O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rangli skanerlar
- Tarmoq adapteri
Oq-qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni o`qishi mumkin.
Shtrixli tasvirlar nimranglarni, yoki boshqacha aytganda, qo`l rang darajalarini uzatmaydi. Nimrangli tasvirlar qo`l rangning 16, 64 yoki 256 darajalarini anglash va uzatish imkonini beradi. Rangli skanerlar oq-qora va rangli asl nusxalar (originallar) bilan ishlaydi. Birinchi holatda ular ham shtrixli, ham nimrangli tasvirlarni o`qish uchun ishlatilishi mumkin. Rangli skanerlarda rangli RGB (Red-Green-Blue) moduli ishlatiladi. Skanerlanadigan tasvir aylanadigan RGB yorug`lik filtri yoki ketma-ket yondiriladigan uchta rangli chiroqlar orqali yoritiladi. Har bir asosiy rangga mos signal alohida qayta ishlanadi. Uzatiladigan ranglar soni 256 tadan 65536 tagacha (High Color standarti) va hatto 16,8 milliontagacha (True Color standarti) tebranishi mumkin. Skanerlarning o`tkazish qobiliyati 23 tasvirning bir dyumdagi ajratiladigan nuqtalar miqdori bilan o`lchanadi va 75 dan 1600 dpi gacha (dot perinch) bo`ladi. Konstruktiv jihatdan skanerlar dastakli va stolli bo`ladi. Stolli skanerlar, o`z navbatida planshetli, rolikli va proeksion bo`ladi. Shaffof tashuvchilardan tasvirni o`qiydigan slayd-skanerlar alohida ajralib turadi. Dastakli skanerlarning tuzilishi juda oddiydir. Ular qo`l bilan tasvir bo`ylab siljitiladi. Ular yordamida bir marta o`tishda tasvir satrlarining ozgina miqdori kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastakli skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo`lib, u skanerlashning ruxsat etiladigan tezligi oshganligini operatorga bildirib turadi. Bu skanerlar kichik o`lchamli va past narxdadir. Skanerlash tezligi 5- 50 mm/s (o`tkazish qobiliyatiga bog`liq). Tarmoq adapteri - kompyuterni mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beruvchi qurilma; Bunda foydalanuvchi tarmoqdagi boshqa kompyuter ma`lumotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladi. Tarmoq adapterlarining bir nechta turlari bo`lib, axborotni uzatish va qabul qilish tezligi bilan farqlanadi. Unda axborot tezligi bit/sek bilan o`lchaniladi. Tarmoq texnologiyasining rivojlanishi bu adapterlarning keng tarqalishiga va qo`llanishiga olib keldi. Hozirgi kunda SHKlarni bu adaptersiz tasavvur qilish mushkul albatta. Shuning uchun Pentium IV rusumli SHKlar bu adapterlar uning prosessorlariga biriktirilgan (yopishgan) ko`rinishlari bor. Ularning tezligi 100 Mbit/sek. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling