O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
Python'ni o'rnatish. Python – bu o'rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari
yuqori bo'lgan oz sonlik dasturlash tillari qatoriga kiradi 292 O'rnatish Agar siz biror GNU/Linux distributivini ishlatayotgan bo'lsangiz ko'p xollarda sizning tizimingizda python o'rnatilgan bo'ladi. Buni tekshirib ko'rish uchun terminalingizdan quyidagi buyruqni ishga tushirib ko'ring. python -V Agar sizda Python 3.4.3 yozuvi yoki shunga o'xshash yozuv xosil bo'lsa unda xammasi joyida. Windows operatsiyalar tizimiga o'rnatish uchun www.python.org/downloads web saxifasiga o'tamiz va u yerdan oxirgi python versiyasini yuklab olamiz. Pythonni o'rnatish odatiy dasturlar ni o'rnatish kabi kechadi. Xech qanday qiyin joyi yo'q. Keyingi bosqichda python interpretatorini buyruqlar qatoridan(командной строки) ishga tushira olishimiz uchun biz python o'rnatilgan joy manzilini PATH deb nomlanuvchi o'zgaruvchiga qo'shib qo'yishimiz kerak bo'ladi. Misol uchun python C:\Python34\ manzilida o'rnatilgan bo'lsin. Quyidagi rasmlarda bu amallar batafsil ko'rsatilgan. 293 Shu bilan pythonni o'rnatish tugallandi. Endi tekshirib ko'ramiz. Buning uchun Windows + R tugmalarini bosamiz va cmd buyrug'ini yozib enter tugmasini bosamiz. 294 Xosil bo'lgan qora oynada python –version buyrug'ini ishga tushiramiz. Agar sizda xam rasmdagidek yozuv xosil bo'lgan bo'lsa demak amallar to'g'ri bajarilgan. 30-§. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari Multimedia dasturiy vositalari dasturiy maxsulotlarning nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muxitining o`zgarishi, lazerli disklarning paydo bo`lishi, ma’lumotlarni tarmoqli texnologiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi. Mul’timedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishni mujassamlangan holdagi ko’rinishidir. Mulьtimedia (mulьtimedia - ko’p muxitlilik) – bu kompьyuter texnologiyasining turli xil fizik ko’rinishiga ega bo’lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya, video va h.k.) va 295 turli xil tashuvchilarda mavjud bo’lgan (magnit va optik disklar, audio- va video- lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog’liq soxasidir. Mulьtimedia foydalanuvchiga fantastik(virtual haqiqiy) dunyoni yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarni yaratib beradi, bunda foydalanuvchi chekkadagi sust kuzatuvchi rolini bajarmasdan, balki u yerda avj olayotgan xodisalarda faol ishtirok yetadi; shu bilan birga muloqat foydalanuvchi uchun odatlangan tilda - birinchi navbatda tovushli va videoobrazlar tilida bo’lib o’tadi. Mulьtimedia - kompьyuterda axborotning turli xil ko’rinishlari: rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlangan musiqalar, annimatsiya, shuningdek to’laqonli videokliplar, xatto videofilьmlar bilan ishlashdir. Mulьtimedia– bu zamonaviy kompьyuterli axborot texnologiyalari bo’lib, matn, tovush, videotasvir, grafik tasvir va animatsiyani (mulьtiplekatsiyani) yaxlit kompьyuter tizimiga birlashtirish imkonini yaratadi. Mulьtimedia amaliyotdagi ish tartibi – bu apparat-dasturiy muxit bo’lib, kompьyuterga axborotni kiritish, ishlov berish, saqlash, uzatish va matn, chizmalar, videotasvir, tovush hamda nutqlarni insonga zarur va qulay holatda yetkazishdir. Birinchidan – foydalanuvchiga albatta interfaollikni taqdim etadigan, ya’ni inson va kompьyuter o’rtasida buyruqlar va javoblar almashinuvini ta’minlab, dialog muhitini yaratadigan dasturiy mahsulot. Ikkinchidan, turli video va audio effektlar ishlatiladigan muhit. U tomoshabinga o’zicha u yoki bu ilovani tanlash imkonini beruvchi videofilьmni eslatadi. Mulьtimedia mahsuloti – tarkibida musiqa taraladigan, videokliplar, animatsiya, rasmlar va slaydlar galereyasi, turli ma’lumotlar bazalari va boshqalar kirishi mumkin bo’lgan interfaol, kompьyuterda ishlangan mahsulotdir. Mulьtimedia texnologiyasi axborotni bir vaqtning o’zida insonga tushunarli, ko’p shakllar (jumladan, nutq, rasm, chizma, tasvir, musiqa, raqam va harflar) kombinatsiyasida xavola qila oladi. Bu texnologiya axborotni qidirish, nusxa olish va boshqa biror kompьyuterga ko’rsatilgan shaklda, ko’chirib o’tkaza oladi hamda ularning hohlagan kombinatsiyasini yarata oladi. Undan tashqari mulьtimedia texnologiyasidan foydalanuvchi o’zi dizayn bilan shug’ullana olishiga imkon beradi, shuningdek statik (harakatsiz) va dinamik (harakatlanuvchi) tasvirlarni yaratishi 296 hamda o’z ijodiy ishining natijalarini aloqa kanallari orqali tashqi muxitga tarqatishi mumkin. Mulьtimedia tizimlarining jadallik bilan rivojlanishiga shaxsiy kompьyuterlarning imkoniyatlarini kengayganligi va texnik, dasturiy vositalarining rivojlanishi sabab bo’ldi. Oxirgi yillarda kompьyuterning tezligi va xotira qurilmalarning sig’imi keskin oshdi, shuningdek grafik imkoniyatlari kengayib, tashqi xotira qurilmalarining texnik ko’rsatgichlari yaxshilandi. Mulьtimedia texnologiyalarining rivojlanishiga videotexnika yo’nalishi, lazer disklar, shuningdek yozish texnikasining hamda tovush va tasvirni xosil qilish texnologiyalarining rivojlanishi katta xissa qo’shdi. Axborotlarni xotirada ixcham (zich) joylash va saqlash maqsadida tez va samarali o’zgartirish usullarini yaratilishi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Mulьtimedia vositalari- bu apparat va dasturlar to’plami bo’lib, u insonga o’zi uchun tabiiy bo’lgan turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalarni ishlatgan holda kompьyuter bilan muloqot qilish imkonini beradi. Tasvirlarni ko’rish va ular bilan ishlash uchun mo’ljallangan dasturiy vositalarga Adobe Photoshop, Corel Photo-Paint, Paint Shop Pro, Microsoft Picture It!, Visualizer Photo Studio, Pixel image editor, PixBuilder Photo Editor, Fo2Pix ArtMaster lar kiradi. Ixtisoslashtirilgan dasturlarga mulьtimedia ilovalarini yaratuvchi dasturiy vositalar kiradi. Bu toifadagi dasturlarga grafik muharrir, videotasvir muharriri, tovushli axborotni xosil qilish va muharrirlash vositalari kiradi. Mulьtimedia 2 Mulьtimedia dasturiy vositalari Text Text Microsoft Word, Corel WordPerfect, Tex, Latex Graphics (i.e., vectors) Corel Draw, Adobe Illustrator, Macromedia Fireworks, Adobe ImageReady, Macromedia Flash Image (i.e., bitmap) Adobe Photoshop, Jasc Paint Shop Pro, Macromedia Fireworks 2 Bent B.Andresen and Katja van den Brink. Multimedia in Education.UNESCO Institute for Information Technologis in Education. 2013.ISBN 978-5-7777-0556-3.p.3 297 Audio Sony Sound Edit Pro, Sony Sound Forge for Windows, Sony Acid, Cakewalk products Synthetic Video (animation) AutoDesk AutoCAD, Discreet 3D Studio (MAX), Virtus 3D Website Builder, Macromedia Flash, Electric Image Amorphium Pro, Alias Maya Captured Video Adobe Premiere, Avid, Media 100 products, Ulead Media Studio Pro, Microsoft MovieMaker, Apple iMovie Authoring Systems for All Media Macromedia Director, Macromedia Dreamweaver, Click2learn Toolbook, Microsoft Front Page, Adobe Page Mill, Microsoft PowerPoint with Producer Mulьtimedia tizimlarini paydo bo’lishi axborot texnologiyalarini rivojlanishiga va ilm-fanda, taьlimda, savdoda (biznesda) tibbiyotda keng ko’lamda tadbiq etilishiga turtki bo’ldi. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling