Periferiya shinalari
Periferiya shinalari juda ham xilma-xildir. IDE (Integrated Drive Electronics),
EIDE (Enhanced IDE), SCSI (Smale Computer System Interface) lokal shinalari
ko’proq faqat tashqi qurilmalarida ishlatiladi.
Hozir keng tarqalgan AT Attachment (ASA) interfeysi, 1988 yilda IBM PC
AT SHK foydalanuvchilariga taklifetilib, Integrated Drive Electronics (IDE) nomi
ostida keng ma’lum, bitta yig’uvchi sig’imini 504 Mbayt bilan chegaralaydi (bu
sig’im «kallak—silindr—sektor» an’anaviy adreslashning adres kengligi bilan
cheklangan: 16 ta kallak x 102 ta cilindr x 63 ta sektor x 512 bayt sektorda q 504
Kbayt q 528482304 bayt) va 5-10 Mbayt/s qiymatlarni uzatish tezligini ta’minlaydi.
Kallaklar, silindrlar va sektorlar bo’yicha ham an’anaviy (lekin
kengaytirilgan) adreslashni, ham logik bloklarni (Logic Block Adress LDA)
adreslashni ishlatadigan Fast ATA-2 yoki Enhanced IDE (EIDE) interfeysi 840
Mbaytgacha disk sig’imini va 16 Mbayt/s gacha almashish tezligini ta’minlaydi.
EIDE ga 4 tagacha yig’uvchilar, shu jumladan CD ROM ham, QMLY ham ulanishi
mumkin. BIOS ning eski versiyalarida EIDE ni qo’llash uchun maxsus drayver
kerak.
ATA va ATA-2 bilan bir qatorda murakkabroq diskli Small Computer System
Interface interfeyslarining uchta versiyasi: SCSI-1, SCSI-2 va SCSI-3 keng
ishlatilmoqda. Ularning afzalliklari: ma’lumotlarni uzatishning yuqori tezligi (Fast
Wide SCSI-2 interfeysi va yaqin vaqtda qutilayotgan SCSI-3 interfeysi 40 Mbayt/s
gacha tezlikni ta’minlaydi ), ulanadigan yig’uvchilarning ko’p soni (7 donagacha)
va maksimal sig’imi; ularning kamchiliklari: narxi balandligi (ATA dan taxminan
5—10 marta qimmatroq), o’rnatish va sozlash murakkabligi. SCSI-1 interfeysi 8
bitli shinaga ega; SCSI-2 va SCSI-3 — 16-bitli va kuchli mashina-serverlarda va
ishchi stanciyalarida ishlatishga mo’ljallangan.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |