O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
Yangi universal ketma-ket periferiya shinalari
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- IEEE-1394 va AGP
- 10 Base-T Externet
Yangi universal ketma-ket periferiya shinalari
1996 yilda yangi universal ketma-ket shina USB (Universal Serial Bus) paydo bo’ldi, taxminlarga qaraganda u yaqin orada ketma-ket va parallel, klaviatura va sichqoncha portlarini almashtiradi— barcha qurilmalar bitta raz’yomga ulanadi va u ko’p sonli qurilmalarni Plug-Play texnologiyasining engilligi bilan o’rnatish imkonini beradi. Plug-Play texnologiyasi («ula va ishla») «issiq» almashtirishni amalga oshirish imkonini beradi, ya’ni qurilmalarni kompyuterni o’zmasdan va qayta yuklamasdan almashtiradi. Fizik biriktirilgandan so’ng qurilmalar to’g’ri anglanadi va avtomatik konfiguraciyalanadi. SHinaning o’tkazish qobiliyati 12 Mbit/s. Ko’p qurilmalarni: vinchesterlar, videokameralar, yuqori o’tkazish kobiliyatli printerlar va b. yaxshisi SCSI tipidagi interfeyslar va yangi standartlar: Fire Wire — «olovli sim» nomi bilan ma’lum bo’lgan IEEE-1394 va AGP (Accelerated Graphics Port — tezlashtirilgan grafikli porti ) orqali ulagan ma’quldir. Xususan, o’ta tezkor raqamli ketma-ket shina Fire Wire yuqori ishonchlilik va qiymatlarni uzatishning yuqori sifati bilan tavsiflanadi, 400 Mbit/s o’tkazish qobiliyatiga ega, uning bayonnomasi vaqt bo’yicha kritik ma’lumotlarni kafolatli uzatilishini ta’minlaydi, bunda video va audioxabarlarning haqiqiy vaqt o’lchamlarida sezilarli buzulishlarsiz o’tishi taninlanadi. Fire Wire shinasi yordamida Plug-Play texnologiyasi bo’yicha katta miqdordagi va amalda istalgan konfiguraciyadagi turli xil qurilmalarni bir- biriga ulash mumkin, bu bilan u oddin aytib o’tilgan SCSI tipidagi qiyin konfiguraciyalanadigan periferiya shinalaridan keskin farq qiladi. Kuchliroq kompyuter tizimlari uchun (lokal tarmoqdar, maynfreylar) yaxshi tanilgan, oson murojaat qilinadigan va unchalik qimmat bo’lmagan 10 Base-T Externet shinasini va 1 Gbit/s o’tkazish qobiliyati bilan ishlaydiganFibre Channel shinasini tavsiya etish mumkin. Zamonaviy axborot texnologiyalarining gurkirab rivojlanishi va uni qo`llash sohasining kengayishi dasturiy ta`minotning jadal rivojlanishiga olib keldi. Shuni ta`kidlash kerakki 1990-yilda jahon jamiyatida dasturiy ta`minotga 100 million AQSH dollaridan ziyod mablag` sarflangan. Bunda dasturiy ta`minot 35 rivojlanishi yo`nalishi shuni ko`rsatadiki, harakatlar tendensiyasi yiliga 20% o`sib bormoqda. Hozirgi ko`pchilik dasturiy ta`minotlar dunyodagi yetakchi kompaniya Microsoft tomonidan yaratilmoqda. Axborot tizimlarining dasturiy ta`minoti deganda, hisoblash texnikasi vositalari bilan ma`lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushiniladi. Kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiradigan va turli vazifalar bajarishini ta'minlaydigan vosita bu albatta dasturiy ta'minotdir. Dasturiy ta'minot odatda kompyuterning qattiq diskida saqlanadi va kompyuter yoqilishi bilan maxsus dastur - operasion sistema ishga tushadi. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling