72
ahamiyatli yutuq bo‘lib qoldi. O‘sha davrda IA-64 arxitekturasi
ilk bor Itanium
protsessorida joriy etilishi va 2000 yilda ishlab chiqarila boshlanishi rejalashtirilgan
edi. Ushbu protsessor o‘sha yillarda mavjud arxitekturalarda kuzatilgan
cheklanishlarni yengib o‘tishi hamda bo‘lg‘usi ravnaqi uchun ish unumdorligining
zaxirasini ta’minlashi kutilgan. Itanium negizida tayyorlanadigan
serverlar va ish
stansiyalari EPIC (Explicitly Parallel Instruction Computing) deb nom olgan yangi
funksional imkoniyatlar kompleksi tufayli misli ko‘rilmagan ish unumdorligi,
masshtablanishi bilan ajralib turishi rejalashtirilgan.
Pentium mikroorocessorlari
80586 (R5) mikroprotsessorlari Intel firmasi tomonidan patentlantan Pentium
tavar markasi bo`yicha ko`proq ma’lumdir (boshqa firmalarning 80586 MP
boshqacha belgilanishga ega: AMD firmasida K5, Cyrix firmasida Ml va b.). Bu
mikroprotsessorlar besh pag’onali konveyerli strukturaga ega bo`lib,
u ketma-ket
buyruqlarning bajarilish taktlarini ko`p marotaba birgalikda ishlashini ta’minlaydi
va yana boshqarishni shartli uzatish buyruqlari uchun kesh-buferga ega bo`lib, u
dasturlarni tarmoqlanish yo`nalishini oldindan aytish imkonini beradi;
samarali
tezkorligi bo`yicha ular har bir buyruqni go`yoki bir takt ichida bajaradigan RISC
MP lariga yaqinlashadi. Pentium 32razryadli adresli shinaga va 64-razryadli
ma’lumotlar shinasiga egadir. Tizim bilan qiymatlarni almashish sekundiga 1 Gbayt
tezlik bilan bajarilishi mumkin.
Hamma Pentium MP larida har biriga 16 Kbaytdan alohida buyruqlar uchun,
alohida ma’lumotlar uchun sozlangan kesh-xotira va 2-darajali kesh-xotiraning
sozlangan nazoratchisi (bu nazoratchini MP ning ichki
chastotasida ishlashini
ta’minlaydi) bor; maxsuslashgan konveyerli texnikaviyli qo`shish, ko`paytirish va
bo`lish bloklari bor bo`lib, ular siljib yuradigan nuqtali amallarning bajarilishini
jiddiy tezlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: