O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy vazifadagi ADP
Asboblarni kesish uskunalari
Trim uskunasi moslamalarni istalgan joylarni yo`q qilishga imkon beradi. Pichoq uskunasi moslamalarni kesishga imkon beradi. Virtual Segmentni o`chirish uskunasi kesishishlar orasidagi moslamalarni qisqartirishga imkon beradi. Silgi uskunasi chizilgan qismlarini o`chirishga imkon beradi. Savol va topshiriqlar: 1. COREL DRAW dasturida kanday ishlar bajariladi. 2. Fayl bo`limiga nimalar kiradi. 3. Dastur asboblar paneli xaqida ma’lumot bering. 232 22-§.Amaliy dasturlar paketi va ularning kasbiy sohalarda qo‘llanilishi Amaliy dasturlar paketlari (ADP) foydalanuvchi xal etayotgan vazifalarini avtomatlashtirishning kuchli kurolidir, u axborotni qayta ishlash bo`yicha kompyuter biror ishni qanday bajaryotganini bilish zaruriyatdan amalda to‘liq ozod etadi. Hozirligi paytda o`z funksional imkoniyatlari va amalga oshirish usullariga ko`ra farqlanuvchi ADPning keng spektri mavjud. ADPning quyidagi turlari farqlanadi: - umumiy vazifadagi (universal); -uslubiy yo`naltirgan; -global tarmoq; -hisoblash jarayon tashkilotlari (ma’muriylashtirish). Umumiy vazifadagi ADP - foydalanuvchi va umuman axborot tizimi funksional vazifalarni ishlab chikish va foydalanishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan Nashriyot tizimida qo‘llanilarigan Pagemaker dasturi va uning imkoniyatlari Keyingi paytlarda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo bo‘la boshladi. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter bazasida, turli tez chop qiluvchi va boshqa qo‘shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlari (kitob, oynoma, jurnal, broshyuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi.bunda bo‘lajak bosma mahsulotlari kompyuterda tayyorlanadi, ya’ni kompyuter varaqlash, asl maketlash ishlari ham kompyuterda bajariladi. Rizograf esa asl maket shaklida kompyuterda tayyorlangan, chop qilish uchun ishlatiladi va u minutiga o‘rtacha 130 sahifani chop qilishi mumkin. Rizograflarning turli xillari mavjud. Ular rangli bo‘lib, turli chop qilish tezligiga ega bo‘ladi. 233 Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn muharrirlari shu soha uchun yaratilgan maxsus dasturlar bo‘lib, ular kichik nashriyotlar yordamida gazeta- jurnallar, kitoblar, turli reklama mahsulotlari tayyorlashga mo‘ljallangan. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter dasturiy texnik vositalari hamda turli- tuman chop qiluvchi va boshqa qo‘shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlar tayyorlash jarayoni tushuniladi. Bunda bo‘lajak bosma maxsulotlar kkda tayyorlanib, bu matnni terish, tekshirish va tahrirlashdan to maketlashgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Keyinchalik maket lazer printerda bitta asl nushada chop etib olinadi va undan so‘ng tayyorlangan hujjatning maketi rizograf deb nomlanuvchi maxsus qurilma yordamida ko‘paytiriladi. Kichik nashriyot bulardan tashqari muqovalovchi, broshyuralovchi va kesuvchi qurilmalar bilan ham ta’minlangan. Sifatli va asl maketlarni tayyorlash uchun bir qancha turdagi nashriyot tizimlaridan foydalanadi. Ularga misol qilib Page Maker, Ventura Publisher, Post Script, QuarkXPress, TEX, LATEX nashriyot tizimlarini keltirishimiz mumkin. Shulardan biri va keng miqyosda ishlatiladigani Page Maker dasturlar paketi kitoblar matnini terish, taxrirlash, ko‘rib chiqish va chop qilishda juda qulay vosita hisoblanadi. Ventura Publisher esa gazeta- jurnallar matnini terish va chop etishga mo‘ljallangan. Uning yordamida matnni sahifalarga bo‘lish, matn bo‘laklarini zarur joylarga joylashtirish (Komponovka) va shunga o‘xshash ushbu sohada ko‘plab ishlatiladigan amallarni tez va qulay amalga oshirishi mumkin. Turli formulali matnlarni (masalan, matematika, fizika, ximiya fanlariga oid) tayorlashda TEX va uning keyingi versiyalari bo‘lgan LATEX taxrirlovchi dasturlardan keng miqyosda foydalaniladi. Page Maker dasturi Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli va qulay dasturdir. Uning ishlashi Microsoft Windows operatsion sistemasining to‘liq versiyasi bo‘lishini talab qiladi. Page Maker dasturi fayl va kataloglar bilan ishlaydi. Fayl nomi esa .pub kegaytmasi yordamida yoziladi. Boshqa katalogga o‘tish uchun sichqoncha ko‘rsatkichini tegishli belgiga keltirib (vertikal simvolga) uning chap tugmasi ikki marta bosiladi. Shundan so‘ng 234 ro‘yxatdan kerakli katalog nomi tanlanib, tugmachani ikki marta bosish orqali ishga tushiriladi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, nashriyot tizimlarining asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi amallarni iloji boricha ko‘proq darajada avtomatlashtirishdir. Ularning afzalligi esa nashr sahifasi va uning umumiy ko‘rinishini tayyorlashdagi qulaylik hamda o‘zgartirishlar kiritishning osonligi va vaqt tejalishidir. Nashr sahifasining umumiy ko‘rinishini tayyorlashda xususiy kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asl nusxa maketini bosib chiqarish uchun esa lazerli yoki post skript printeridan foydalanish ma’quldir. Matn va suratlar kompyuter xotirasiga oldindan kiritilishi lozim. Nashr asosiy elementlarini kompyuterda saqlashning asosiy afzalligi shundaki, matnni to‘g‘ridan-to‘g‘ri harf terish qurilmasiga berish mumkin, shunda matn bilan suratlarni mos joylarga qo‘lda joylashtirishga ehtiyoj qolmaydi. Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli, qulay nashriyot sistemasidir. AQSH firmasining Yevropa bo‘limi 1989 yil sentabr oyida Page Maker dasturining ruscha variantini e’lon qildi. Page Maker dasturining ishlashi uchun Microsoft Office dasturining to‘liq versiyasi bo‘lishi talab qilinadi. Shaxsiy kompyuterning operatsion sistemasi bilan tanish bo‘lgan foydalanuvchi diskning formatlash, fayl nushasini hosil qilish, faylni o‘chirish, uni bosib chiqarish yoki dasturni ishga tushirish buyruqlarini albatta bilishi kerak. Windows muhiti operatsion sistemaning qobig‘i hisoblanib, foydalanuvchi uchun operatsion sistemaning barcha imkoniyatlarini uning buyruqlarini yoddan bilmasdan turib ishga tushirishga imkon beradi. Page Maker dasturi yordamida nashr sahifasini ekranda ko‘rish va unga chop qshgangunga qadar tegishli tuzatishlar kiritish mumkin, Barcha kerakli o‘zgartirishlar kiritilagndan so‘ng, asl nusha maketi harf terish qurilmasiga uzatiladi yoki lazerli printerda bosib chiqariladi. Har qanday hujjatni nashrga tayyorlashda quyidagi ishlarni bajarishga to‘g‘ri keladi: •Taxrirlangan qo‘lyozma elementlarini oxirigacha tayyorlash; •Kerakli surat, belgi va chizmalarni yaratish va joylashtirish; 235 •Original maket (asl nusha) ni tayyorlash. Ko‘rsatilgan rejani amalga oshirishda va ar bir sahifaning umumiy ko‘rinishini tayyorlashda Page Maker nashriyot dasturi ishlatilishi mumkin. Sahifani nashrga tayyorlash uchun qo‘lyozmaning matn va suratlarini qanday tartibda joylashtirish masalasini hal qilish lozim bo‘ladi. Ana shundan so‘ng, Page Maker dasturi yordamida asl nusha maketi tayyorlanadi. Agarda qo‘lyozma xajmi ma’lum bo‘lsa, sahifaning katta- kichikligini, suratlar va chizmalar egallaydigan joylarni, har bir sahifadagi ustunlar sonini va matning bosib chiqarish ko‘rinishini aniqlashimiz va sarlavhalarni turli ko‘rinishlarda ko‘rib chiqishiimz mumkin. Dasturda 17 xil ko‘rinishda to‘g‘ri chiziq, aylana va to‘g‘ri to‘rtburchak belgilarini chizishimiz mumkin. Page Maker dasturi uchun boshlang‘ich matnni ixtiyoriy matn muharririda tayyorlash mumkin. Lekin bu muharrirlar yordamida bir sahifada turli shriftlarda matn yozish va shu kabi bir qancha amallarni bajarish ancha qiyinchilik tug‘diradi. Nashriyot dasturlari esa matnni formatlashtirish uchun maxsus tuzilgan dasturlardir. Ushbu dastur turli matn muharrirlarida tayyorlangan matnlar vositasida yakuniy matnni tayyorlaydi. Tayyorlangan matnni nashriyot dasturiga uzatishdan oldin albatta uning xatolarini tekshirish lozim, chunki nashriyot dasturida tuzilgan matnni yana qaytadan o‘zgartirish uchun matn muharririga uzatish mumkin emas. Page Maker dasturi yordamida qo‘lyozmani kiritish, tahrirlash, qo‘lyozmani o‘qib chiqish, maxsus simvollar bilan ishlash va har xil chizmalar chizish kabi amallarni bajarish mumkin. Page Maker dasturi matn muharririda yuborilgan sahifa raqamlari, kolontitul va matnning o‘ng chegarasi kabi formatlash elementlarini qabul qilmaydi. Lekin u quyidagilarni qabul qiladi: • Shriftlar(garnitura va keglь), interlinyash, bosh harf va kichik harflar, qo‘shtirnoq va tire simvollarini avtomatik ravishda moslashtiradi; • Matn muxaririda o‘rnatilgan char chegara o‘zgarishsiz qoladi. Page Maker dasturi matn satrini ustun kengligida ajratadi; 236 • Matnning chap va o‘ng chegaralari Page Maker dasturi o‘rnatgan ustunlar chegarasiga asosan hisoblanadi. Masalan, matnlar faylida chap chegara 1 dyuym qilib belgilangan bo‘lsa, u holda Page Maker dasturi matnni joylashtirishda ustunning chap tomonidang 1 dyuym joy qoldiradi; • Enter va Return klavishlarining bosilishi holati paragrafning oxiri deb qabul qilinadi; • Tabulyatsiyaning ichki simvollari matnni yoki jadval ustunlarini tekislash uchun ishlatiladi. Rage Maker dasturida ustunning bitta satridagi tabulyatsiya simvollarining soni yigirmatadan oshmasligi kerak. Siz ishlatgan shrift o‘rnatilgan printerda bo‘lmagan taqdirda ham Page Maker dasturi o‘sha shriftni eslab qoladi. Matnni chop qilishda o‘sha shriftga ko‘rinishi yaqin bo‘lgan shrift ishlatiladi. Keyinchalik esa printerni almashtirib, kerakli shrift bilan matnni bosib chiqarish mumkin. Matnlarni ko‘pincha Page Maker dasturining o‘zida formatlash qulay hisoblanadi. Ba’zi maxsus simvollar kompyuter klaviaturasida bo‘lmasa siz uni Page Maker dasturida yoki Windows muhitidagi matn muharririda kiritishingiz mumkin. ANSI Windows simvollar to‘plamidagi ixtiyoriy simvol Alt klavishasini bosib turgan holda nol raqamini va ANSI simvolining kodini kiritish orqali amalga oshiriladi. Maxsus simvollarga savdo markasining beligsi, mualliflik xuquqi belgisi, boblar va paragraflarni belgilash simvollari, ochilgan va yopilgan qo‘shtirnoqlar, poligrafik tire va milliy alifboning o‘ziga xos maxsus belgilari kiradi. Agar ishlatilayotgan matn muxaririda bu belgilar bo‘lmasa, ularga joy tashlab ketishingiz va original maketni tayyorlagan paytda ularni Page Maker dasturida kiritishingiz mumkin. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling