hisoblanib, foydalanuvchi uchun operatsion 
sistemaning barcha imkoniyatlarini uning buyruqlarini yoddan bilmasdan turib ishga 
tushirishga imkon beradi. 
Page Maker dasturi yordamida nashr sahifasini ekranda ko‘rish va unga chop 
qshgangunga qadar tegishli tuzatishlar kiritish mumkin, Barcha kerakli 
o‘zgartirishlar kiritilagndan so‘ng, asl nusha maketi harf terish qurilmasiga uzatiladi 
yoki lazerli printerda bosib chiqariladi. 
Har qanday hujjatni nashrga tayyorlashda quyidagi ishlarni bajarishga to‘g‘ri 
keladi: 
•Taxrirlangan qo‘lyozma elementlarini oxirigacha tayyorlash; 
•Kerakli surat, belgi va chizmalarni yaratish va joylashtirish; 


235 
•Original maket (asl nusha) ni tayyorlash. 
Ko‘rsatilgan rejani amalga oshirishda va ar bir sahifaning umumiy ko‘rinishini 
tayyorlashda Page Maker nashriyot dasturi ishlatilishi mumkin. Sahifani nashrga 
tayyorlash uchun qo‘lyozmaning matn va suratlarini qanday tartibda joylashtirish 
masalasini hal qilish lozim bo‘ladi. Ana shundan so‘ng, Page Maker dasturi 
yordamida asl nusha maketi tayyorlanadi. Agarda qo‘lyozma xajmi ma’lum bo‘lsa, 
sahifaning katta- kichikligini, suratlar va chizmalar egallaydigan joylarni, har bir 
sahifadagi ustunlar sonini va matning bosib chiqarish ko‘rinishini aniqlashimiz va 
sarlavhalarni turli ko‘rinishlarda ko‘rib chiqishiimz mumkin. Dasturda 17 xil 
ko‘rinishda to‘g‘ri chiziq, aylana va to‘g‘ri to‘rtburchak belgilarini chizishimiz 
mumkin. 
Page Maker dasturi uchun boshlang‘ich matnni ixtiyoriy matn muharririda 
tayyorlash mumkin. Lekin bu muharrirlar yordamida bir sahifada turli shriftlarda 
matn yozish va shu kabi bir qancha amallarni bajarish ancha qiyinchilik tug‘diradi. 
Nashriyot dasturlari esa matnni formatlashtirish uchun maxsus tuzilgan dasturlardir. 
Ushbu dastur turli matn muharrirlarida tayyorlangan matnlar vositasida yakuniy 
matnni tayyorlaydi. Tayyorlangan matnni nashriyot dasturiga uzatishdan oldin albatta 
uning xatolarini tekshirish lozim, chunki nashriyot dasturida tuzilgan matnni yana 
qaytadan o‘zgartirish uchun matn muharririga uzatish mumkin emas. 
Page Maker dasturi yordamida qo‘lyozmani kiritish, tahrirlash, qo‘lyozmani o‘qib 
chiqish, maxsus simvollar bilan ishlash va har xil chizmalar chizish kabi amallarni 
bajarish mumkin. 
Page Maker dasturi matn muharririda yuborilgan sahifa raqamlari, kolontitul va 
matnning o‘ng chegarasi kabi formatlash elementlarini qabul qilmaydi. Lekin u 
quyidagilarni qabul qiladi: 
• Shriftlar(garnitura va keglь), interlinyash, bosh harf va kichik harflar
qo‘shtirnoq va tire simvollarini avtomatik ravishda moslashtiradi; 
• Matn muxaririda o‘rnatilgan char chegara o‘zgarishsiz qoladi. Page Maker 
dasturi matn satrini ustun kengligida ajratadi; 


236 
• Matnning chap va o‘ng chegaralari Page Maker dasturi o‘rnatgan ustunlar 
chegarasiga asosan hisoblanadi. Masalan, matnlar faylida chap chegara 1 dyuym 
qilib belgilangan bo‘lsa, u holda Page Maker dasturi matnni joylashtirishda 
ustunning chap tomonidang 1 dyuym joy qoldiradi; 
• Enter va Return klavishlarining bosilishi holati paragrafning oxiri deb qabul 
qilinadi; 
• Tabulyatsiyaning ichki simvollari matnni yoki jadval ustunlarini tekislash 
uchun ishlatiladi. Rage Maker dasturida ustunning bitta satridagi tabulyatsiya 
simvollarining soni yigirmatadan oshmasligi kerak. 
Siz ishlatgan shrift o‘rnatilgan printerda bo‘lmagan taqdirda ham Page Maker 
dasturi o‘sha shriftni eslab qoladi. Matnni chop qilishda o‘sha shriftga ko‘rinishi 
yaqin bo‘lgan shrift ishlatiladi. Keyinchalik esa printerni almashtirib, kerakli shrift 
bilan matnni bosib chiqarish mumkin. Matnlarni ko‘pincha Page Maker dasturining 
o‘zida formatlash qulay hisoblanadi. 
Ba’zi maxsus simvollar kompyuter klaviaturasida bo‘lmasa siz uni Page Maker 
dasturida yoki Windows muhitidagi matn muharririda kiritishingiz mumkin. ANSI 
Windows simvollar to‘plamidagi ixtiyoriy simvol Alt klavishasini bosib turgan holda 
nol raqamini va ANSI simvolining kodini kiritish orqali amalga oshiriladi. Maxsus 
simvollarga savdo markasining beligsi, mualliflik xuquqi belgisi, boblar va 
paragraflarni belgilash simvollari, ochilgan va yopilgan qo‘shtirnoqlar, poligrafik 
tire va milliy alifboning o‘ziga xos maxsus belgilari kiradi. Agar ishlatilayotgan matn 
muxaririda bu belgilar bo‘lmasa, ularga joy tashlab ketishingiz va original maketni 
tayyorlagan paytda ularni Page Maker dasturida kiritishingiz mumkin. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling