O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

IBM PC printerlarining standarti - Epson standarti mavjud. Star,
Mannesmann, Sitizen, Panasonic, Canon, Hp, LazerJet va boshqa turlari ham keng 
ishlatiladi.
Plotter - chizmalarni qog`ozga chiqaruvchi qurilma. Plotterlar (plotter,
grafik quruvchilar) grafik axborotni (chizmalar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar 
va b.) EHM dan qog`ozli yoki boshqacha ko`rinishdagi tashuvchiga chiqarish
qurilmasidir. 
Plotterlar tasvirni shakllantirish tamoyillari bo`yicha ikki sinfga bo`linadi: 
• vektorli tipidagi plotterlar, ularda yozuvchi uzel qog`ozga nisbatan 
birdaniga ikkita koordinata bo`yicha siljishi mumkin va tasvir qog`ozda
kerakli to`g`ri va egri chiziqlarni istalgan yo`nalishda bevosita chizib chiqish
bilan yaratiladi; 
rastrli tipdagi plotterlar, ularda yozuvchi uzel qog`ozga nisbatan faqat bir 
yo`nalishda bir vaqtning o`zida siljishi mumkin va tasvir qog`ozda satrma-
satr ketma-ket tushiriladigan nuqtalardan shakllanadi. 
Ish tamoyili bo`yicha plotterlar peroli, purkagichli, lazerli, termografik,
elektrostatik bo`ladi. Vektorli plotterlar faqat peroli bo`ladi, plotterlarning
qolgan tiplari rastrlidir. 
Peroli plotterlar (Pen Plotter) — bu vektorli tipdagi elektromexanik qurilma 


21 
bo`lib, ularda tasvir umumiy holda pero deb atalgan yozuvchi element
yordamida chiziqlar chizib chiqish yo`li bilan yaratiladi. Perolar sifatida
plotterlarning turli modellarida perolar, fibrali (juda pishiq qog`ozli) va plastik
sterjenlar (flomasterlar bo`yog`i ichidan chizib keladigan yozish quroli), bir
marta va ko`p marta ishlatiladigan sharikli uzellar, qalamli grifellar
(toshqalam) va bo`rchalar ishlatiladi. 
Planshetli plotterlar odatda A3 va undan kichik formatli chizmalarni 
yaratish uchun ishlatiladi. Siyohda ishlatuvchi peroli plotterlar ham bir tusli,
ham rangli tasvirlarning yuqori sifatli bo`lishini ta`minlaydi, lekin yuqori
bo`lmagan chizib chiqish tezligiga ega, chunki bo`yoqning perodan chiqishi
va uning ko`rishiga vaqt kerak bo`ladi. Bundan tashqari, suyuq bo`yoqli
yozuvchi uzellar bo`yoqni uzatish kanalining tez-tez, shu jumladan, qotib
qolgan bo`yoq zarralari bilan tiqilib qolishi sababli doimiy ravishda xizmat
ko`rsatish va tozalashni talab etadi. Qalamli grifellarni ishlatishda sifat 
yomonroq, lekin chizish tezligi yuqori va asosiysi yozuvchi uzelga xizmat 
ko`rsatish ancha oddiyroq va arzondir. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling