O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Ob’ekt harakati traektoriyasini boshqarish


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Ob’ekt harakati traektoriyasini boshqarish 
Flash da asosiy qatlam - Guide Layer tushunchasi mavjudAsosiy qatlamlar 
ikkita xususiyatga ega: 

birinchidan, siz unga faqat tahrirlash rejimida ko`rinadigan izohlar 
joylashingiz mumkin. Bu izohlar SWF formatiga eksport qilinmaydi; shu ma’noda 
Guideso`zini «boshqarish», «ko`rsatma» deb tushunish mumkin; 

ikkinchidan, asosiy qatlam yordamida ob’ektning bir joydan ikkinchi joyga 
ko`chish harakati traektoriyasini boshqarish mumkin (tweened-animatsiya harakati 
yordamida).
Guide qatlamni yaratish uchun quyidagi ketma-ketlikni amalga oshirish kerak: 
1. Vaqt diagrammasi panelida qatlamlar ro`yxatidan ixtiyoriy qatlam ustida 
sichqon o`ng tugmasini bosing va kontekstli menyudan Insert Layer buyrug’ini 
bering 
2. Yangi hosil qilingan qatlam ustida sichqon o`ng tugmasini bosing va 
kontekstli menyudan Guide bandini tanlang 
Natijada qatlamlar ro`yxatida qatlam nomi yaqinida bolg’acha ko`rinishidagi 
belgi hosil bo`ladi. Bu belgi faqat tahrirlovchi uchun mo`ljallanganini bildirib, 
foydalanuvchilar («tomoshabinlar») buni ko`rishdan mustasno.
Yuqorida aytilganidek bosh qatlamning ikkinchi ko`rinishi harakatlanayotgan 
ob’ekt traektoriyasini (bosib o`tishi kerak bo`lgan yo`lni chizmasini) belgilaydi.
Ob’ektni ko`rsatilgan traektoriyada harakatlantirish uchun quyidagi ketma-
ketlikni bajarish kerak: 


320 
1. Animatsiyalangan ob’ekt qatlamining nomi ustida sichqon o`ng tugmasini 
bosing.
2. Kontekstli menyudanAdd Motion Guidebuyrug’ini bering; natijada 
qatlamlar ro`yxatida maxsus belgi ostida asosiy qatlam hosil bo`ladi.
3. Asosiy qatlamni faollashtirish uchun uni nomi ustida sichqon-cha chap 
tugmasi bilan bosamiz.
4. Chizishning ixtiyoriy instrumenti yordamida (Pen, Pencil, Oval, Brush, 
Rectangle) ob’ekt harakatlanish traektoriyasini tasvirlang.
5. Animatsiyaning birinchi kadri katakchasini sichqoncha chap tugmasi bilan 
belgilang va Properties panelidan Orient to Path (marshrut bo`yicha mo`ljal olish) 
bayroqchasini tanlang; 
6. Animatsiyaning oxirgi kadri katakchasini sichqon chap tugmasi yordamida 
belgilang vakadrning Properties panelidan xuddi shu bayrokchani o`rnating.
7. Animatsiyalangan ob’ektdan belgilashni olib tashlab, filni namoyish qilish 
uchun Control > Test Movie buyrug’ini bering.
Eslatma. Agar siz kesishadigan traektoriya hosil qilgan bo`lsangiz, u holda 
ob’ekt kesishish natijasida hosil qilgan yo`l bo`yicha harakatlanadi

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling