O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Ichki modem qurilma ichki platasining raz`yoniga qo`yiladigan adapter
ko`rinishga ega, masalan, kompyuter tizimi platasi ISA interfeysining slotiga
va telefonli aloqa liniyasiga ulash uchun RJ-11 tipidagi yevrorazyonga ham ega. 
Tashqi modem - bu odatda katta bo`lmagan quticha ko`rinishdagi
mustaqil konstruksiya bo`lib, u manba - bloki, apparaturaga (kompyuterni ketma-
ket portiga RS-232) va telefon kanaliga (RJ-11 raz`yoni) ulash uchun raz`yonlar 
va indinetorli panel bilan jihozlangan. Indikatorlar modemning ish rejimlari 
to`g`risida ma`lumot beradi.
Multimedia  - Kompyuter yordamida tovushli va rolikli multi-kinolarni 
ko`rish imkoniyatini yaratib beruvchi qurilma. Multimedia - bu kompyuter 
texnologiyasining turli xil fizik ko`rinishga ega bo`lgan (matn, grafik, rasm,
tovush, animasiya, video va boshqalar) va turli xil tashuvchilarda mavjud
bo`lgan (magnit va optik disklar, audio- va video-lentalar va boshqalar) 
axborotdan foydalanish bilan bog`liq sohasidir. 
Multimedia (multimedia - ko`p muhitlilik) vositalari bu apparat va 
dasturlar to`plami bo`lib, u insonga o`zi uchun tabiiy bo`lgan juda turli-tuman 
muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalarni ishlatgan 
holda kompyuter bilan muloqot qilish imkonini beradi. Multimedia
foydalanuvchiga fantastik dunyoni (virtual haqiqiy) yaratishda juda ajoyib
imkoniyatlarni yaratib beradi, bunda foydalanuvchi chekkadagi sust kuzatuvchi
rolini bajarmasdan, balki u yerda avj olayotgan hodisalarda faol ishtirok etadi.
Shu bilan birga muloqot foydalanuvchi uchun odatlangan tilda -birinchi 
navbatda tovushli va video obrazlar tilida bo`lib o`tadi.
Multimedia vositalariga quyidagilar kiradi: ma`lumotlarni audio - (nutqli) va 
video kiritish va chiqarish qurilmalari; yuqori sifatli tovushli (Sound) va video
-(Video) adapterlar, video raqamlash adapterlari, ular video magnitofondan yoki 
video kameradan tasvirni oladi va uni SHKga kiritadi; yuqori sifatli 


28 
kuchaytirgichli, tovush kolonkali, katta video ekranli akustik va video qabul 
qiladigan tizimlar, hozirdayoq keng tarqalgan skanerlar (chunki ular
kompyuterga bosma matnlarni va rasmlarni avtomatik kiritish imkonini beradi);
yuqori sifatli printerlar va plotterlar. 
Strimer - kompyuterning vinchesteridagi ma`lumotlarni nusxasini
zaxiraga olish uchun mo`ljallangan qurilma. SHKning qurilmalari uning texnik 
ta`minotini tashkil etadi. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling