237
Page Maker (PM)
programmasi ishga tushgach, yangi hujjat tayyorlashga
kirishamiz. Buning uchun
File (fayl) menyusini ochib, undagi
New (Novo‘y -yangi)
buyrug‘ini tanlaymiz.
Ekranda Document Setup (hujjat parametrlari) muloqot
oynasi paydo bo‘ladi.
«Hujjat parametrlari» muloqot oynasi.
Bu oyna elementlari yordamida
hujjat sahifalarining soni, o‘lchamining
qiymatlari kiritiladi.
Target Printer resolution (Razresheniye - bosib chiqaruvchi
qurilma qobiliyati) parametri yordamida bosib chiqaruvchi qurilmaning turiga
qarab, kerakli qiymat o‘rnatiladi: agar bu ish suratli
terish avtomatida bajarilsa,
qiymati 2450 bo‘lishi mumkin, agar lazerli printer bo‘lsa, qiymati 300 yoki 600
bo‘lishi mumkin. Bosib chiqaruvchi qurilma turini nashr qilinadigan sahifani
tayyorlashdan oldin aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Bu ishni Dosument
Setup(Parametri dokumenta-Hujjat parametrlari) muloqot oynasidagi
Compose to
printer (printer uchun tayyorlash) ro‘yxati yordamida bajaramiz. Ayrim hollarda
bunday qurilma lazerli printer bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘p hollarda yuqori sifatli
238
surat teruvchi avtomatdan foydalaniladi. Bosib chiqaruvchi
qurilmani oldindan
aniqlash RM programmasi uchun kerakli shrift garnituralari va ranglar haqida
ma’lumot beradi. Agar qurilma turi ish davomida o‘zgartirilsa, nash qilinayotgan
sahifaning umumiy ko‘rinishi o‘zgarib ketishi mumkin. Muloqot oynasida hamma
parametrlarni o‘rnatib bo‘lgach
OK tugmasida sichqoncha tugmasini bitta bosiladi.
Ekranda toza sahifa ko‘rinishi paydo bo‘ladi.
Yangi hujjatning toza sahifasi.
Sahifaga kerakli ma’lumotlar yozilganidan so‘ng, uni xotirada saqlash kerak.
Buning uchun
File menyusining Save (Soxranit-saqlash) yoki
Save as (Soxranit
kak...-qaysi ko‘rinishda saqlash...) buyrug‘ini tanlanadi, yoki
Ctrl-S tugmalarini
bosiladi. Yangi hujjatni saqlanmoqchi bo‘linsa ekranda muloqot oynasi ochiladi.
Hujjat saqlanadigan fayl nomini kiritib, muloqot oynasini yopish mumkin. Agar
hujjatning muqobil(alternativ) variantini boshqa nom bilan saqlanmoqchi bo‘lsa,
Do'stlaringiz bilan baham: