O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
Pentium III rusumli protsessor 1999 yil Intel korporatsiyasi Pentium III va Pentium III Xeon protsessorlarini havola etdi. Stol ustiga o‘rnatiladigan shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan Intel Pentium III protsessorida zikr etilgan yilga qadar ish unumdorligini misli ko‘rilmagan darajada oshishi, boshqarilish va Internet bilan ishlash qulayligini ta’minlash borasida erishilgan texnologik yutuqlar mujassam etilgan. Internet foydalanuvchilari va axborot berib boriladigan multimedia-ilovalar uchun asosiy innovatsiya (yangi paydo bo‘lgan narsa) – axborot oqimlariga oid SIMD- kengaytirishlar bo‘ldi. Ularga kirgan 70 ta yangi komandalar tasvirlar, 3D- grafikalar, tovushli va video axborot oqimlariga ishlov berish, shuningdek nutqni tanib olish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Internetilovalarning kelgusi avlodlari uchun ham yetarli bo‘ladigan quvvati uchun ham Pentium III protsessor – uzoqni ko‘ra bilgan shaxsiy kompyuter foydalanuvchilari uchun a’lo kompyuter bo‘lib qoldi. Mazkur protsessorlarning barchasi 0,18 mikronli ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyasi asosida ommaviy ravishda ishlab chiqariladi. Ushbu texnologiya takt chastotasining oshishini, bir qator muhim yangiliklar kiritilgani bois ish unumdorligi yanada ortishini, energiya iste’moli pasayishini ta’minladi, o‘lchami odam sochi 71 tolasining besh yuzdan bir qismi o‘lchamiga teng narsalarga ishlov berish imkoniyatini beradi. Stol ustiga o‘rnatiladigan va olib yuriladigan shaxsiy kompyuterlar uchun chiqarilgan Pentium III, shuningdek, serverlar va ish stansiyalari uchun ishlab chiqarilgan Pentium III Xeon protsessorlari prinsipial jihatdan yangi sanalgan bir qator o‘ziga xos texnologik xususiyatlarga ega. Bunday xususiyatlar jumlasiga Advanced Transfer Cache rusumli 2 darajaga mansub kesh-xotira qurilmasi hamda tizimga oid takomillashtirilgan buferlashtirish jarayoni kiradi. Advanced Transfer Cache texnologiyasining qo‘llanilishi protsessor yadrosi bilan protsessor ichiga o‘rnatilgan, 256 Kbayt hajmli 2- darajaga mansub to‘la tezlik bilan ishlovchi kesh-xotira qurilmasi o‘rtasidagi signal o‘tkazish yo‘lini ikki hissa ko‘paytirish imkonini yaratdi. O‘z navbatida, tizimga oid takomillashtirilgan buferlashtirish jarayoni “buferlar”ning soni ortishi tufayli ma’lumotlarning tizim shinasidan protsessorga jadal o‘tishini ta’minlaydi. 0,18 mikronli yangi ishlab chiqarish jarayonida ftor bilan legirlangan kremniy dioksididan (SiOF) tayyorlangan kam hajmli izolyatorlarga ega alyuminiydan qilingan olti qatlamli o‘zaro birikmalar qo‘llaniladi. Bu esa, o‘z navbatida, iste’mol qilinadigan kuchlanishni 1,1-1,65 Voltga qadar pasaytirish imkonini yaratadi (bugungi protsessorlar ichida eng ko‘p energiya iste’mol qiladiganlari 1,35 Volt kuchlanish iste’mol qiladi). Pentium III protsessorlari kontaktlari bir tomonda joylashtirilgan kartridj ko‘rinishida ishlab chiqariladi (Single Edge Contact Cartridge 2, S.E.C.C.2). Bunday kartridj protsessorni o‘rnatish va himoya qilish qulayligini hamda kelgusida ishlab chiqariladigan yuqori unumdor tizimlarga moslashishini ta’minlaydi. 440BX rusumli AGPplatforma bilan mos kelishi protsessorning mavjud tizimlarga o‘rnatish imkonini beradi va kompyuter bozorida yanada yangi kompyuterlar chiqarilishini jadallashtiradi. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling